Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
16-amaliy mashg’ulot. Tirening qo’llanilishi. Tinish belgilarining qo’sh qo’llanilishi
MASHG‘ULOT REJASI: 1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish. 2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish. 3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash 1-mashq. Gaplarni o‘qing, tinish belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. 1. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’daning ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 2. To‘g‘ri, Olim – mashhur rais, deputat, hammamiz uni hurmat qilamiz. 3. Adolatsizlik gardlarini kishi qalbidan yuvib tashlamoq - ulug‘ baxt! (SH.) 4. Uning nazarida, har bir chanoq - baxt tabassumi, har bir tola - qon tomiri; u paxta bilan tirik, paxta - uning hayoti, paxta - uning kasbi, quvonchi. (I.R) 5. «Aziz otamizning fikrini, yo‘lini himoya qilmoq uchun, - dedi Sultonmurod bo‘g‘iq ovoz bilan, - qilichingizni mahkam tuting, bahodir!». (O.) 6. Shu payt qabulxonaga Qalandarovning qalin oshnasi – Ummat Nazarov kirib keldi. (A.Q.) 7. Maktabni, maktabdoshlarimni har qancha qo‘msasam ham, otamning ra’yini qaytara olmadim. (P.Q.) 8. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildli tarixiy asarlari yonida, Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.YO.) 9. Bu – bizning chinakam mehnatimizning natijasi! 10. Erining xotirasi, bolalarining tarbiyasi, tinimsiz mehnati, yurt g‘amidan boshqa tashvishi yo‘q u muhtaramaning! (H.G’) 11. YOmon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat – odamning naqshi! (U.) 12. Anvarning hay-haylashiga qaramay, ko‘chaning o‘rtasiga tushib olib, qo‘l ko‘tardi, ammo mashinalar to‘xtamas, uni mayna qilganday, g‘izillab o‘tib ketardi. (O’.H.) 13. Qodirjonning tinch uyqusidan (nisbatan tinch, chunki u uyquda ham fikr qilardi) mamnun ayol mehr to‘la ko‘zlarini undan uzib xona to‘riga o‘tadi-da, bahor va go‘zallik nishonalarini guldonga terish bilan band bo‘ladi. 14. Bu erda, Potsdamdan, uncha uzoq bo‘lmagan Babel’sbergda, o‘zining mo‘’jazgina kottejida yakka o‘zi turardi; uning xizmatchisi bir hafta oldin toqqa - jiyaninikiga jo‘nab ketgan edi. 15. E’tiqod va muhabbat yonma-yon bo‘lgani ma’qul, biri - qalb, biri - qanot. (Mirm.) 16. Qora bulutlar tarqala boshlaydi, osmon ko‘m-ko‘k charaqlaydi, maysa, o‘t-o‘lanlar qaddini rostlaydi, daraxt shoxlari ilk barglarini chiqara boshlaydi. Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling