Mavzu: Yurak- qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy reabilitatsiya


O‘pka emfizemasi (kengayishi) kasalligi


Download 63.5 Kb.
bet4/8
Sana15.02.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1199067
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Yurak- qon tomir va nafas tizimlari kasalliklarida tibbiy-hozir.org

O‘pka emfizemasi (kengayishi) kasalligi .
O‘pka emfizemasi -surunkali kasallik bo‘lib, o‘pka alveollarining kengayishi, alveollar devorlarining atrofiyasi va o‘pka to‘qimasining elastikligi (egiluvchanligi) pasayishi kuzatiladi.Bu kasallikda ko‘krak kafasi kengayadi, uning ekskursiyasi kamayadi, nafas chiqarish qiyinlashadi, nafas olish muskullarini xar doim zo‘r berib ishlashi, muskullarni tolikishini chaqiradi, yuzaki nafas olish o‘sib boradi va o‘pkaning xayotiy xajmi kamayadi, nafas olishning daqiqalik xajmi fakat nafas olish tezligi xisobiga taminlanadi.O‘pka emfizemasi bronxit, bronxial astma, pnevmoskleroz kasalliklaridai keyin paydo bo‘ladi.
O‘pka emfizemasida patologik jarayonning rivojlanishi 3 ta bosqichga bo‘linadi:
1.kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish) bosqichi;
2.nafas olishning yetishmasligini paydo bo‘lishi boskichi;
Z.yurak va nafas olish funksiyalarining yetishmasligi boskichi.
Birinchi boskichda - DJT ning vazifalari:
1) ko‘krak kafasining qo‘zgalishini oshirish;
2) nafas olish muskullarini mustaxkamlash;
3) diafragmal nafas olishga o‘rgatish;
4) yurakning muskullarini mustaxkamlash;
5) organizmni jismoniy xarakatlarga (nagruzkalarga) moslashtirish;
6) organizmni umumiy chiniqtirish va sog‘aytirish.
Shifobaxsh jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllari qo‘llaniladi: shifobaxsh gimnastikasi muolajasi, dozali eshkak eshish, suzish, changi­da yurish.Kasallikning ikkinchi boskichida o‘pka emfizemasining yaqkol ko‘rinishlari va nafas olishning yetishmasligi kuzatiladi.


Bronxial astma . Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilish) tutishi (pristupi) bilan xarakterlanib (ta'riflanib), bronxlar va kichik bronxlarni ichining torayishi va ularda ekssudatning paydo bo‘lishidan kelib chikishidir.

Shifobaxsh jismoniy tarbiyasini qo‘llashga qarshi dalillar:
nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi,
tana xaroratining ko‘tarilishi (37°).


Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling