Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish uchun savollar
Undovlar alohida gap vazifasida kelganda, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi: Oh! Uyoqda xo‘rladilar, bu yoqda kaltakladilar. (R.Haydarova) Hoy! Ovqatlaringdan darak bormi? (O‘.Umarbekov) Obbo! Yana kutarkanmiz-da! (O‘.Umarbekov) Kisht! Kisht-ye, qirilibgina ketgur!.. (Sh.Boshbekov). Hay-hay! Qarang, ana qarang! - deya ko‘zlarini katta-katta ochdi Mamat bobo. (T.Murod)
Tarkibida his-hayajon undovlari mavjud bo‘lgan gaplarda emotsionallik yorqin ifodalanadi va bunday gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: O ayol qalbi! Dunyoda mavjud barcha fojialar sel bo‘lib yopirilsa chidar-u, ammo erining xiyonatiga sira-sira chiday olmas! (T.Malik) Ey Odam farzandlari! U o‘limni va hayotni sizlarning qaysi birlaringiz amalda yaxshiroq ekanliklaringizni sinash uchun yaratgandir. (T.Malik) - O-o-o, haloling bo‘l-e, kuyov-e, haloling bo‘l-e!.. (T.Murod) Salomlashish-xayrlashish, tabrik, minnatdorlik, tashakkur, uzrxohlik, ma’qullash, rag‘batlantirish kabi muomala odatlarini bildiradigan gaplarda dam kopincha emotsionallik yorqin ifodalanadi va ularning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Men ketdim! Xayr! (O‘.Hoshimov) Xayriyat! (Bu kimsasiz orolda bittagina insofli tirik odam bor ekan!) (T.Malik) Ofarin, ofarin! - deya, boshini sarak-sarak qildi Mamat bobo. (T.Murod) Ha, Momoqizning oldiga, ha! - dedi. (T.Murod) Gapda emotsionallik darajasining behad ortiq ekanligini ko‘rsatish uchun ba’zan gap oxiriga birdan ortiq (uchtagacha) undov belgisi qo‘yilishi mumkin: Ha- a-a!! Sen hali meni uyingdan haydayapsanmi?! Meni-ya?! (T.Murod) Ha-a-a!!! Meni-ya?! O‘z otangni-ya?!. (T.Murod) Boshimda haq nikohlik egam turibdi-ku!!! (T.Murod) Undov gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda ham ularning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Qutlug‘ bo‘lsin! (A.Qodiriy, “O‘tkan kunlar” boblaridan biri). Xayr endi, Ra’no! (A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon” boblaridan biri). Og‘zingga qarab gapir! (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi). Bozor surishtirmaydir! (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi) O‘zganing fikr-mulohazasiga muallifning o‘ta ma’qullash, alohida ta’kidlash, rozilik yoki kinoya-achchiqlanish, ajablanish munosabatini ifodalash uchun ba’zan matnda mazkur fikr-mulohaza bayon qilingan iqtibosdan keyin qavsga olingan undov belgisi qo‘yiladi: Iqtisodiy yuksalish natijasida turmush darajasi sezilarli ravishda yaxshilangan - onalar o‘limi 2 barobar, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygan, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 61 yoshdan 73 (!) yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 (!) yoshga yetgan. (A.Ibrohimov. “Umrimiz boqiydir, boqiy!” maqolasi) Undalmalar kuchli to‘xtam bilan aytilsa, undan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi: Odamning azal tartibot qurilmasini ostin-ustun qilishni o‘ylagan. Bevosh tentak! Qoyil-e! Yo‘q, bunday odamni sira tirik qoldirish mumkin emas. (Ch.Aytmatov) Tekshirish uchun savollar Nuqta o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan? Nuqta asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi? Matematika fanida nuqtaning vazifasi nima? Nuqta qaysi o‘rinlarda uslubiy vosita sifatida qo‘llaniladi? So‘roq belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan? So‘roq belgisi asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi? Undov belgisi o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan? Undov belgisi qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi? Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling