2-mashq. Nuqtalar o‘rniga -li va -lik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.
1. Sodda... go‘zal...ning birinchi va zarur shartidir. (L. Tolstoy.) 2. Ona-qishloq! Sen naqadar chog‘... va ko‘rimsiz bo‘lmagin, biz uchun dunyoda eng katta, chiroy... joy bo‘lgansan doim. (T. Po‘lat.) 3. Yaxshi va xayr... ishning birortasini kichik sanamang, suv so‘ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan bo‘lsa-da, ezgu... qiling. 4. Sovuq mijoz... kishilar o‘rikni asal bilan yeyishlari kerak. O‘rik suvi tashna...ni qondiradi. 5. Aniq..., ravshan... ohangdor... — mana go‘zal... qanday yuzaga keladi. 6. Bilim olishning bosh yo‘li — moyil...dir. 8. Yaxshi odam beg‘ubor, keng fe’l... bo‘ladi.
3-mashq. Quyidagi gaplardagi ajratib yozilgan so‘zlarning o‘zagini aniqlang. Nima uchun shunday yozilishini izohlang.
Alisher Navoiy baytlari yuz mingdan ortiq. 2. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 3. Qiynalib-qiynalib marza olsang, to‘yib-to‘yib qovun yeysan. 4. Ustoz jabri afzal ota mehridan — Inson anglab yetgan buyuk haqiqat; Gul va tikan unar quyosh nuridan, Sizning mehringizdan gul unar faqat, O‘qituvchim, ezgu olamim mening, Sizgadir ehtirom, salomim mening. (M. Qaynar) 5. Biz gulning nafisligini, suvning zilolligini, oppoq tonglarning go‘zalligini, oydin tunlarning zavqbaxshligini bilamiz-u, nima uchunligini chuqur sezavermaymiz. (Q. Sobirov) 6. Qadim Turkistonning tanti o‘g‘loni, Pokiza edingiz misli oq qog‘oz. (A. O.) 7. Tilimni sog‘indim, nechun soqovlik, O‘zga tildan tushunmam bironta so‘zga, O‘z tilda so‘zlashmay yondim olovdek, Yorug‘ jahon zulmat ko‘rindi menga. (B. Boyqobilov)
Esda tuting.
1. tilak, bek, tayoq, qishloq so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, k harfi g ga, q harfi g‘ ga o‘tadi: tilagi, begi, tayog‘i, qishlog‘i kabi. Ammo ocherki, yuqi kabi so‘zlarda oxirgi undosh saqlanadi.
2. qorin, o‘g‘il kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa o‘zakdagi i tushib qoladi: qorni, o‘g‘li.
3. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo kabi so‘zlarga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zakdan so‘ng y qo‘shib aytiladi va yoziladi: parvoyim, obro‘yim, mavqeyim, mavzuyim, avzoyim. Shu so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, y tushib qoladi: parvosi, avzosi kabi.
4. O‘rin-payt, chiqish kelishiklari, o‘tgan zamon fe’li qo‘shimchalari tarkibidagi d tovushi t shaklida talaffuz qilinsa ham d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
5. k va q undoshlari bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda ka va qa shaklida aytiladi va yoziladi: tokka, qishloqqa. Ammo bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi so‘zlarda g yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |