Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari
- (A.Q.)
Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirq og‘ayni, ossaldirg‘och... (N.Eshonqul) Bolaligimda kop kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov). Dasturxonda turfa noz-ne’matlar, palov-nisholda, holva... bo‘ldi. (T.Murod) To‘ylovchi ayollar sochqilar sochdi: yong‘oq, pista, mayiz... (T.Murod)
Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi: 1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida “Cho‘lpon” degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov). Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi: ...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. (O‘.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul). Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi: Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi) Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi) Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi). Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa. Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi? Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov) Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida: Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan: - Xurshida bonu?... Siz... Sizmu? Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan. Ikki nuqta (:) qo‘sh nuqta. Bu sharh, izoh belgisidir. Undan keyin kelaturg‘an gap bundan burung‘i gapning izoh ham sharhi bo‘ladir: Bu kun uch kishi bilan ko‘rishdim: Sharif, Karim, Ahmad11. Ikki nuqta - ikki elementli tinish belgi. U nuqtaning vertikal holatdagi kombinatsiyasi asosida shakllangan, shuning uchun ketma-ket emas, ustma-ust 19 qo‘yiladi, ya’ni (:) shaklida. Ikki nuqta o‘zbek tilshunosligida “bayon belgisi”, “bayon alomati” deb ham yuritiladi. Ikki nuqta aralash qo‘llanuvchi tinish belgilar jumlasiga kiradi. Ikki nuqtaning boshqa tinish belgilari bilan qo‘sha qo‘llanishi kam uchraydi. U nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul, ko‘p nuqta va vergul bilan birgalikda qo‘llanmaydi. Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari: 1.Muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy ta’rif, qoida kabilami ifodalovchi gaplardan keyin ayni fikr-mulohaza, hukm, ta’rif, qoidalarning to‘g‘riligini asoslash uchun keltirilgan birdan ortiq daliliy faktlarni ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida ikki nuqta qo‘yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘ladi: Saida kuldi. Qalandarovning ko‘zlari olayib ketdi. (A.Q.) Tong: havo salqin, yumshoq shamol mayingina esib turibdi.(A.G’ulomov). Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling