Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 0.58 Mb.
bet68/84
Sana15.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679082
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Bog'liq
Mavzu yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari r-fayllar.org (1)

2-mashq. Har bir gapning ifoda maqsadi va tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang; qo‘llangan tinish belgilariga diqqat qilib, ular nima uchun ishlatilganini ayting. I. Bir mahallar bog‘larni to‘ldirgan qushlar qani? Yovvoyi kaptarlar, kakkular, zarg‘aldoqlar, daraxt shoxlari orasida bir parcha cho‘g‘dek yal-yal yonib yuradigan qizilishtonlar, to‘g‘on va soy bo‘ylarida javlon urguvchi mitti va go‘zal baliqchi qushlar qani? Har bir terak, har bir qayrag‘och tepasiga uya qo‘yadigan va qishloq bolalariga olam-olam quvonch keltiradigan laylaklar qayda? Qir va adirlarda, shivoq va yovshan orasida yo‘rg‘alab yuradigan va semizligidan zo‘rg‘a uchadigan qirg‘ovullar, bulduriqlar, tustovuqlar, to‘qaylardagi yovvoyi g‘ozlar qayda? Qishda, tog‘larni qor bosganda pastga, qishloqlarga uchib tushadigan gala-gala kakliklar qayoqqa ketdi? Men tog‘ oralig‘ida, archazorlar ichida suruv-suruv bo‘lib yuradigan arxarlar, ohularni aytmay qo‘ya qolay!
Albatta, bu tilsiz bechoralarning kamayib ketishiga faqat ovchilar aybdor emasdir, buning boshqa ob’ektiv sabablari ham bordir. Lekin osmondagi qushdan yerda miltiq ko‘targan ovchining ko‘payib ketgani ham rost. Eshitishimcha, ovchi uchun osmonda uchib borayotgan qushni otib tushirishdan katta zavq yo‘q emish. Ehtimol. Lekin millionlardan iborat jamiyat ovchi atalmish bir guruh kishilarning zavqi uchun o‘zini tabiatning eng ulkan in’omidan, qushlar va hayvonlarni ko‘rish, ularning ovozlarini eshitish baxtidan mahrum bo‘lolmaydi. (O.Yo.)
2-mashq. Uyushiq bo‘laklarni topib, qanday bo‘laklar uyushgan holda qo‘llanganini, ularning o‘zaro bog‘lanishni izohlang.
Polkovnik davom etdi: — Diyorning ishonchli posboniga xos mas’uliyat hissi sizlarni hech qachon, hech qayerda bir daqiqa ham tark etmasin. O‘zingiz xizmat qilayotgan harbiy kollektivning obro‘-e’tiborini yana oshirish uchun tinmay kurashingiz. Soldatlik oilasidagi ma’naviy va axloqiy poklikni ko‘z qorachig‘iday muqaddas deb bilib, avaylab asrang. Unutmangki, harbiy intizom bu harbiy xizmatning negizi, sarchashmasidir. Busiz yuksak jangovar tayyorgarlikni tasavvur etib bo‘lmaydi. (H. Tojiboyev.)
Eh, tinchlikni qo‘riqlash bilan sazovormiz xalq olqishiga,
Ayting, do‘stlar, bundan ham ulkan yana qanday baxt bor kishiga! (E.Yondash.)
Muallim — yetakchi, rahnamo, ustoz
Har orzu, har tilak, har bir xohishga.
U berar doimo aqlga pardoz,
Berar u yo‘llanma hayotga, ishga. (O‘. Rashid.)



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling