Mavzu: Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika. So’rab surishtirish: asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish


Download 14.41 Kb.
bet3/6
Sana08.05.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1446305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish us-azkurs.org

Nafas qisishi. Kasal yurak har bir qisqarganida tomirlar sistemasiga normal yurakka qaraganda kamroq qon chiqaradi, shuning uchun yurak organ va to‘qimalarni yetarli miqdorda qon bilan ta’minlash uchun tezroq qisqara boshlaydi.Yurak yetishmovchiligida nafas tezlashadi va bemor nafas qisishini sezadi. Avvaliga nafas faqat jismoniy ishdan so‘ng qisadi, yurak yetishmovchiligi kuchayib borishi bilan u tinch holatda ham paydo bo‘ladi. Qoni o‘pkasida turib qolgan yurak yetishmovchiligi bilan og‘riyotgan bemorlarning nafasi kuchli qisadi.

Nafas qisishi

Nafas qisishi vaqtida bemorlarga havo yetishmaydi va nafas olishi qiyinlashadi. Yurak yetishmovchiligi sababli yuz bergan ro‘y-rost nafas qisishida bemorning qaddini baland qilib yotqizish uning ahvolini yengillashtiradi, holbuki, odam gorizontal vaziyatda yotganida aylanib yurgan qon miqdori ko‘payib, nafas muskulaturasi va yurakning ishi qiyinlashadi.

Shishlar

Shishlar yurak yetishmovchiligining asosiy alomatlaridan hisoblanadi. Vena va kapillarlarda bosimning ko‘tarilishi, ularda qon oqimining sekinlashishi va kapillarlar o‘tkazuvchanligining oshishi, suyuqlikning zo‘r berib qondan to‘qimalarga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Buyraklarda natriy va suv tutilib qolishi, shuningdek, buyraklar va jigar funksiyasining buzilishi oqibatida qonda oqsil miqdorining kamayishi shishlar paydo bo‘lishiga imkon beradi.

Yurak yetishmovchiligining boshlanishida shishlar yashirin holda yig‘ilishi mumkin. Chunonchi, organizmda yig‘ilib qolgan suyuq- likni ko‘zdan kechirish vaqtida payqamay qolinadi. Bu davrda og‘riqning ortishi, diurezning (siydik hosil bo‘lishi va ajralishi) kama­yishi, tungi diurezning kunduzgidan ustunlik qilishi (nikturiya), teri orasiga yuborilgan 0,1 ml miqdordagi fiziologik eritmaning so‘rilish tezligining oshishi (Mak-Klyur-Oldrich sinamasi) bo‘yicha shishlarning yig‘ilishi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Shishlar

Keyinchalik oyoqlarda shishlar kechga tomon paydo bo‘ladi. Ertalabga yaqin esa yo‘qoladi. Borib-borib tungi dam olish kifoya qilmay qoladi. Shishlar boldir, son, dumba, qorin, ko‘krakning teriosti yog‘ kletchatkasida yig‘ila borib, tananing pastida joylashgan qismlariga osonlikcha suriladi va bemor o‘tirsa, oyoqlari shishib qoladi, chalqancha yotsa, shishlar dumg‘aza, dumba va sonlarning pastki yuzasiga to‘planadi, asosan, bir yonboshni bosib yotilganda, shishlar ham shunga yarasha o‘sha tomonda yig‘iladi.


Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling