Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet2/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

Uchinchi davr:1940-yilning 5—8- mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1- chaqiriq III sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiya o‘zining 8- maydagi yig‘ilishida rus grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining 35 harfdan iborat quyidagi loyihasini tasdiqlaydi: a, b, v, g, d, e, yo, j, z, i, y, k, l, m, n, o, p, r, s, t, u, f, x, s, ch, sh,’, , e, yu, ya, u, k, F,Oliy Kengash O‘zbekistonning barcha xalq komissarliklariga, respublika muassasalariga, mehnatkashlar deputatlari kengashlarining oblast ijroiya komitetlariga respublikada lotinlashtirilgan yozuvdan yangi alifbega ko‘chish ishlarining hammasini ikki yil ichida o‘tkazish, bu ishni 1942-yilning 1- yanvarigacha tugallash majburiyatini yuklaydi100.
1940- yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba’zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi101. Shunday qilib, o‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi — rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi. 1940—1941- o‘quv yilida maktablarning quyi sinflarida o‘quv jarayoni yangi yozuvga ko‘chiriladi.
1941—1942- o‘quv yilida maktablarning yuqori sinflarida ham o‘quv jarayoni yangi (kirillcha o‘zbek) yozuvga ko‘chiriladi. 1943-1946- yiUarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga yetarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni tuzatish maqsadida 1946-yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi. 1947-1950- yillarda A.S .Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946- yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to‘plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi. 1950—1952- yillarda til va imlo masalalariga bag‘ishlangan bir necha konferensiya va kengashlar bo‘lib o‘tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo‘yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi. 1953—1955- yillarda matbuotda bildiriigan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida « O‘zbek orfografiyasi asosiy qoidalari»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi. 1956- yilning 4- aprelida « O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi.
1956-1990- yillarni rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi uchun jiddiy sinov yillari bo‘ldi deb baholash mumkin: bu yillar ichida alifbo va imlo qoidalarihing ijobiy baholanishi mumkin bo‘lgan jihatlari bilan birga, anchagina kamchiliklari borligi ham ma’lum bo‘lib qoldi: o‘zbek tilining ayrim milliy tovushlari uchun maxsus harflaming yo‘qligi, grafika va orfografiyaning ortiq darajada rus tili fonologik xususiyatlariga moslashtirilganligi bir qator mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelindi.
1990—93- yillarda o‘zbek yozuvi muammolari bilan bog‘liq yangi davr boshlandi: bu davrda ruschalashtirilgan o‘zbek alifbosini boshqa sistemadagi alifbo bilan almashtirish g‘oyasi paydo bo‘ladi va shu g‘oya atroflda to‘rt xil yo‘nalish shakllanadi. Birinchiyo‘nalishtarafdorlari o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitga ko‘chirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi; ikkinchi yo‘nalishtarafdorlari arab grafikasidagi eski o‘zbek yozuviga qaytishni yoxud uni (eski yozuvni) ma’lum vaqt amaldagi yozuv bilan parallel qo‘llashnij shu tarzda bu ikki yozuvdan birining tanlanishini vaqt ixtiyoriga berishni taklif qiladilar; uchinchi yo‘nalishtarafdorlarining aniq shakllangan xulosa va takliflari bo‘lmasa-da, ularning fikrlarida qadimgi turkiy (urxun) alifbosini tiklashga moyillik bordek tuyuladi; to‘rtinchi yo‘nalishtarafdorlari esa amaldagi alifboni ma’ium o‘zgarishlar bilan saqlash kerakligini aytishadi.Yuqoridagi yo‘nalishlarning tarafdorlari o‘rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko‘chirish g‘oyasining ustun kelishi bilan yakunlanadi.
To‘rtinchi davr (ikki yozuvlilik yillari) 1993-yilning 2 - sentabrida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» qonun qabul qiladi.
Qonunga muvofiq yangi o‘zbek alifbosining tarkibi quyidagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilanadi: a, b, c, d, e, f, g, h, i, j, k, 1, m, n, o, p, Q, r, s, t, u, v, x, y, z, g, g‘, j., n, o, §, (’) tutuq belgisi (apostrof) [ 135].
1995-yilning 6- mayida O‘zbekiston Oliy Majlisi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritadi. Unda shunday deyiladi:
1. I - moddadagi «31 harf va 1 ta tutuq belgisi (apostrof)» dan so‘zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi» so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Cc, J j harflari mustaqil belgi sifatida alifbodan chiqarilsin.
3. Oo harfi O‘o‘ shaklida, G g harfi G‘g‘ shaklida, S,s, harfi Sh sh shaklida, C,c,harfi Ch ch shaklida, Nn harfi Ng ng shaklida, Q harf belgisi q shaklida ifodalansin.
4. Aa, Ii, Gg, G‘g‘, Qq, O‘o‘, Zz harflari va Ch ch harflari birikmasining yozma shakli tegishlicha *4a^ Q ^ (jo Z z Ch cJt tarzida ifodalansin.
1995- yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339- sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari ham tasdiqlanadi.
Yuqorida keltirilgan qonunni amalga kiritish bo‘yicha qabul qilingan qarorda (Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995- yil, №6, 120- modda) ko‘rsatilishicha, o‘zgartirilgan yangi alifboga to‘la o‘tish muddati 2005- yilning 1- sentabriga qadar uzaytiriladi.
2004- yilning 30- aprelida O‘zbekiston Respublikasining «... ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi Qonuni qabul qilinadi. Unga ko‘ra lotin o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish muddati 2005- yilning 1 - sentabridan 2 0 1 0 -yilning 1 - sentabrigacha ko‘chiriladi, shu tariqa O‘zbekistonda ma’lum muddat ichida (1995-2010- yillar orasida) o‘ziga xos yangi vaziyat — ikki yozuvlilik holati yuzaga keltiriladi.



Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling