Mavzu: Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalari Reja
Download 0.51 Mb.
|
1-mavzu. Yozish va taqdimot qilish ko\'nikmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUg‘d yozuvi
Mavzu: Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalariReja:
Tilshunislikda til-fikr ifodalovchi vositadir. Agar fikr tovushlar yordamida ifodalansa, bu og’zaki nutq, harflar yordamida ifodalansa yozma nutq hisoblanadi. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi axborot uzatuvchi ham, axborot qabul qiluvchi ham ma’lum faoliyat turini namoyon qiladi.Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi grafika deyiladi. Yozish va taqdimot qilish ko‘nikmasi fanining maqsad va vazifalari shundan iboratki, til, nutq,yozuv tarixi va ularning me’yoriy qoidalarini o’rganib borish, hamda dars jarayonida yozuv qoidalari asosida taqdimotlar yaratishni o’rgatadi. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari va yozuvchilari asarlari-da, toshlarda bitib qoldirilgan yozuvlar va boshqa materiallarda bayon qilingan. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelgan. O'zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O'zbek xalqi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yunon, karoshta, sug'd, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, o'rxun (runik), uyg'ur, arab, lotin, kirill kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan. SUg‘d yozuviXITOY YOZUVIUyg‘ur yozuviO’rta Osiyodagi xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi juda qadim yozuv madaniyatiga ega xalqlardan biridirlar. Ular o’tmishda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar o’z tizimiga ko’ra, asosan fonografik-harf-tovush yozuvlardan iborat bo’lgan. Bunda so’g’d, pahlaviy, o’rxun-enasoy (runik), uyg’ur, arab yozuvlari ahamiyatli. Yuqoridagi yozuvlar deyarli oromiy yozuvi bilan bog’liq holda shakllangan. Mutaxassislar bir necha bor krill alifbosining o’zbek alifbosi uchun qulay emasligi haqida uzoq vaqt munozara yuritdilar va o’zbek tili tovush qurilishini to’la, to’g’ri ifodalanishi uchun lotin alifbosiga o’tish dolzarb bo’lib qoldi. Istiqlol sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yilning 2 sentyabrida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yil 30 aprelda o’zgarishlar kiritadigan qonun qabul qilindi. Bu Qonunga ko’ra yangi alifboga o’tish 2010 yilning 1 senyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi. Bu alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan, bitta tutuq belgisidan iboratdir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling