Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet24/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

Undov gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: “Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo‘q! Joni yo‘q temir odamga el bo‘lmaydi!

  • Tarkibida emotsionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so‘zlar mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Mana, farg‘onacha kurash. Buyam o‘zimizniki! Demak, ikkita kurashimiz bor ekan! Qanday yaxshi! Boylik, boylik!

    “Eh-he-e-e! - dedi ichida. -Buncha kop qog‘oz!”
    Shunday ekan, bir sodiq bandangni bunchalar xo‘rlama-da, ey, xudo! Bir sodiq bandangni bunchalar oyoq osti qilma-da, ey, xudo! U naqadar murakkab va naqadar ulug! (O‘.Umarbekov) Bu yo‘l naqadar ulug, sehrli va muqaddasdir! (U.Hamdam)

    1. Emotsionallik darajasi kuchli bolgan ritorik soroq gaplar oxiriga bazan undov belgisi qoyiladi: Ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi! (A.Qahhor). Qiladigan kasbingiz tappi yopish bo‘lsa, nafaqangizni oshirib bo‘ladimi! (T.Murod) Izidan o‘g‘il qoldirib, otasi uchun motam tuttirmagan erkak, erkak boptimi! Orqasidan qiz qoldirib, enasi uchun qora kiydirib, aza ochdirmagan ayol, ayol boptimi! (T.Murod)

    2. Buyruq, talab, undash emotsional shaklda buyruq maylidagi fed yoki boshqa vositalar orqali ifodalangan buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:

    Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying! (Cho‘lpon) Otingni bog‘lab, buyoqqa yur! (T.Murod) Qo‘lingizni oling, birodar! - dedim. (T.Murod)

    1. His-hayajon intonatsiyasi bilan talaffuz qilingan nominativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Shunday go‘zalga musht ko‘tarish! (O.Yoqubov) Ammo bu og‘riq, bu xo‘rliklarga chidamoq! (E.A’zam).

    2. Murojaat obyektini ko‘rsatuvchi, ya’ni vokativ gaplar odatda emotsionallikka ega bo‘ladi va ular oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Ona tilim! Mehring bu qadar o‘rtaguvchi ekan jonimga. (E.Vohidov) Do‘stlar! Siz ham Matmusa hikmatin unutmanglar. (E.Vohidov) Enaxon! Jonim o‘rtog‘im! Bormisiz? (Cho‘lpon).

    3. Emfatik urg‘u olgan so‘zni emotsionallikni kuchaytirish maqsadida takrorlash holatlari mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Ha, ot

    surmoq darkor, ot surmoq! (O.Yoqubov) Yonib yasha to tanda jon bor, Quyosh bo‘lgin, azizim, quyosh! (E.Vohidov) Zebixonni qarang, Zebixonni! (Cho‘lpon). Qoch yo‘ldan, qoch! Men Momoqizga yolvorgani ketyapman! - dedi. (T.Murod) Tarlonni yo‘qlab qarayin dedim. Boshimni ko‘tarayin dedim. Bo‘lmadi, bo‘lmadi! (T.Murod)

    1. Emotsionallikni kuchaytirish maqsadida bo‘laklari inversiv holatda (odatdagi tartibdan farqli) qo‘llangan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:

    O‘lganim yaxshi mening! - dedi u. - Ko‘ngildagidek bir siylay olmasam mehmonlarimni! (Cho‘lpon ) Yetar endi! .(Ch.Aytmatov) Bo‘ldi endi! Ishmi ish! (Ch.Aytmatov)


    1. Download 298.95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling