Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet14/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

Mavzuni mustahkamlovchi savolar

1. Amaldagi (kirillcha) o‘zbek yozuvi im lo qoidalari qachon tasdiqlangan?


2. Yangi (lotin ch a) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari-chi?
3. Amaldag i « 0’z b e k o r f o g r a f iy a s in in g a s o s iy q o id a la r i» qanday bo‘lim lardan tarkib topgan? (B o‘lim larn in g nomlanishi, paragraflari...).
4.Yangi (lotin ch a) o‘zbek yozu vin in g im lo qoidalari qanday bo‘lim lardan tarkib topgan? (B o‘lim larn in g n om lan ish i, m odda va bandlari).
5. A m aldagi (k irillch a) o‘zb ek yozu vi im losidagi qaysi q o id a la r yangi (lo tin ch a ) o‘zb ek yozuvi im lo qoidalari sirasiga kiritilm agan? Sabablari?
6. Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a harflar im losiga oid q a n d a y farqlar bor?
7 . Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a asos va q o‘sh im ch alar im losiga oid qanday tafovutlar bor?
8. Har ikkala «...qoidalar» to‘p lam id a q o‘shm a so‘zlar im losiga oid qanday tafovutlar bor?
9. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida chiziqchaning qo‘llanishiga оid imloda qanday tafovutlar bor?
10. Har ikkala «...qoidalar» to‘plamida bosh harflar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?


6-MA’RUZA
PUNKTUATSIYA VA UNING PRINSIPLARI. TINISH
BELGILARINING TASNIFI
Reja:

  1. Punktuatsiya va uning tarixiy taraqqiyoti

  2. Punktuatsiya prinsiplari

  3. Tinish belgilari tasnifi

Tayanch tushunchalar: punktuatsiya, tinish belgilari, grafika, orfografiya, sintaksis, intonatsiya, punktogramma, logik-grammatik tamoyil, uslubiy tamoyil, farqlovchi (differensial) tamoyil, tinish belgilari, tasnif, qo‘llanish o‘rni, qo‘llanish usuli, tuzilishi, vazifasi, yakka holda qo‘llanuvchi, qo‘sh holda qo‘llanuvchi, bir elementli, ko‘p elementli, chegaralovchi, ayiruvchi, murakkab vazifali tinish belgilari.
“Punktuatsiya” so‘zi lotincha “punctum”, yani“nuqta”, “o‘rin, joytushunchalarini anglatadi.
"Punktuatsiya” tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda tinish belgilari (punktogramma)ning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Punktuatsiya tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prosodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig‘indisini (tinish belgilarini) anglatadi.
Punktuatsiya yozuv tizimining grafika va orfografiya bilan bir qatorda turadigan uchinchi komponentidir.
Tilshunoslikda punktuatsiya termini quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) tilshunoslikning bir bo‘limi, u tinish belgilari tizimini, ularning ishlatilish qonun- qoidalarini o‘rganadi; 2) punktuatsiya qoidalari yig‘indisi; 3) tinish belgilari.
Tinish belgilari punktogramma deb ham yuritiladi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy qismi bo‘lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o‘zaro logik-grammatik munosabatlarini ko‘rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o‘z yozma nutqini aniq, to‘g‘ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o‘quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi.
Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo‘llaniladi” (Boduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o‘rinli qo‘llanmasligi ma’lum bir sintaktik qurilmaning ham mazmun, ham tuzilish jihatidan o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, ushbu gapda tinish belgisini o‘zgartirirish orqali ikki xil mazmunni farqlash mumkin:

  1. Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq, odam emassiz, - dedi.

  2. Afandi podshoga qarab: Siz ahmoq odam emassiz, - dedi

Birinchi holatda ahmoq so‘zidan keyin vergul qo‘yilsa, gap podshoning aqlliligi haqida emas, balki uning ham ahmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Ikkinchi holatda esa podshoning ahmoq odam emasligi, aqlliligi haqida gap boradi. Demak, ushbu gapda talaffuzda ohang, yozuvda tinish belgisi orqali ikki xil ma’no anglashilmoqda.
Yoki quyidagi gapda ham tinish belgilari bilan bog‘liq turli holatlarni aniqlash mumkin: Ey tabib, qo‘y, boqma dardim bedavolardan biri (Muqimiy) gapida uch holat bor:


  1. Download 298.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling