Mavzu: Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalari Reja


Download 0.5 Mb.
Sana26.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1066506
Bog'liq
1-mavzu (2)

Mavzu: Yozish va taqdimot qilish ko’nikmalari

Reja:

  • Yozish va taqdimot qilish ko‘nikmalari fanining obyekti, maqsadi va vazifalari.
  • O‘zbek alifbosining tarixiy rivojlanishi.
  • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning zarurati.
  • Unli tovushlar tafsifi.
  • Undosh tovushlar tavsifi.
  •  


Tilshunislikda til-fikr ifodalovchi vositadir. Agar fikr tovushlar yordamida ifodalansa, bu og’zaki nutq, harflar yordamida ifodalansa yozma nutq hisoblanadi. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi axborot uzatuvchi ham, axborot qabul qiluvchi ham ma’lum faoliyat turini namoyon qiladi.Yozma nutqning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi grafika deyiladi.
Yozish va taqdimot qilish ko‘nikmasi fanining maqsad va vazifalari shundan iboratki, til, nutq,yozuv tarixi va ularning me’yoriy qoidalarini o’rganib borish, hamda dars jarayonida yozuv qoidalari asosida taqdimotlar yaratishni o’rgatadi.
Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrlarda yashagan qabilalar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar grek, eron, xitoy tarixchilari va yozuvchilari asarlari-da, toshlarda bitib qoldirilgan yozuvlar va boshqa materiallarda bayon qilingan. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o'zbek xalqi qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelgan. O'zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya'ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O'zbek xalqi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yunon, karoshta, sug'd, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, o'rxun (runik), uyg'ur, arab, lotin, kirill kabi bir qancha yozuvlardan foydalangan.

SUg‘d yozuvi

XITOY YOZUVI

Uyg‘ur yozuvi


O’rta Osiyodagi xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi juda qadim yozuv madaniyatiga ega xalqlardan biridirlar. Ular o’tmishda turli yozuvlardan foydalanib kelganlar. Bu yozuvlar o’z tizimiga ko’ra, asosan fonografik-harf-tovush yozuvlardan iborat bo’lgan. Bunda so’g’d, pahlaviy, o’rxun-enasoy (runik), uyg’ur, arab yozuvlari ahamiyatli. Yuqoridagi yozuvlar deyarli oromiy yozuvi bilan bog’liq holda shakllangan.
Mutaxassislar bir necha bor krill alifbosining o’zbek alifbosi uchun qulay emasligi haqida uzoq vaqt munozara yuritdilar va o’zbek tili tovush qurilishini to’la, to’g’ri ifodalanishi uchun lotin alifbosiga o’tish dolzarb bo’lib qoldi. Istiqlol sharofati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993 yilning 2 sentyabrida “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004 yil 30 aprelda o’zgarishlar kiritadigan qonun qabul qilindi. Bu Qonunga ko’ra yangi alifboga o’tish 2010 yilning 1 senyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi. Bu alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan, bitta tutuq belgisidan iboratdir.
Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bo‘shligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lotinchavocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan: hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.

Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).


Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.
Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Masalan, turkman tilida a:ch (qornim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.

E’tiboringiz

E’tiboringiz

uchun

rahmat!


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling