Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3


CHIZIQCHA BILAN YOZISH IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI


Download 298.95 Kb.
bet72/81
Sana09.03.2023
Hajmi298.95 Kb.
#1255933
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
Yozma nutq me’yorlari fani, uning

CHIZIQCHA BILAN YOZISH IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI
Savollarga javob bering.
1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida qo‘shma, juft, takroriy va qisqartma so‘zlar imlosi haqida ma’lumot beriladi?
2. Qaysi holatlarda qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi?
3. Qaysi holatlarda juft so‘zlar o‘rtasida chiziqcha qo‘yilmaydi?
4. Qo‘shma so‘zlar qaysi yozuv qoidasiga muvofiq yoziladi?
5. Takroriy so‘zlar ofografiyaning qaysi tamoyili asosida yoziladi?
6. Qisqartma so‘zlar ofografiyaning qaysi qoidasiga muvofiq asosida yoziladi?
7. Juft so‘zlarning yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?
8. Rus tilidan o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar qanday imlo qoidasiga muvofiq yoziladi?
9. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida juft so‘zlar imlosi qaysi jihatdan farqlanadi?
10. Lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida qo‘shma so‘zlar imlosi qaysi jihatdan farqlanadi?
BOSH HARFLAR IMLOSIGA OID MASHQLAR TAHLILI
Savollarga javob bering.
1. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida bosh va kichik harflar imlosi o‘rganiladi?
2. Qaysi holatlarda so‘zlar bosh harf bilan yoziladi?
3. Qaysi so‘zlarni bosh harf bilan ham, kichik harf bilan ham yozsa xato hisoblanmaydi?
4. Ko‘ngil, dengiz, singil, yorug‘, ona, yangi, meshchan so‘zlari qaysi qoida asosida bo‘g‘inga ko‘chiriladi?
5. Qanday so‘zlar bo‘g‘inga ko‘chirilmaydi?
6. Qanday so‘zlar ham bosh harf bilan, ham qo‘shtirnoq ichida yoziladi?
7. Ona-Vatan, Siz, О‘zbekiston Qahramoni, Janubiy Koreya so‘zlarining yozilish qoidasi qanday tamoyilga asoslanadi?
8. Kishilarning ism-familiyalari qanday qoidaga muvofiq yoziladi?
9. Qanday atoqli otlar grafik yozuv qoidasi asosida yoziladi?
10. Qanday holatda so‘zlar kichik harflar bilan yoziladi?
11. Qaysi so‘zlarning bo‘g‘inga ko‘chirilishi lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha imlo qoidalarida farqlanadi?



Download 298.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling