Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


-MAVZU: Matn tahlili, undagi tinish belgilarining qo‘yilish holatlarini izohlash


Download 298.95 Kb.
bet69/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

17-MAVZU: Matn tahlili, undagi tinish belgilarining qo‘yilish holatlarini izohlash
MASHG‘ULOT REJASI:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini bajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini tekshirish va baholash


1–mashq. Gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yili-shini izohlang.
1. Shodmon aka kulib dedi: «Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz, og‘zingiz ochilib qoladi. (YO.SH) 2. «Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan kechmaganman, endi tashlab ketarmidim», - deb javob berdi Yo‘ldosh bobo. (Yo.Sh.) 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon otaning : «Qo‘rqma, chirog‘im, polvonning qo‘lidan mol bo‘tasi qochib qutulgan emas», - degan ovozi eshitildi. 4. «Rahmat, direktor buva», - deganicha bola yana chopib ketdi. (SH.) 5. Onam buvimga qarab dedi: «Qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin bolam». (O.) 6. «Kechikdingiz, do‘stim, - dedi Karim tantana bilan, - men qovun uchun er hozirladim». 7. «Ma, buni tik, - dedi u yaktagini echib, - ma». (A.Q.)
2-mashq. Ko‘chirma gap va avtor gapini aniqlab, tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
1. Barno uzr so‘raganday, ovozini pasaytirib dedi endi sizning gaplaringizga quloq solaman. (H.N.) 2. Ha dedi Nafisa qat’iy qilib aytmoqchi emas edim endi aytadigan bo‘ldim. (As.M.) 3. Bu haqiqat! dedi Orif aka. (As.M) 4. Azimjon, kun tig‘iga qolmay yo‘lga chiqib olaylik! dedi Ochil buva mashina tomon yurib. (As.M.)
5. Adabiyot gap boshladi,
YAngi fikr axtarib;
Men darslarning burrosiman
Der darrovdan maqtanib. (P.M.)
6. «Ona tili» turib dedi o‘z tilini bilmay turib, Bilish qiyin boshqani. (P.M.) 7. Bu o‘ljalar dedi Olimov bolalarini tinchitib maktab biologiya kabinetiga kerak. (H.N.) 8. Men ham, birodar, sendan qolishmaydigan bo‘laman derdi u Karpovichning suratiga qarab. (B.P.) 9. Endi dam olamiz dedi Bektemir Zinaning sovuq, oqargan yuzini silab. (O.) 10. Bunkerni qisqa bog‘lang deb buyurdi Komila. (As.M.)
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga o‘zingiz avtor gapini qo‘yib chiqing va tinish belgilarini belgilab, gaplarni ko‘chiring.
1. Sinfimiz o‘quvchilari sport musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladilar. 2. Bizga choy keltirib bersangiz... . (Y.Sh.) 3. Qirg‘ovul bilan bedana ... hech qachon tushgan joyida turmaydi. (Y.Sh.) 4. Sizlar bimetall plastinkani o‘qigansizlar, yodlaringizdami?... (Y.Sh.) 5. To‘g‘ri, bizning xo‘jalik bu yil planni ortig‘i bilan bajarishni mo‘ljallagan ... . G’o‘zamizning cho‘g‘i yaxshi. (Y.Sh.)

Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling