Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Og‘zida boli bormi, asal tomar so‘zidan. 2. Og‘zi


Download 298.95 Kb.
bet46/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

1. Og‘zida boli bormi, asal tomar so‘zidan. 2. Og‘zi yomon so‘zi bilan qopadi. 3. Yaxshi kishi doim topadi. 4. Ko‘ngilda til jarohati bitmas. Anga hech nima marham yerin tutmas. (N.) 5. Til jamiyat hayotida mehnat, o‘t, suv va nur kabi buyuk hodisalardan sanaladi. 6. So‘z qanchadan-qancha dilkash naqshlarni bir to‘lqin bilan yarqiratib yuboruvchi dengizdir. (N.) 1. Noming mangu bo‘lsa, o‘zing mangudir. («Qutadg‘u bilig».)


Unlilar imlosi
5-mashq. Berilgan so‘zlarning yozilishiga oid qoidalarni eslang.
mudofaa, taassurot, mutolaa, taajjub, taalluq, matbaa, badiiy, tabiiy, Lutfiy, fanniy, juz’iy. Bilib oling.
1. Old qator keng a harfi ayrim so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarida i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi (muomila, munosibat, muhokima va b.), ammo har vaqt a yozish kerak (muomala, munosabat, muhokama va b.).
2. o harfi o‘zbek tilidagi lablanmagan, keng, orqa qator tovush o‘rnida yoziladi: bog‘bon, posbon, osmon, ol, Olim (jon), tog‘, soz, non, Qo‘qon, Hirot, Toshkent, don, Tojixon, poydevor va b.
Rus tilidan kirgan so‘zlarda esa o‘rta keng, lablangan o‘ tovushi o‘rnida ham o yoziladi, lekin o‘ tarzida o‘qiladi: zavod, oktabr, tok, noyabr, kod (telefon), tonna, kilogramm, poyezd, revizor, kurort. Bu harflarning ikki tildagi so‘zda kelishi natijasida paronimlar hosil bo‘ladi: tok-tok, tom-tom (uy tomi), ton-ton (fe’l).
Urg‘usiz bo‘g‘inlarda o tovushi a tarzida aytiladi: kanstitutsiya va b. Lekin konstitutsiya yoziladi.
Rus va Yevropa tillaridan kirgan so‘zlarning oxirgi urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida eshitiladi, lekin har doim direktor, traktor, rektor, konduktor, irrigator, diktor (va b.) tarzida yoziladi.
Ii harfi hamma so‘zlarda aniq eshitiladigan, ba’zan juda qisqa aytiladigan, lablanmagan, tor, til oldi tovushi o‘rnida aytiladi va yoziladi: ilm, ildam, til, bil, ilgak, ish, kishi, fil, tish, million, rizq, hid, iz va b. Aql, vaqt, rahm, fikr, ilm, mehr, qahr, xayr, naqd, asl (asil so‘zi ham bor), nasl, asr (asir so‘zi ham bor) kabi so‘zlarda oxirgi ikki undosh orasida o‘rinsiz (xato) urg‘u qo‘yish bilan go‘yo bir i orttiriladi, aslida esa so‘z boshidagi unliga urg‘u qo‘yish lozim.

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling