Добавить заголовок


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1697379
Bog'liq
Добавить заголовок



MENING HAYOT
FALSAFAM


Men Abdunabiyev Abdullo 31-iyul 2006-yilda Toshkent
tumanida tug`ilganman. Oilada 5 kishi istiqomat qilamiz.
Hozirgi kunda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universtitetida
o`qiman va bu o`quv dargohiga davlat granti asosida qabul
qilindim.Universtitetgacha bo`lgan davrda men akademik
litsey va maktabni bitirdim va men bemalol ayta olamanki
har bir yil va davr menga katta saboq va xotiralarni berga


Maktab davri:
Men Toshkent tumanidagi 7-maktabda 9-sinfgacha
o`qiganman. Har bir yil insonga yangi narsalarni
o`rgatgani kabi bu yillar qaytib kelmasligini kech
tushunish achinarli.


Akademik litsey:
Men 2021-yil Toshkent Moliya Instituti Akademik Litseyiga qabul qilindim
va bu litsey davri meni psixologik o`stirdi deb ayta olaman. Litsey
davrigacha bo`lgan men hozirgi kunda tubdan o`zgarganiga ishonch hosil
qildim.


Litsey davri men uchun hayotimda refresh qilganday bo`ldi. Yangi
tanishlar va ajralmas do`stlar, yangidan-yangi vaziyatlar bir
tomondan meni hayotga bo`lgan qarashimni o`zgartirdi. 2023-yil
litseyni bitirar ekanman kelajak haqida bo`lgan eski qiziqishlarim
butlaqo meni tark etganini sezdim. 


Hozirgi kunda qiziqishlarim
juda ko`p ammo asosiy
qoladiganlari asosan
kelajakdagi ishimga aloqasi
juda katta. Asosiy qiziqishlarim
musiqa tinglash, sport bilan
shug`ullanish , til o`rganish
hisoblanadi.


Sport turlaridan boks va futbol. Men muhlislik
qiladigan jamoa esa Ispan qirollik klubi bo`lgan
Real Madrid. Muhlislik inson haqida juda ko`p
narsani anglatadi va men bu klubga muhlislik
qilishimni sababi klub har doim oxirigacha
kurashadi va shunga yarasha kuboklari ham
yetarlicha ko`p. 


Hozirgi kunda ingiliz , rus tilini bilaman , ammo yangi til
o`rganib chet el mamlakatlariga sayohat qilish maqsadim
bor va nemis tilini o`rganyapman. Umuman olganda hayot
men yoki siz o`ylaganingizday oddiy emasligini yillar
o`tishi bilan miyyani o`zi his qiladi va qo`llaringizdan nima
kelishini ham anglaydi. Lekin hozirgi vaqtda bor narsam
ba`zi bir insonlar uchun orzu va achinarli holati shu bor
narsani ham qadrlamaslikdir. 


 Agar shu narsalarim yo`q bo`lsa hayot umuman
boshqacha ketar edi . Misol uchun : O`zbekistondagi
universtitetga kirishim , litseyga kirib litseyga bo`lgan
fikrim negativ ekanligi yoki IELTS sertifikatidan 6 olganim.
Men bu natijalarimdan atrofimdagi odamlar singari
xursand bo`la olmaganim. O`zbekistonlik oddiy bola uchun
bu katta natija bo`lishi mumkin ammo men o`zimni katta
cho`qqilarda ko`rishga bo`lgan xoxish meni ko`zimni tom
ma`noda ko`r qilib qo`yganday va hammasiga tezda
erishish bu faqat fantaziya. 


Xuddiki barcha jamiyat orzu qiladigan
hayot UTOPIAga o`xshaydi, erishib
bo`lmas . Shunga yarasha har kuni odam
o`zini kamchiliklariga qarash insonni
psixologik sindiradi. Har kuni bir xil o`y
ertaga nimadir o`zgaradimi? Men kutgan
kun qachon? 


Hozirgi kunda psixologik o`sishni insonlar
o`zlari yoqtirgan insonlardan olishadi. Misol
uchun ikki afsona Messi va Ronaldu , biri sevgan
ishini qilish va unda natijaga erishish uchun
jismoniy kamchilik halaqit bermasligini
isbotlagan bo`lsa ikkinchisi mehnat va yana
mehnat orqali kambag`allikdan qutulib,
dunyodagi eng mashhur inson bo`lishni
isbotlagan


Aynan Cristiano Kanadagi universtitetda falsafa
fanidan o`tiladigan yagona shaxs uni 2015-yil
Kanadalik professor Ronaldoni hayotini o`rganib
uni darslikga qo`shgan. Bundan tashqari musiqa
aynan terapiyaga aylangan davr. O`zim ham
yuqoridagi keltirilgan ijodkorlarning hayot
falsafasini to`liq tushunganman desam ham
boladi. 


ДЕЛАЙ ИСТОРИЮ, ЕСЛИ 
РЕАЛНО ХОЧЕШЬ


ЖИВЁМ ОДИН РАЗ НАДО
БЫ ЕГО ЗАПОМНИТЬ


E`TIBOR UCHUN RAHMAT

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling