Mavzu: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni
Download 190 Kb.
|
QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchi : Qarshi shahar XTBMTTEBning
- Rivojlantiruvchi
- Vosita
- Yangi mavzuni mustahkamlash
XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH QARSHI SHAHAR BO’LIMI 12-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOT O’QITUVCHISI IBOTOVA NARGIZANING 8-SINFLAR UCHUN Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”dostoni mavsusidagi DARS ISHLANMASI Qarshi- 2015 Kirish Ta’lim sifatini yuksaltirishtirishda o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni muntazam to’ldirib borish,o’qituvchi-pedagoglarni kasbiy mahorati va faoliyatiga ijodiy yondashuvni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bilimlar bellashuvida, olib borilgan monitoring natijalari tahlili asosida bo’shliqlar aniqlanganda Yusuf Xos Hojibning“Qutadg’u bilig”dostoni bo’yicha o’quvchilar bilimida bo’shliqlar aniqlandi. Ma’lumki,“Qutadg’u bilig” XI asrdagi Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistondagi turkiy xalqlar va qabilalar tilining yodgorligidir.U turkiy tildagi yozma adabiyot hali u qadar boy tajribaga ega bo’lmagan bir davrda vujudga kelgan.Shoir fors-tojik tilida ijod etish an’anasi izidan bormaydi,balki katta jur’at bilan o’z ona tilida yirik badiiy asar yaratishga kirishdi va uni muvaffaqiyat bilan tugatdi.U xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotning tajriba va an’analaridan foydalandi,xalq og’zaki ijodining maqol va hikmatli so’z kabi injulari bilan o’z asarini boyitdi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”asari bilan o’zbek,uyg’ur va boshqa turkiy xalqlarning mumtoz adabiyotda aruz vazni chuqur ildiz ota boshladi va yozma poezaning yetakchi vazni bo’lib qoldi. Yusuf Xos Hojibning o’zi to’g’risida hozircha “Qutadg’u bilig”dan boshqa biror tarixiy manbada ma’lumot yo’q. “Qutadg’u biligda tilga olingam mavzularning qamrovi juda keng.Ammo unda bitta bosh nuqta borki,u butun asarda asosiy ip bo’lib o’tgan. Bu inson ma” naviyati masalasidir. Darslikda berilgan 31-bobning tub mohiyatidagi masala-bugun uchun ham juda dolzarb. Hozirda zamonda boshqaruv ilmi, rahbarga qo’yiladigan talablar mukammal bir ilm darajasiga ko’tarilgan. Bu masalalar o’zbek adabiyotida bundan X asrlar ilgari shu darajada tahlil etilgaining o’zi ham jahon tamadduniga xalqimiz nechog’li buyuk hissa qo’shganini yana bir bor isbotlab turibdi. O’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni mavzusi bo’yicha bo’shliqlar ustida ishlash yuzasidan maqsadli va yo’naltirilgan dars ishlanmasi sifatida tavsiya etiladi. Taqrizchi: Qarshi shahar XTBMTTEBning metodisti H.Amirqulova Darsning texnologik xaritasi
Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling