Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


-mavzu: Vergul, nuqtali vergul belgilarining qo‘llanilishi


Download 298.95 Kb.
bet63/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

13-mavzu: Vergul, nuqtali vergul belgilarining qo‘llanilishi


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. Quyidagi misollarni o‘qing. Birinchi bo‘limda berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini aniqlang va ular nima uchun qo‘yilishi kerakligini izohlang.
1. Bizda yaxshi rahbar yuzlab minglab kishilarning yurak haroratini bir joyga to‘plab uchqundan alanga chiqaradigan odam. Bizda yaxshi rahbar kollektivning o‘qi o‘q bo‘lmasa, mashinaning detallari sochilib ketadi. Bizda yaxshi rahbar — o‘ziga xos geolog odamlarning qalbida yotgan qimmatbaho fazilatlar konini qidiradi topadi ishga tushiradi. Bizda yaxshi rahbar hayotni bilishda olim bo‘lishi kerak odamlarni boshqarishda san’atkor... Bizda yaxshi rahbar eng yaxshi tarbiyachi bo‘lishi kerak chunki tarbiyaning ham, rahbarlikning ham markazida odam turadi, odamlarga g‘amxo‘rlik turadi. (P.Q.) 2. O‘tgan yili radiodan Vatan urushi ishtirokchisi o‘z farzandlarini qanday topganligi haqidagi bir hikoyani zshitib, men ham Mudofaa vaziriga hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy komissariatiga xat yozdim. Mana nihoyat yaqinda Toshkentdan quvonchli xat oldim Sizni dadamni topdim (N. Fozilov.) 3. Mening ishonchim faqat shaxsiy ishonchgina emas xalq ishonchi ekanini unutmang. Aslo Yagona niyatim endigina baxtga erisha boshlagan xalqimga xizmat qilishdan iborat. Balli dedi Davron aka mamnun Aql chiroq, nafs — suv. Nafs ustunlik qilsa sham suvga cho‘kib o‘chadi. Buni ham unutmang! (Yo.Shukurov.) 4. Bahor Uch tup o‘rik birdan gullab Faridalarning hovlisini oppoq go‘zallikka to‘ldirdi. (P. Q.)
2-mashq. Berilgan misollarni tegishli tinish belgilarini o‘z o‘rniga qo‘ygan holda ko‘chirib yozing.
1. Akramning esida bor urushdan oldin, Akram yetti-sakkiz yashar paytida, butun qishloq yozda hu anavi adirlar ortidagi dashtga qovun ekib kapa qurib ko‘chib chiqar bolalar har kuni kechqurun eshakda qishloqqa qovun tashishar edi. (O.Yo.) 2. Gavhar o‘zining o‘qishi u birinchi kursni a’lo baholar bilan bitirib kelgan edi Moskvadan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan bir necha marta o‘zbek arxitekturasini ham tilga oldi. (P.Q.) 3. Kular yuzli xushxulqli xushmuomalali odam andisha va farosat egasi bo‘ladi Shunday go‘zal sifatlarga ega bo‘lgan lekin o‘qimagan odam bilan hamsuhbat bo‘lish yomon xulqli qo‘rs bir olim bilan hamsuhbat bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroqdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») 4. Bosh arxitektor bu juda katta, juda mas’uliyatli vazifa Bu vazifa birgina iste’dod emas tashkilotchilik va rahbarlik qobiliyatini nihoyat vijdoniy poklikni talab qiladi (O.Yo.)

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling