Mavzu: Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika. So’rab surishtirish: asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish


Download 14.41 Kb.
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1446305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish us-azkurs.org

Puls

Puls (lotin. pulsus—turtki) — tomir urishi. Yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarining ritmik tebranishi kengayib-torayishi. Arterial venoz va kapillar puls tafavut etiladi. Odatda, bilak arteriyasi sohasida paypaslab bilinadigan arterial puls eng katta amaliy ahamiyatga ega. Buning uchun tekshiruvchining bilagini, bilak- kaft usti bo‘g‘ini sohasini qo‘l bilan shunday ushlash kerakki, bosh barmoq bilakning ichki tomonida, boshqa barmoqlar esa uning yuzasidagi pulslanuvchi bilak arteriyasining paypaslantiruvchi terisini bosadigan bo‘lsin

Puls

Sog‘lom kishilarda pulsning tezligi yurak qisqarishi tezligiga mos bo‘lib, bir minutda 60—80 marta tomir urishiga teng. Yurakning bir minutda 90 martadan ortiq qisqarishi — taxikardiya, 60 martadan kam qisqarishi — bradikardiya deb ataladi. Yurakning ba’zi kasalliklarida puls yurak qisqarishi tezligidan kam bo‘lishi mumkin, bu puls defitsitidir. Bolalarda kattalarga nisbatan puls ortiqroq, qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan birmuncha ortiqroq bo‘ladi. Tunda puls kunduzgiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Jismoniy mehnat qilganda, nerv-emotsional reaksiyalarda puls ortadi.

Taxikardiya

Taxikardiya qon aylanish apparatining organizmni kislorodga ehtiyoji ortishiga nisbatan bo‘lgan moslanuv reaksiyasi bo‘lib, organ va to‘qimalarning qon bilan yuqori darajada ta’minlanishiga imkon beradi. Ammo chiniqtirilgan yurakning (masalan, sportchilarda) kompensator reaksiyasi taxikardiyaning ko‘tarilishi bilan emas, balki yurak qisqarishining kuchayishi bilan ifodalanadi. Bu organizm uchun ancha qulayroqdir. Yurakning ko‘pgina kasalliklari tana harorati ortishi, ba’zan zaharlanishlar taxikardiyani kuchaytiradi.

Bradikardiya

Bradikardiya yurakning ba’zi kasalliklarida, zaharlanishlarda, shuningdek, bir qator dorilar ta’sirida kuzatiladi. Sog‘lom odamda puls ritmik (bir tekis), ya’ni puls to‘lqinlari ma’lum vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladi. Yurak ritmining buzilishi aritmiya deb ataladi, bunda puls to‘lqinlari bir xil vaqt oralig‘ida notekis bo‘ladi. Pulsning tarangligi arterial qon bosimiga bog‘liq gipertoniyada g‘oyatda kuchayadi, gipotoniya va yurak kasalliklarida bo‘shashadi. Pulsning to‘liq yoki to‘liq emasligi yurak qisqarishi kuchiga bog‘liq. Pulsning boshqa o‘ziga xos ko‘pgina xususiyatlarini bilish bemorning ahvoli haqida to‘liq ma’lumot beradi.


Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling