Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet49/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

Takror undoshlar imlosi
Berilgan so‘zlarni qiyoslab o‘qing. Farqini tushuntiring.
Qattiq — qatiq, essiz — esiz, tilla — tila, yo‘lladi — yo‘ladi, til — tili — tillik, nonning — noning, silla — sila, ellar — elar, medalli — medali, ushshoq — ushoq.
Bilib oling.
Hamma tillar kabi o‘zbek tilining ham o‘z ichki qonunlari bor: tovushlar tushishi (o‘g‘il — o‘g‘li), o‘rin almashuvi (yog‘mir — yomg‘ir), o‘zgarishi (son — sana), tovushlar ortishi (tanka, banka) va boshqa hodisalar ana shu ichki qonuniyatlardan sanaladi.
Boshqa tillardan kirgan so‘zlarda ayrim unli va undoshlar takror talaffuz qilinadi: muallim, mudarris, muzaffar, taajjub, taassurot, Qahhor, kassa, murakkab, antenna, qissa, naqqosh, mutolaa, matbaa, izzat, muvaffaqiyat, naqqosh va b. Shunday o‘rinlarda yozuvda ham ikki unli yoki undosh yozib, to‘g‘ri talaffuz etish zarur.
Bu hol ba’zi o‘zbekcha so‘zlarda ham uchraydi: sakkiz, ikki, ellik, tilla, chappa, to‘qqiz, o‘ttiz va b.
So‘z yasash jarayonida, ayniqsa, ba’zi o‘zak yo negizda undoshning takrorlanishi aniq seziladi, shunga ko‘ra yozuvda bir xil undosh orttirib yozib, bu bilan talaffuzga moslashtiriladi: isi+q — issiq, achi+q — achchiq, qati+q — qattiq, sasi+q — sassiq.
Aks holda talaffuz buziladi: karra — kara, durra — dura, qattiq — qatiq.
Nuqtalar o‘rniga talab qilingan yolg‘iz yoki takror unli yo undoshlarni (ikkita bir xil harf) qo‘yib ko‘chiring.
1. Tro...eybuslar harakati bugun juda erta boshlandi. 2. Yi...ar o‘tishi bilan, Ona, Non, Suv so‘zlari qatoridan A...alom degan so‘z ham o‘rin oldi. Keyinroq ka...a-yu kichik bu so‘zni aytganda yo eshitganda, chehralari yorishib, di...ari yengil tortadigan bo‘libdi. 3. Zu...o — dur, bilimsiz — bir hovuch kuldir. (Yusuf Xos Hojib.) 4. Olimlarning ilmga katta muha...atidan buyuk kashfiyotlar yuzaga keladi. 5. Osmonda sayr etar mi...ion juft ko‘zlar. (H.O.) 6. Hayot daraxtlari o‘sgan bog‘larda So‘zni payvand qiling har bir yura...a, Toki bu bi...a dard, bi...a ishq bilan Zaminga o‘rnashsin, o‘..in fala...a. (N.Ostonov.) 7. U...atlarim uchun uch narsadan qo‘rqaman: nafs-u havoga berilishdan, nafsoniy va shahvoniy hi..iyotga berilishdan, ilmli va ma’rifatli bo‘la turib, g‘ofillarning ishini tutishdan. («Hadis»dan.) 8. A..a aytay, uxla o..og‘im. Girgi..oning bo‘layin doim. (Qo‘shiqdan)



Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling