Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


Download 298.95 Kb.
bet59/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

1-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating va ko‘chiring.
murabbiya, minnatdor, bahramand, daraxt, mingoyoq, qal’a, ma’lumot, traktor, ingramoq, yenggan, ingichka, mo‘jiza.
2-mashq. Berilgan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shib, so‘ng hosil bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlarga ajrating.
Namuna: qalb+i qalbi — qal-bi.
qalb, fikr, do‘st, naqd, mard, sulh, g‘isht, mehr, quvonch, Samarqand.
3-mashq. Ruboiyni o‘qing. Mazmunini tahlil qiling. So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating. So‘ng bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi asosida ko‘chirib yozing.
Oltin-kumush etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,
Gar yo‘qtur adab, ne sud oltin unidin,
Elning adabi xushroq erur oltundin. (N.)
Lug‘at: sud — foyda, uni — un, ovoz, xushroq — yaxshiroq.
4-mashq. Berilgan gaplarda noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang va yozuv qoidasini belgilang.
1. Kampirning hayajonli dovushi dovoldan osha ketdi va bu xushxabar bir zumda hammaga eshitildi. 2. Meymonlar tarqab ketti va hovlida qarindoshlardan boshqa kishi qomagan edi. 3. Moshin kotta jar yoqasiga kelib qoldi-yu, shopur hushyorlik qilib to‘xtatdi.
10-amaliy mashg‘ulot. Kirill va lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidalarining qiyosiy tahlili


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1-mashq. Gaplarni o‘qing, so‘zlarning yozilishiga e’tiboe bering. Kirill va lotin grafikasiga asoslangan yozuvda farq qiluvchi so‘zlarga e’tibor qarating.
1.Hovli etagidagi pastak eshik g‘iyqilladi.U uylanganidan keyin otadan qolgan hovlini o‘rtadan ikki paxsa devor olib bo‘lishgan.Bungayam bir chekkasi Hadichaning injiqligi sabab bo‘lgan edi.(O‘.H.) 2.Gulnor Yo‘lchining xayoliy iziga ko‘z tikdi. Uni chuqur sog‘inch va sabrsizlik bilan kutadi.(O.)3.Endi-chi? Endi shu choldevor hovlimiz, shu tirikchilik ko‘zimga har qanday boylarning sersavlat uylaridan yaxshi ko‘rinadi.(O.)4.Umri xola sharpaday unsiz yurib keldi-da, yapaloq “musulmon” g‘ishdan yasalgan zinadan ayvonga ko‘tarildi.(O‘.H.) 5.U so‘zlarkan, yuzlariga goh do‘q, goh g‘azab, goh yalinchoqlik yopishadi.(O). 6.Yangigina solingan burglar ustida bir tekis pishillab o‘rmalayotgan qurtlar derazalardan kirgan yorug‘dan qochib boshini barg ostiga oldi. Lutfixon bir parcha somonli loy bilan taxmon chetidagi sichqon uyasini yaxshilab suvadi. (S.Ahm.) 7.Qimirlamang, ota, terlagan ekansiz. (S.Ahm.)8.Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan Qo‘rqinchli xayollar, vahimalar bilan to‘lgan ormat qorong‘ulikka sho‘ng‘idi. (O) 9.Shoikrom xotinini tarsakilab yubormaslik uchun yuzini o‘girib, tishini g‘ichirlatdi. (O‘.H.)10. Suv qalqisa, loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqiganidan buyon yomon ko‘paydi.(O‘.H.)

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling