Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan . So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan? Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq belgisining qo‘llanishi quyidagicha: So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’iy nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Rashk do‘stimizmi yoki dushmanimizmi ?( T.Malik) So‘roq mazmuni ifodalangan sodda gaplarning ham, qo‘shma gaplarning ham oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sen... bu yerda nima qilib yuribsan? (O.Yoqubov) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov). Uqanday qo‘llarkim, uzarlar, hidlarlar, yancharlar? (She’rdan) Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Qachon jilovlab qo‘yiladi bu ig‘vogar, g‘alamislar-a?! Qachon bartaraf bo‘ladi bu anonimchilar-a?! (T.Murod) O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! (A.Qahhor) Asqarali tog‘a, bas endi, shu choyni ichaymi-yo‘qmi?! (T.Malik). O‘g‘lingiz ot olmoqchi edi bupulga, sizda insof degan narsa bormi?! (T.Malik). 1213 Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgan) komponentlarining har ikkisida ham so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq belgisi faqat yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Nega yerda uchrashdilar bu ikki malak, Nega suubat qurmadilar fazolar aro? (E.Vohidov) O‘rniga kim ekan - bilsak buladimi? (E.A’zam) Biz, rahbarlarga ishonasizmi yo mana shunga o‘xshagan podachiga ishonasizmi? (T.Murod) Bu o‘zingning fikringmi yo biror ko‘rsatma bormi? (T.Malik) Rang-ro‘yingga nima bo‘ldi, tuzukmisan o‘zi ? (E.A’zam). Endi bularni kim oladi, kim kiyadi? (T.Murod) Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgap) komponentlarining faqat bittasida so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq mazmunini ifodalagan komponentning oldin yoki keyin turishidan qat’i nazar, so‘roq belgisi yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Otasi ham hayron: kimga tortgan bu qiz? (O‘.Hoshimov) Avval menga ayting, shu qishloq qizidan olim chiqadimi? (S.Ahmad) Shu ahvolda o‘lib-netib ketsang, shuncha bola chirqillab qolishini o‘yladingmi? (S.Ahmad) Darhaqiqat, tuyaning ustiga g‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod bo‘ladi? (S.Ahmad) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov) Jalil ota karaxt tortib qoldi: qayoqdan paydo bo‘ldi bu dard? (Sh.Xolmirzayev) Qanday donishmand odamsizki, qalbimni darhol bildingiz? (Sh.Xolmirzayev) Tushuntirib ayting, o‘zi nima gap? (T.Murod) Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling