Mavzu: Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish usullari. Semiotika. So’rab surishtirish: asosiy shikoyatlari. Patogenezi. Ko’zdan kechirish


Download 14.41 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1446305
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Yurak qon – tomir kasalliklarida bemorlarni tekshirish us-azkurs.org

Shishlar

Yurak yetishmovchiligida shishlar, odatda, yumshoq bo‘ladi — barmoq bilan bosilganda chuqurcha qoladi. Uzoq vaqtdan buyon mavjud shishlar qattiqroq bo‘ladi. Shishgan teri qon bilan yetarlicha ta’minlanmaydi, uning harorati past bo‘ladi, teri silliq, yaltiroq infeksiyaga qarshilik qobiliyati pasaygan bo‘ladi. Teriosti yog‘ kletchatkasidan tashqari, shish ichki organlarda — jigar, o‘pka, me’da va boshqa organlarda rivojlanib, ularning funksiyasi buziladi. Shish suyuqligi qorin bo‘shlig‘ida — assit, ko‘krak bo‘shlig‘ida — gidrotoraks, yurak xaltasi bo‘shlig‘ida — gidroperikard nomini olgan holda vujudga keladi.

Yo‘tal va qon tuflash

Yo‘tal va qon tuflash o‘pka infarkti yoki pnevmoniya ko‘rinishida asorat boshlanganligini ko‘rsatadi. Dimlanishga aloqador bronxitda yo‘tal avval quruq bo‘ladi, keyinchalik yo‘tal vaqtida seroz balg‘am tushadi, borib-borib ko‘pikli bo‘lib qoladi, unda ipir-ipir qon paydo bo‘ladi. Balg‘amda qon har xil miqdorda uchraydi — mikroskopda tekshirilganda topiladigan alohida «Yurak poroklari hujayralari»dan tortib, o‘pkadan bir talay qon ketishi mumkin.

Bemorni ko‘zdan kechirish

Bemorni ko‘zdan kechirish. Bemorning es-hushi, vaziyatiga ahamiyat berish kerak. Yurak kasalligi munosabati bilan hansirash boshlanganida bemor o‘tirib yoki o‘rinda suyanib oladi. Bemorlarni tekshirish, asosan, ularning ahvoli, teri shilliq qavatlarining rangi, shishlar bor-yo‘qligi va pereferik qon tomirlarini ko‘zdan kechi- rishdan iboratdir. Bemorlarda ko‘pincha lab, lunj, burun, quloq supralarining ko‘karib qolgani — sianozi, qo‘l-oyoq barmoq- larining ko‘kargani — akrosianoz qayd qilinadiki, bu gemoglo­binning yetarlicha oksidlanmayotganini yoki qon oqimi susayib, to‘qimalarning kislorodni ortiqcha yutayotganini ko‘rsatadi.

Yurak sohasi

Yurak sohasini ko‘zdan kechirish yurak uchi zarbini aniqlashdan boshlanadi. Yurak uchining zarbi me’yorda ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin, lekin ko‘krak qafasi astenik shaklda bo‘lgan ozg‘in odamlarda bu zarb, odatda, beshinchi qovurg‘a orasidagi ritmik pulsatsiya ko‘rinishida sezilib turadi. Chap qorincha muskullari gipertrofiyalanganda bu qisqarishlar ancha sezilarli bo‘ladi va kattaroq maydonni egallaydi.


Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling