Fikr manbayi, uning muallifi, ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi: Qayerda kurash bo‘lmasa, u yerda o‘sish ham bo‘lmaydi. Kim birovga chuqur qazisa, bunga o‘zi yiqiladi(Maqol). Hasanxon qayda bo‘lsa, qiy- chuv ham shunda bo‘lur(O‘zbek xalq dostonidan).
Tasniflarda (nuqtadan farqli holda) yarim qavs ishlatiladi: So‘zlar tuzilishi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) sodda so‘zlar; 2) qo‘shma so‘zlar; 3) juft so‘zlar; 4) takroriy so‘zlar; 5) qisqartma so‘zlar.(Q.Sapayev)
Muayyan birliklarning variantlari qavs ichida beriladi: -gi (-g‘i, -ki, -qi, g‘u). Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat quroli, holat va narsa oti yasaydi. Odatda, jarangli va sonor undosh bilan tugagan asoslarga -gi, -g‘i affiksi, jarangsiz undosh bilan tugagan asoslarga -ki, -qi affiksi qo‘shiladi.(Q.Sapayev)
Eslatma. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi.
(57 + 38) - 17 = ?
[ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah[a]ri, o‘r[i]ni, sing[i]lisi so‘zlaridagi “a”, “i” tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
Qo‘shtirnoq o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?
Qo‘shtirnoq qachon takroriy qo‘sha qo‘llanadi?
Qo‘shtirnoqning grafik jihatdan qanday ko‘rinishlari bor?
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda qo‘shtinoqning vazifasi nimadan iborat?
Qo‘shtinoq qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
Qavs o‘zbek yozuvida qachondan boshlab qo‘llanila boshlagan?
Qavs asosan qaysi o‘rinlarda qo‘llaniladi?
11-MA’RUZA
TIRENING QO‘LLANILISHI. TINISH BELGILARINING QO‘SH QO‘ LLANILISHI
Reja:
Tire va uning tarixi
Tirening sodda gapda qo‘llanish o‘rinlari
Tirening qo‘shma gapda qo‘llanish o‘rinlar
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |