Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Uu unlisi un, buloq, uyqu kabi so‘zlarida orqa qator tor unlini ifodalaydi. Qovun, sovun kabi oldingi bo‘g‘inida o


Download 0.58 Mb.
bet50/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

Uu unlisi un, buloq, uyqu kabi so‘zlarida orqa qator tor unlini ifodalaydi. Qovun, sovun kabi oldingi bo‘g‘inida o kelgan so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi.
6-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
avf, tatbiq, taqozo, biroz, muvaffaqiyat, tomosha.
7-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli harflarni qo‘yib ko‘chiring.
1. So‘zni bilib so‘zlasa, don...lik sanalur, Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi. 2. Zak...vatning ko‘rk... tildir, bu tilning k...rki so‘zdir. Kishining ko‘rki yuzdir, bu yuzning ko‘rk... k...zdir. («Qut. bilig») 3. B...ror narsani yomon bilgandan ko‘ra but...nlay bilmagan ma’qul. 4. Birinchi o‘zbek lingvist profess...ri G‘ozi Olim Yunusov 1920-yillardayoq ...lmiy-tadqiqot ishlariga keng ko‘lamda kirishgan edi. 5. P...yoz juda ko‘p kasalliklarga, jumladan, qon bosimiga ham d...vodir. 6. Yotishdan oldin og‘iz chayishni, oyoqni il...q suv bilan yuv...shni un...tmang.
E e harfi old qator o‘rta keng e tovushini ifodalaydi: el, ekin, edi, aeroport, duel kabi.
Rus va jahon tillaridan kergan adres, teatr, telefon kabi so‘zlarda e bir oz kuchsizlanib, i ga yaqin talaffuz qilinadi, lekin har vaqt e yoziladi.
Berilgan so‘zlarni o‘zingiz talaffuz etganday yozing. so‘ngra har ikki shaklning farqini ayting.
konsert, sentner, aeroport, kinosujet, konstruktor, konstitutsiya, delegatsiya.
Berilgan so‘zlardagi o harfining talaffuzi va imlosini izohlang.
obro‘, byuro, sho‘ro, obdasta, kinoocherk, obod, noyabr, ona, O‘zbekiston, oppoq, kombayn, vzvod, mayor, bola, bog‘bon, motor, Don, don, voqea, bepoyon, obyekt, shofyor, hayajon.


Undoshlar imlosi
8-mashq. Jadvalni diqqat bilan kuzating. Undoshlarning paydo bo‘lishi, aytilishi, bunda nutq a’zolarining xizmati haqidagi tushunchalaringizni bir tartibda izohlang.
Bilib oling.
Jadvaldan ko‘rinadiki, undosh tovushlar nutq : a’zolarining faol ishtiroki va ta’sirida paydo bo‘ladi. Undoshlarning muhim xususiyati ularning jarangli va jarangsizligidir. Ularning ba’zilari shu jihatdan juftlanadi: b, d, z, g, v, g‘, j, j (Jo‘raboy, jurnal) — jaranglilar; p, t, s, k, f, x, sh, ch — jarangsiz tovushlar.
Jarangli va jarangsiz tovushlarning kelish o‘rniga qarab, bir-biriga ta’sir etish hodisasi bo‘ladi. Taxsim, maxtov, maxsad kabi so‘zlar talaffuzida ikki jarangsiz tovush bir-biriga moyillashadi, lekin yozuvda q tovushi saqlanadi: taqsim (qism), maqtov, maqsad.
Undoshlarning yozilishiga oid ayrim qoidalarni esga olamiz:
1. Bb harfi qibla, tobla kabi so‘zlarda v aytilsa ham, b yoziladi.
2. Vv harfi avtobus, avtomat kabi so‘zlarda f aytilsa ham, v yoziladi.
3. Jj harfi portlovchi j (Jon) tovushi o‘rnida yoziladi: jun, jahon, majlis, toj-u taxt, jimjitlik.
Yevropa tillaridan o‘tgan so‘zlarda j sirg‘aluvchi qorishiq tovush o‘rnida yoziladi: jurnal, projektor, juri.
Shunday tovushli so‘zlar arab va fors tillaridan kirgan so‘zlarda ham uchraydi: mujda, ajdar va b.
4. Xx va Hh tovushlari paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ham, aytilishiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. H (h) bo‘g‘izda paydo bo‘lib, sirg‘aluvchi va ma’no ayiruvchi tovush o‘rnida yoziladi: behi, hush (es), shohi, ham. X(x) esa portlovchi, til orqa tovushi: xulq, axloq, xalq, xol, shox (qo‘yning shoxi), xabar, paxta, shox, taxt, baxt.
5. Nn harfi shanba, yonbosh, yonma-yon, ko‘rinmaslik kabi so‘zlarda m aytilsa ham, n yoziladi.
6. Zz harfi iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda s aytilsa ham, z yoziladi.
7. Sh harflar birikmasi shahar, shodlik, bosh, tosh kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshdir. Agar bu harflar ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq belgisi (‘) qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob kabi.
8. Ch ch harfi choy, chevar, kuch, kech kabi so‘zlarda til oldi jarangli titroq undoshni ifodalaydi.
9. Ng ng harflar birikmasi singil, tong kabi so‘zlarda til orqa jarangsiz burun tovushini ifodalaydi.
Quyidagi so‘zlarning aytilishi va imlosiga diqqat qiling va o‘zingiz ham shunday yoziladigan so‘zlar toping.
I. 1. Zamon, kamon, savol,...
2. Oila, doim, tabiat, ...
3. Sovun, tovush, yovuz, ... .
II. 1. Avtomobil, avtobus, fursat, ...
2. Zavod, sud, badqovoq, ...
3. Izquvar, bo‘zchi, ko‘zsiz, ...
4. Jonbozlik, yakshanba, yonbosh, ... .
III. 1. Toshkent, artist, do‘st, ...
2. Kilovatt, kongress, metall, ...
3. Ne’mat, ta’b, ra’y, ... .
Jj , Oo va tutuq belgisi qo‘llanadigan so‘zlarga misollar keltiring.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling