6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1193709
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-amaliy



6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot. 
Reja: 
1. Grafika haqida ma‟lumot 
2. To„g„ri yozish tamoillari 
3. O„zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va noharfiy belgilari.Badiiy 
asarda chet so„zlarning qo„llanishi 
 Adabiy nutqning og„zaki va yozma shakllari mavjud bo„lib, ular ma‟lum 
qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og„zaki shaklida talaffuz me‟yorlariga 
(orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me‟yorlarga (orfografiyaga) 
amal qilinadi. 
Orfografiya grekcha orphos va grapho so„zlaridan tarkib topgan bo„lib, 
«to„g„ri yozaman» degan ma‟noni bildiradi. 
Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo„lib, so„zlarni to„g„ri 
yozish, so„zlarning o„zak va negizlarini, qo„shimchalarini, qo„shma so„zlarning 
qo„shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so„zlarning yozilishini, bosh harflarning 
yozilishini, bo„g„in ko„chirilishini adabiy talaffuz me‟yoriga moslab, qoidalashtirib 
beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma‟lum qonun qoidalar asosida 
turg„un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo„yidagi prinsiplari mavjud: 
fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik pginsip, tarixiy an‟anaviy prinsip, 
etimologik yoki grafik prinsip. 
Fonetik prinsip. Bu prinsipga ko„ra so„z yoki uning tarkibiy qismlari qanday 
talaffuz 
qilinsa, 
shunday 
yoziladi: 
1) ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka, 
qishloq+ga>qishloqqa 
kabi; 
2) 
og‘iz+im>og‘zim, 
o‘g‘il+im>o‘g‘lim, 
burun+i>burni kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 
4)so‘ra+q>so‘roq, qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, 
etti+ov>ettov kabi; 6) qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) 
ulug‘+ay>ulg‘ay, sariq+a>sarg‘ay kabi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling