Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


-mashq. Bosh harf bilan yoziladigan tashkilot, orden, medal, adabiy asar va mahsulot nomlariga uchtadan misol keltiring. 4-mashq


Download 298.95 Kb.
bet58/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

3-mashq. Bosh harf bilan yoziladigan tashkilot, orden, medal, adabiy asar va mahsulot nomlariga uchtadan misol keltiring.
4-mashq. Berilgan atoqli otlarni alifbo tartibida ko‘chiring, mashhur kishilarning ismi va taxalluslarining imlosini yodda saqlang.
Abu Ali ibn Sino, Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Muqimiy, Furqat, Gulxaniy, Maxmur, Avaz O‘tar o‘g‘li, L. N. Tolstoy, M. V. Lomonosov, A. P. Chexov, Isaak Nyuton.
5-mashq. O‘qing. Kerakli o‘rinlarda kichik harflar o‘rniga bosh harflarni qo‘ygan holda gaplarni ko‘chirib yozing va nima uchun shunday yozilishini izohlang.
1. O‘rta osiyo kobrasi eng katta zaharli ilonlardan biridir. Uning uzunligi ikki metrgacha boradi. (“G‘uncha”dan) 2. Biz vatanimizning kelajagi porloq ekaniga ishonamiz. (I.Karimov) 3. Meni kutayotir ajib kelajak, u mening iqbolim, mening baxtimdir. (A.Oripov) 4. Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqlarni ko‘zlab yashagan. (I.Karimov) 5. Oshnam: “dunyoda eng aziz, eng qimmatli narsa nima”, - deb so‘rab qoldi. Mo‘ysafid hamrohimiz javob berdi: “inson va uning vaqti”. (Yo. Sh.) 6. Men Muhammad kabir nodirshoh bilan gaplashib olishim kerak! (H. Shayxov)
9-amaliy mashg‘ulot .Ko‘chirish qoidasiga oid mashqlar tahlili


MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash.


Bilim oling.
Ko‘chirish qoidalari o‘zbek imlosidagi belgilangan qoidalar asosida bo‘lib, bo‘g‘in ko‘chirish va bo‘g‘inga ajratishni farqlash lozim. Eng kichik bo‘g‘in bir unlidan iborat bo‘ladi: u (olmosh), o-na, o-ta, e-kin va boshqalar.
Har bir bo‘g‘inda kamida bitta unli tovush ishtirok etadi.
1. Bir unlidan hosil bo‘lgan bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi, yonidagi bo‘g‘in bilan birga ko‘chiriladi: o-na emas, ona.
2. Mudofaa, mutolaa kabi so‘zlardagi oxirgi bo‘g‘in – bir a ning o‘zi ko‘chirilmaydi.
3. Yonma-yon kelgan ikkita bir xil undoshning biri birinchi yo‘lda qoldiriladi, ikkinchisi keyingi yo‘lga ko‘chiriladi: qat-tiq, til-la.
4. Bir tovushni ifodalagan ikki harf (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: mash-hur, pi-choq, si-ngil yoki oldingi qatorda qoldiriladi.
5. Ism va ota ismlari qisqartirilsa, familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi: S. V. Rahimov, A. G‘. G‘ulomov kabi.
6. Qisqartma so‘zlar, ishoralar va ko‘p xonali sonlar bir yo‘ldan ikkinchisiga ko‘chirilmaydi: gr, sm, O‘zMU, 245, 2003, XXI kabi.
7. Harflardan iborat shartli belgilar o‘zi tegishli sondan ajratilmaydi: 6-A sinf, 7-B guruh.

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling