Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Fikr manbayi, uning muallifi, ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi


Download 0.58 Mb.
bet42/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Fikr manbayi, uning muallifi, ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi: Qayerda kurash bo‘lmasa, u yerda o‘sish ham bo‘lmaydi. Kim birovga chuqur qazisa, bunga o‘zi yiqiladi(Maqol). Hasanxon qayda bo‘lsa, qiy- chuv ham shunda bo‘lur(O‘zbek xalq dostonidan).


  • Tasniflarda (nuqtadan farqli holda) yarim qavs ishlatiladi: So‘zlar tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) sodda so‘zlar; 2) qo‘shma so‘zlar; 3) juft so‘zlar; 4) takroriy so‘zlar; 5) qisqartma so‘zlar.(Q.Sapayev)


  • Muayyan birliklarning variantlari qavs ichida beriladi: -gi (-g‘i, -ki, -qi, g‘u). Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat quroli, holat va narsa oti yasaydi. Odatda, jarangli va sonor undosh bilan tugagan asoslarga -gi, -g‘i affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan asoslarga -ki, -qi affiksi qo‘shiladi.(Q.Sapayev)

    Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi.


    (57 + 38) - 17 = ?
    [ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah[a]ri, o‘r[i]ni, sing[i]lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi.
    TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
    1. Qo‘shtirnoq o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?


    2. Qo‘shtirnoq qachon takroriy qo‘sha qo‘llanadi?


    3. Qo‘shtirnoqning grafik jihatdan qanday ko‘rinishlari bor?


    4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qo‘shtinoqning vazifasi nimadan iborat?


    5. Qo‘shtinoq qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?


    6. Qavs o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?


    7. Qavs asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?




    11-MA’RUZA
    TIRENING QO‘LLANILISHI. TINISH BELGILARINING QO‘SH QO‘ LLANILISHI


    Reja:
    1. Tire va uning tarixi


    2. Tirening sodda gapda qo‘llanish o‘rinlari


    3. Tirening qo‘shma gapda qo‘llanish o‘rinlar


    4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi





    Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling