Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Download 0.58 Mb.
|
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)
9-mashq. Nuqtalar o‘rniga x yoki h harflarini qo‘ying. Ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1. ...immatli bo‘linglar, azizlarim. Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy ...immatli kishini mo‘jizakor, dedi. Kim ...immatsiz bo‘lsa, zamonasi uni pastlar ...isobida ko‘radi. 2. — Sabr qil, do‘stim, — derdi Yo‘ldosh aka. — Sendan dala ...idi kelyapti. Birpas to‘yib ...idlab olay. («Sh.y.» jurn.) 3. ...arom narsalardan saqlaning... Ollo...ning taqsim qilgan rizqiga rozi bo‘ling: odamlarning boyrog‘i bo‘lasiz. («Hadis»dan.) 4. Dars.onada sukunat ...okim, Garchi dilda jo‘shqin e...tiros. (M. Omon.) 5. ...ech bir ota-ona o‘z farzandiga ...ulq-u odobdan buyukroq meros qoldirmaydi. («Hadis»dan.) 6. Dara...t yashnab turgani uchun, soyasidan odam arimaydi. 7. Ilm buloqlaridan ba...ramand bo‘lishning o‘zi bir ba...t. (O. Yunusov.) Esda tuting. 1. Aa harfi: savol, avval, mavsum, avgust, navbat, vafo kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida o eshitilsa ham, a yoziladi. 2. Uu harfi: qovun, sovun, tovus, yovuz, qirg‘ovul kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida i eshitilsa ham, u yoziladi. 3. Ketma-ket kelgan unlilar orasiga y qo‘shib aytilsa ham yozilmaydi: diagnoz, material, shariat, filial, million, teatr, aerodrom, aloe kabi. 4. do‘st, artist, go‘sht, Samarqand kabi so‘zlar oxiridagi t va d tovushlari talaffuzda tushirib qoldirilsa-da, lekin yoziladi. 5. kilovatt, kongress, metall kabi o‘zlashma so‘zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Agar bu so‘zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, oxirgi undosh tushiriladi: kilogram+mi, metal+lar kabi. 6. mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar kabi so‘zlarda o‘ cho‘ziq aytilsa ham, undan so‘ng tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Nuqtalar o‘rniga mos harflarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Erta ko‘klamda Usmon aka yer chopi..., kungaboqar, bo...ring, qo...un, tar...uz e...di. Unga kichik o‘g‘li Isroiljon ham yordamlashdi: dadasiga tog‘oradagi ivitilgan ur...g‘dan oli... beri... turdi. Ertasiga Isroiljon qo‘liga tesha oli... O...gina ...oyni chopib teki...ladi-da, guldor paqirchasi bilan suv quydi. Namlik yetgan yerni cho‘... bilan kovla... urug‘ tashladi-da, ustini bekitdi. K...yin oyisining oldiga borib: — Men ham dadamdek de...qon bo‘ldim, kungaboqar ek...im. Pish...a-chi, Si...ga ham beraman, — dedi sevinchi ichiga sig‘may. Oradan o‘n-o‘n besh kun o‘tar-o‘tmas, dadasi ekkan urug‘lar yerdan qa... ko‘tari... chiqa boshladi. Eng avval sichqon qulog‘idek ko‘k bar... chiqardi. (S. G‘afurov) Quyidagi so‘zlarning o‘qilishi va yozilishiga e’tibor bering. Shu so‘zlardan beshtasi ishtirokida gap tuzing. Anqov, bekinmoq, bayram, Maryam, jingalak, arava, Rahim, rahmdil, kungaboqar, kongress, chinqiriq, manman, yonma-yon, manba, tanbeh, tanbal, tanga, tangens, qo‘nmoq, yalinmoq, qorong‘i, to‘ng‘ich. ng birikmali va n — g harfli so‘zlarni ajratib yozing. 1. Onangni boshingda tutsang, singlingni kaftingda tut. 2. Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli-chi? 3. Iloho, mingga kirgin. 4. So‘nggi nafasgacha kurashdi. 5. Mashina changini artib chiqdi. 6. Insonning birinchi so‘zi ham, so‘nggi so‘zi ham — Ona! 7. Tonggi shabada esdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling