Mavzu: Yoshlarga oid davlat siyosati


Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati


Download 31.89 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi31.89 Kb.
#1431215
TuriReferat
1   2
2. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati
Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim omil sifatidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil etishda eng avvalo, unga oid bo‘lgan ilmiy kategoriyalarni o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan, bunda “faollik”, “siyosiy faollik”, “ijtimoiy- siyosiy faollik”, “huquqiy faollik”, kabi siyosiy-huquqiy kategoriyalarning mazmun va mohiyatini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” tushunchasini tadqiq etishda uning asosiy birikmasi hisoblangan “faollik” atamasini tahlil qilish lozim bo‘ladi. “Faollik” tushunchasi shu darajada keng mazmun kasb etganki, ayrim hollarda undan foydalanish izoh talab etadi. Bundan tashqari, “faol” atamasi harakatchan, serg‘ayrat, rivojlanuvchi degan ma’nolarni anglatadi. “Faollik” tushunchasi asosan “faoliyat” tushunchasining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi. Insonning faolligi atrof muhitni o‘z ehtiyojlari, qarashlari, maqsadlariga muvofiq o‘zgartirish qobiliyati sifatida alohida mazmun-mohiyat kasb etadi. Tegishli adabiyotlarda shaxs faolligining bir qator belgilar bo‘yicha farqlanishi haqida so‘z boradi1. Bu boradagi yondashuvlarni umumlashtirgan holda faollikning quyidagi shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: “faollik” va “faoliyat” tushunchalarining mohiyatan yagonaligidan dalolat beruvchi faoliyat shakli sifatidagi faollik; insonda o‘z ichki munosabati vujudga kelgan, uning individual tajribasi aks etgan faoliyat sifatidagi faollik, atrof muhitni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat sifatidagi faollik; shaxsiy ahamiyatga molik faoliyat: insonning o‘z shaxsiyatini namoyon etish ko‘rinishidagi faolligi hamda o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishish mahsuli sifatidagi faollik.
Bundan tashqari, iqtisodiy faollik, g‘oyaviy faollik, madaniy faollik kabi tushunchalari mavjudligini o‘zi uning yo‘nalishlari, sohalari xilma xil ekanligini bildiradi. Faollik sohalari insonlar, shaxslar yoki muayyan ijtimoiy guruh qatlamlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ajralib qolmagan. Faollik ana shu ijtimoiy qatlamlar, xususan yoshlar ongi, dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotiy maqsad va intilishi ularning milliy g‘oyaviy qiyofalari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Shunda yoshlar faolligi, faol yoshlar, yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy faol yoshlar atamasi ishlatiladi.
Faollik muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning jamiyat va davlat, ishlariga munosabati, unga to‘g‘ri yondashuvi, mas’uliyat hissi, fuqarolik tuyg‘usi sifatida namoyon bo‘ladi. Faollik ayni paytda o‘zlikni anglashni ham ifodalaydi.
Shuningdek, “ijtimoiy-siyosiy faollik” atamasi haqida gap ketganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy faollikni keng tushunish, unda huquqiy normalarga rioya qilishni ko‘rish bilangina cheklanmaslik siyosiy faollik mohiyatini, uning bu hodisani ijtimoiy faollikning boshqa turlaridan farqlash imkonini beradigan asosiy belgilarini yaxshiroq anglab etish uchun imkoniyat beradi. Siyosiy faollikning ijodiy jihati uning xususiyatlari tizimida uyushqoqlik, batartiblik, barqarorlik kabi qismlari yoki sifatlari bilan bir qatorda alohida o‘rin egallaydi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” deganda, ijtimoiy foydali (ijobiy), ongli, iqtisodiy, siyosiy, ma’daniy faoliyat tushuniladi. Ijtimoiy faollikning boshqa bir turi - siyosiy faollik ham amalda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, “huquqiy madaniyat” tushunchasidan kelib chiqib, siyosiy faollikka yoshlarga tabiatan xos bo‘lgan siyosiy-huquqiy xususiyat sifatida yondashish mumkin. Bu siyosiy-huquqiy xususiyat huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning o‘zaro aloqasi jarayonida shakllanadi hamda uning siyosat va huquqiy tartibga solish sohasida faol ish olib borish qobiliyatini ifodalaydi. Shuning uchun ham siyosiy-huquqiy faollik - bu faoliyatning qizg‘inlik va ayni vaqtda yoshlarning huquqiy madaniyati va siyosiy madaniyati darajasini aks ettiruvchi omil sifatida amal qiladi. Bu haqida “huquqiy bilimlarsiz huquqiy madaniyat bo‘lishi mumkin emas”1deb, aytilgan. Shuningdek, yoshlar siyosiy-huquqiy faolligi shakllanish jarayonining mazmuni o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1) huquqni bilish (informatsion jihat); 2) huquqqa bo‘lgan munosabat (nisbiy jihat); 3) qonuniy xulq-atvorga qarab mo‘ljal olish (tartibga solish jihati); 4) o‘z qonuniy xulq-atvorining zarurligini anglab etish (kognitiv jihat).
Bundan tashqari, yoshlar deganda mamlakat aholisining eng yosh va tez o‘zgaruvchan va saloxiyatini tashkil etuvchi, o‘zining ijtimoiy tarkibi jixatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan qatlam tushuniladi. Ular ijtimoiy hayotda, shunchaki oddiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etmasliklari uchun, ular avvalo faoliyatda bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Faoliyat orqali yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini anglab boradilar. Ijtimoiy- siyosiy faollik nuqtai nazaridan yoshlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. Siyosiy-ijtimoiy faol yoshlar. 2. Siyosiy-ijtimoiy hayotdan uzoq, faol bo‘lmagan yoshlar.
Shuningdek, “siyosiy faollik” tushunchasini keng va tor ma’nolarda talqin etish mumkin. Keng ma’noda uni yoshlarning davlat va jamiyat qurilishi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati, mas’uliyati nuqtai nazaridan talqin etish mumkin. Tor ma’noda, uni siyosiy ishtiroki va siyosiy munosabatlar nuqtai-nazaridan yoshlarni jamiyatning siyosiy hayotida bevosita yoki bilvosita munosabatini ifoda etadi.
Yoshlarni, bugungi kunda shartli ravishda “siyosiy faol” va “faol bo‘lmagan” guruhga bo‘lish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Siyosiy o‘zgarishlarni aniq idrok etgan; 2. Demokratik jarayonlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan; 3. Qonunlar qabul qilish, uni hayotga tadbiq etishda befarq bo‘lmagan; 4. Mustaqillikni mustahkamlash, Vatan, el-yurt va xalqning taqdiri va istiqboli uchun qayg‘urayotgan; 5. Muayyan siyosiy partiya yoki ijtimoiy xarakatlar bilan o‘z faoliyatini bog‘lagan, shunga ehtiyoj sezgan; 6.ijtimoiy zararli illatlar ko‘rinishlari bilan murosa qilolmaydigan yoshlarni siyosiy faol qatlam deyish mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi kunda jahon mamlakatlarida yoshlar tushunchasiga nisbatan turli xil yondashuvlarning mavjudligi ma’lum.
Xususan, bmtning ixtisoslashgan tashkiloti YUNESKO 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganlarni yoshlar qatlamiga kiritadi. Evropa Ittifoqi davlatlarida 16 yoshdan 30 yoshgacha (ba’zan 35 yoshgacha) bo‘lgan aholi vakillari yoshlar sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, MDH davlatlarining aksariyatida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar hisoblanadi, ammo Ukrainada 14-351, Qozog‘istonda 14-29 yoshlilar2 ushbu toifaga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida esa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mazmun mohiyati o‘ziga xos tarzda shakllangan bo‘lib, o‘z tarkibiga “faollik”, “ijtimoiy faollik”, “siyosiy faollik”, “iqtisodiy faollik” kabi kategoriyalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuningdek, hozirgi kunda fan - texnika rivoji axborot kommunikatsiya - texnologiyalarining taraqqiy etishi bilan bir qatorda axborot almashinuv jarayonlari tezlashib bormoqda. Bundan tashqari, Prezidentimizning “yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga yoshlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligi davlat va jamiyat qurilishida katta o‘ringa egadir. Bu to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida. “O‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro‘y berayotgan voqea- hodisalarga mustaqil munosabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, o‘z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish darkor”, deb ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarga sodiq, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar, ayniqsa, yoshlar jamiyatning eng asosiy kuchiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham XXI asr-intellektual bilimlar asrida inson kapitaliga investitsiyalar yo‘naltirishni ustivor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlardagina yuksak taraqqiyotga erishish mumkin. Shuningdek, bilimli jamiyatgina tahdid va muammolarni engib o‘tishga qodir bo‘ladi. Shu tufayli ham mustaqillik yillarida O‘zbekistonda zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish va yuksak malakali kadrlarni tayyorlash ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. Xususan, O‘zbekistonda ta’lim islohotlariga asosan, MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari joriy etilgani katta ahamiyatga egadir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tamoyillaridan biri - “o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash”2 milliy siyosatning asosiy qismi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish, isloh etishga yo‘naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etishi mazkur sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolat beradi. Shuningdek, yuksak malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi islohotlar yuzasidan Prezidentimiz I.A.Karimov “Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatmizning yangilanishi hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimiz samarasi, taqdiri - bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab etmoqdamiz”, deb ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov - “ayni paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez va jadal rivojlanishini ta’minlash, shu asnoda bugungi kunda jamiyatning eng muhim va hal qiluvchi qatlami, ijtimoiy - siyosiy barqarorlik kafolati, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan o‘rta sinf - ya’ni mulkdorlar sinfini shakllantirish natijasi”2 deb ta’kidlaydi. Shuningdek, yoshlar tadbirkorligi rivojlantirish va uni yuksak darajaga ko‘tarish ham bugungi kunda yoshlar tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishda ularni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin yaratadi, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qiladi3. Shuningdek, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining iqtisodiyotda chuqurlashib borishi jarayonida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlashga erishish mumkin bo‘ladi.Komil insonni tarbiyalashda jismoniy jihatdan baquvvatlik bilan birga ma’naviy etuklik ham muhim hisoblanadi.
Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, “Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kamol toptirish g‘oyat murakkab vazifa hisoblanadi.
Ayniqsa, bugungi kunda-mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinxona tus olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega”1. Albatta ushbu fikr o‘z vaqtida aytilgan bo‘lib, haqiqatdan ham yoshlarni jismoniy barkamolligi bilan bir qatorda ma’naviy sog‘lom, komil insonlar qilib tarbiyalash har doim dolzarb hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid siyosatning konstitutsiyaviy asoslari mamlakat yoshlarining huquq va erkinliklarini ta’minlab berishni ko‘zda tutadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o‘tgan asrning 90 yillarining boshlarida 20 mln.dan ortiq O‘zbekiston aholisining qariyb 42,9 foizini mehnat yoshiga etmaganlar tashkil etgan. O‘tgan yigirma yil davomida mamlakatimiz aholisi 1,4 barobar ko‘paygan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur ko‘rsatkich ham yuqori - 32,1 foizdan ortiqni tashkil etadi. Umuman, 30 yoshgacha bo‘lganlar, ya’ni yoshlar bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 64 foizdan ortig‘ini, aholining o‘rtacha yoshi esa, 26,9 yoshni tashkil etmoqda.2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1990 yil 20 iyunda tashkil etilgan konstitutsiyaviy komissiya oldiga Konstitutsiyada nafaqat hozirgi, balki kelajak avlod manfaatlarini ham ifoda ettirish eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yilgan. Bundan tashqari, asosiy qonunimizning 40 - moddasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi yiliga ikki marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. O‘zbekiston 2011 yilda “Bolalarni asraylik” halqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan 161 mamlakatdan iborat reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligi haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatlar orasida 9 - o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish, ular o‘z huquq va erkinlarini anglab etishida huquqiy tarbiyaning o‘rni kattadir. Yoshlarni huquqiy tarbiyalash, jamiyatimizning ijtimoiy qadriyati sifatida unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish muhim vazifadir. Bu borada mamlakatimiz rahbari Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “Aholining huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, uning huquqiy madaniyat darajasini oshirish, huquqiy axborotning keng maydonini yaratib berish - huquqiy davlatning qaror topishida muhim yo‘nalishdir”2. Davlatimiz rahbari “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berar ekan, “Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liq”3 ekanini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “2012-2015 yillarda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarlikni oldini olish, bu sohada o‘zaro axborot almashish tizimini takomillashtirish” bo‘yicha 2012 yil 17 yanvardagi qo‘shma qarori tasdiqlangani e’tiborga loyiqdir.Mamlakatmizda amalga oshirilib kelinayotgan demokratik islohotlar o‘zining yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi paytda, jamiyatimiz yoshlari manfaatlarini yanada kuchliroq darajaga chiqarishga qaratilgan maqsadlar ham belgilab olinmoqda.
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,“Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimiz ota-bobolarimizning munosib vorislari bo‘lib voyaga etishi, XXI asr talablariga har tomonlama javob beradigan insonlar bo‘lib kamol topishi uchun biz bundan buyon ham kuch - g‘ayratimizni ayamaymiz, chunki takror aytaman, ertangi kun - yoshlar qo‘lida. Yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularga yanada ko‘proq ishonch bildirish lozim. Bu masalaga biryoqlama qaramaslik kerak. Davlatimiz, jamiyatimizning bu boradagi vazifasi - kelajak avlodni hayotda har bir odam, har bir yosh yigit - qiz duch keladigan murakkab sinovlarga har tomonlama tayyorlashdan iborat”.
Bundan tashqari, davlatning keng qamrovli islohotlar asosidagi siyosatini amalga oshirish jarayonida yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini shakllantirish masalasini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishga ehtiyoj tug‘ilishi tabiiydir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “...aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarimizning hali-beri echilmagan muammolariga e’tiborimizni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish masalasi jamoatchiligimizning diqqat markazida turishi shart”2, deb ta’kidlagan. Chunki mamlakatimizda asosiy ijtimoiy demografik ahamiyat kasb etuvchi yoshlarni davlat siyosatining faol sub’ektiga aylantirish masalasi ustivor vazifa hisoblanadi. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish har qanday davlat oldida turgan eng ustivor vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish zaruriyati har doim mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Hammamizga teran bir haqiqat ayon bo‘lishi kerak - biz yurtimizning ertangi rivoji yo‘lida qanday chuqur o‘ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qanday ko‘p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo‘lsa, yuqori malakali ishchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan etuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, o‘ylaymanki, hech xato bo‘lmaydi”.
XXI asr - raqobat keskin tus olayotgan bir davrda yoshlarni har tomonlama bilimli, yuqori malakali kadrlar qilib etishtirishni taqozo qiladi. Raqobat asri to‘g‘risida davlatimiz rahbari aniq - ravshan ta’kidlagan edi, “Bunday sharoitda inson kapitaliga yo‘naltiriladigan investitsiya va qo‘yilmalarning o‘sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustivor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini namoyon eta olishi mumkin”.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan Prezident Islom Karimovning asarlari va chiqishlaridagi fundamental fikrlar O‘zbekiston yoshlarining kelajakda yuksak malakali, ma’naviy va ahloqiy etuk, o‘z Vatani uchun vijdonan xizmat qilishga qodir bo‘lgan fuqarolar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar tashkilotlari faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari Har bir mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyati - mavjud jamoat birlashmalarining faol faoliyat olib borishi bilan rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ta’kidlashicha, “Jamiyatni demokratiyalash jarayoni siyosiy institutlar - partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini mustahkamlash va rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq”1. Albatta ushbu fikr hozirgi globallashuv sharoitida eng dolzarb va muhim vazifalardan biriga aylangan bo‘lib, yoshlar tashkilotlari faoliyatini huquqiy va moliyaviy jihatdan rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Yoshlar tashkiloti tushunchasi - yoshlarni jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish va ularning faolligini oshirishni maqsad qilib qo‘ygan tuzilma sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan bir qatorda, “yoshlar harakati” tushunchasi esa yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tuzilgan tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.Bundan tashqari, 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi” qonunning 17-moddasida yoshlar jamg‘armalari faoliyatining asosiy mohiyati va yo‘nalishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa ijodiy faoliyatni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning muammolarini hal etishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat - jamoat yoshlar jamg‘armalari tashkil etiladi2, deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar jamoat birlashmalari sifatida ishtirok etadilar. Shuningdek, yoshlar jamoat birlashmasining ustavi (nizomi, boshqa asosiy hujjati) da a’zo bo‘luvchining yoki qatnashchisining yoshi chegaralab qo‘yilgan (30 yoshgacha) bo‘lishi kerak. Yoshlar jamoat birlashmasidagi 30 yoshdan katta a’zolar (qatnashchilar) ko‘pi bilan yoshlar jamoat birlashmasiga kirganlar jami sonining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak1. Yoshlarning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlatning kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqishida qatnashadilar.
Yoshlar tashkilotlari - O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni qo‘llab- quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida nodavlat-notijorat tashkilotlar tuzilgan. Chunki Respublikamiz aholisining 64 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Shu sababli Respublikamizda yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar tashkiloti, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Farzandim jigarbandim jamoat birlashmasi”, “Sen yolg‘iz emassan” respublika jamoat bolalar jamg‘armasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armalari tuzilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni quyidagi guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin.


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yillar ichida O‘zbekiston Respublikasida yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha huquqiy baza shakllantirilib, yoshlar tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va ta’minlovchi iqtisodiy va huquqiy mexanizm yaratilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda xalqimizga xos yuksak ma’naviy qadriyatlar va eng yaxshi an’analar ruhida kamol topayotgan, Vatanimiz taqdiri, uning kelajagi va ertangi kuniga mas’ullik tuyg‘usini teran anglaydigan, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida hayotimizning barcha jabhalarini isloh qilish va yangilash bo‘yicha tobora jadallashib borayotgan ishlarga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida o‘qishda, ishda katta yutuqlarga erishishga intilayotgan barcha yigit-qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.
O‘zbekistondagi yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalariga o‘qishda va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar sazovor bo‘lmoqda. Shuningdek, bir qator maxsus stipendiyalar ta’sis etilgan. Yoshlar salohiyatini rivojlantirish borasidagi bunday g‘amxo‘rlik o‘z samaralarini berayotir. Bu, jumladan, har yili o‘tkaziladigan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida yosh olimlar va talabalar tomonidan taqdim qilinayotgan istiqbolli yangiliklar soni tobora ortib borayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:

  1. Www.muxlis.uz

  2. Www.news.uzreport.uz sayti

  3. Www.uza.uz

  4. Www.Fikr.uz

  5. Www.Uzedu.uz

  6. https://lex.uz/ru sayti.

Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling