Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet32/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi: Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirq og‘ayni, ossaldirg‘och... (N.Eshonqul) Bolaligimda kop kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov). Dasturxonda turfa noz-ne’matlar, palov-nisholda, holva... bo‘ldi. (T.Murod) To‘ylovchi ayollar sochqilar sochdi: yong‘oq, pista, mayiz... (T.Murod)

  • Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi: 1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida “Cho‘lpon” degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov).

  • Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi: ...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari koz oldimga keladi. (O‘.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul).

  • Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi: Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi) Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi) Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi).

  • Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.

    • Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?

    • Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)

    1. Tushirib qoldirilgan harf, soz yoki boshqalar ornida: Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar.

    2. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda ko‘p nuqta qo‘yiladi.

    Masalan: - Xurshida bonu?... Siz... Sizmu?
    Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari
    Ikki nuqta o‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e’tiboran ishlatila boshlangan.
    Ikki nuqta (:) qo‘sh nuqta. Bu sharh, izoh belgisidir. Undan keyin kelaturg‘an gap bundan burung‘i gapning izoh ham sharhi bo‘ladir: Bu kun uch kishi bilan ko‘rishdim: Sharif, Karim, Ahmad11.
    Ikki nuqta - ikki elementli tinish belgi. U nuqtaning vertikal holatdagi kombinatsiyasi asosida shakllangan, shuning uchun ketma-ket emas, ustma-ust 19 qo‘yiladi, ya’ni (:) shaklida. Ikki nuqta o‘zbek tilshunosligida “bayon belgisi”, “bayon alomati” deb ham yuritiladi.
    Ikki nuqta aralash qo‘llanuvchi tinish belgilar jumlasiga kiradi.
    Ikki nuqtaning boshqa tinish belgilari bilan qo‘sha qo‘llanishi kam uchraydi. U nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul, ko‘p nuqta va vergul bilan birgalikda qo‘llanmaydi.
    Ikki nuqtaning qo‘llanish holatlari:
    1.Muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy ta’rif, qoida kabilami ifodalovchi gaplardan keyin ayni fikr-mulohaza, hukm, ta’rif, qoidalarning to‘g‘riligini asoslash uchun keltirilgan birdan ortiq daliliy faktlarni ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida ikki nuqta qo‘yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan iborat bo‘ladi: Saida kuldi. Qalandarovning ko‘zlari olayib ketdi. (A.Q.) Tong: havo salqin, yumshoq shamol mayingina esib turibdi.(A.G’ulomov).

    Download 298.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling