Mavzu: yozma nutq me’yorlari yozma nutqning nazariy masalalari reja: Yozma nutq me’yorlari fani, uning maqsad va vazifalari. Yozuv tarixi, turlari, 3
Download 298.95 Kb.
|
Yozma nutq me’yorlari fani, uning
2-mashq. Tinish belgilarni qo‘yib ko‘chiring.
1. Iroda insonning qudrati sevishi va sevilishi nafrati va quvonchi vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abdulllaxonov) 2. Unga Vatanining ishi tushibdimi demak u etuk fuqaro. (H.G’.) 3. Bu o‘simliklarga doir qalingina kitob edi. (O.) 4. Oqshomdagina ko‘chalarda bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. (O.) 5. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. (O.) 6. Olmalar anoru anjirlar shaftoli behilar giloslar g‘aynolilarnoklar kamolga etdi. (H.G’.) 7. Tashqari gullarga ko‘milgan sadarayhonlar qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Biz uchun suvi kul rang dengiz farzandlari uchun bu bir jonli afsona. 9. Mulla Abdulhay qulluq qiling etti uxlab tushingizga kirmagan baxt qushi boshingizga qo‘ndi. (H.G’.) 10. U bog‘da maysalar ustida dars tayyorlar edi. (SH.) 11. Baxtimizga shimoldan bir oz shamol esa boshladi. 12. Temurning ketidan mash’al olib kirdilar shu on uyning ichi yorishib ketdi. 13. A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi. (G’.G’.) 14. O’n gektar erning atrofi jamoat binolari idora bog‘cha maktab radiouzel va boshqalar bilan o‘rab olingan. (S.N.) 15. Xayr o‘g‘lim oq yo‘l bo‘lsin Xayr ko‘zim qorasi Bilkim jangda bilinadi Mard yigitning sarasi. (H.O.) 16. Qirg‘iz O’roz belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni kim biladi buni qachondan beri saqlab kelgan chiqarib sekingina tashladi. (O.) 17. Jismimiz yo‘qolur o‘chmas nomimiz. (H.O.) 18. Lekin shuni esda tutki shoshilish befoyda kechikish xavflidir. 3-mashq. Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini tushuntiring. 1. O’zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. (I.R.) 2. Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. (O.) 3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I.R.) 4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N.S.) 5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. (J.Jabborov) 7. Vatan tinch sen tinch. (Maqol) 8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish uning oddiy xislatlaridan. (U.) 9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. (H.N.) 10. Uning ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u insonlikdan chiqadi. 11. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. (O.) 12. SHuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. (YA.) 13. Sizdan o‘rtoq To‘raboev talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, do‘stim. Download 298.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling