Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring


Download 73.69 Kb.
Sana11.05.2020
Hajmi73.69 Kb.
#105139
Bog'liq
7 mavzu javoblari


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.

Nutq uslublari

Terminlar

Yozma nutq

Dialek tizmlar

Badiiy vositalar

Badiiy

uslub

Ma’lum bir voqealikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy nutq uslubi sanaladi.

Bu uslubga adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga o’zbek shevalariga, kasb-hunarga oid leksik birliklar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi ham ishlatilaveradi.

Badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish)dan tashqari ta’sir qilish (ekspressiv) vazifani ham bajaradi.

Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifodalarga boylik xosdir. Badiiy uslub inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.

Ilmiy

uslub

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi ulsub ilmiy uslub sanaladi.

Ilmiy uslub o’quv kitoblarida, olimlarning ilmiy xulosalariga asoslangan kitoblarida, aniq ma’lumotlar beruvchi va faqat faktlar bilan shug’ullanuvchi gazeta va jurnallarda ishlatilinadi.

Ilmiy uslub olimlar yig’ilishida yoki majlislarida, ilmiy majlislardagi ilmiy ma’ruzalarda ishlatiladi. Ilmiy uslub turlari: sof ilmiy uslub va ilmiy-ommabop uslub.

Ilmiy uslub obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning holis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tuchunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko’radi. Kitobxonni his-tuyg’ulariga emas, ongiga ta’sir etadi.

So‘zlashuv uslubi

Kundalik hayotda, oilada, ko’cha-ko’yda, ish joylarida kishilarning fikr almashishlari jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi.

So’zlashuv uslubi kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o’qitish ishlari, tarbiya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi. Baddiy asarlardagi personajlar nutqi shu uslubdadir.

Soz’lashuv uslubining oddiy so’zlashuv uslubi turi adabiy til me’yorlariga amal qilavermaydigan erkin muloqot shaklidir. Buda ba’zan shevaga xos so’zlar, qo’pol, dag’al so’zlar ham kuzatiladi.

So’zlashuv uslubi ko’pincha kinoya, piching va qochirmalarga boy bo’ladi. Obrazli emotsional vositalar ko’proq qo’llaniladi.

Rasmiy

uslub

Adabiy tilning yozma shakliga xos bo’lgan muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllariga ega nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.

Qonun, farmon, nizom, buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tafsifnoma, tavsiyanoma, tarjimai hol, ishonchnoma, dalolatnoma, nota, bayonotnoma, bitim, konvensiyalar shu uslubda yoziladi.

Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro’yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlikdan xoli bo’ladi. Bu uslubda tilning ikki vazifasi: axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.

Bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bit sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi.

Publitsistik uslub

Ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, radio, televideniya) uslubi, Oliy Majlis yig’inlarida, turli xil anjumanlarda qo’llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslubdir.

Publitsistik nutq uslubining yozma shakli ijtimoiy – siyosiy masalalarga bag’ishlangan boshqa maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojatnomalar, chaqiriqlar, dekloratsiyalarni o’z ichiga oladi.

Publitsistik uslubning og’zaki shakli radio – televideniyada chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlarini o’z ichiga oladi.

Publitsistik nutqda ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan foydalaniladi.

1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.



Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligi:

Ushbu matn ilmiy uslubning sof ilmiy uslub turiga mansub.

O’ziga xos uslubiy vositalari:

Atomlar, kimyoviy, zarra, modda, vodorod, kislorod, grafit, oltingugurt, metallar, temir, mis, magniy, karbonat angidrid, mis (II) oksidi.

2- mashq. Matnni o‘qing, uni uslubiy jihatdan tahlil qiling. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.



Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligi:

Ushbu matn publitsistik uslubning yozma shakliga mansub.

O’ziga xos xususiyatlari:

Kashf etilgunga qadar, har qanday, qabul qilish, vujudga kelish, vosita

3- mashq. Quyidagi so’zlarasosida ilmiy matn tayyorlang. Tayyor maningizda qo’llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling.

Til, nutq, madaniyat, kishilar ongi, tafakkur, tushuncha, borliq, ijtimoiy,hodisa, tabiiy, jarayon, soflik, aniqlik to’rilik, maqsadli, bilish, o’rganish, odob, aql, mantiqiylik, izlanish, o’qish, og’zaki, yozma, shakl, iborat.

Til kishilar ongida o’ylagan so’zlarini ommaga taqdim etuvchi axborot vositasidir. Til doimo mavjud bo’lsa, nutq esa suhbat jarayonida vujudga keladi. Nutq-ijtimoiy hodisa, til esa tabiiy jarayondir. Nutq ijtimoiy xarakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Nutq og’zaki va yozma shakllardan iborat.

2- topshiriq. Klaster usuli orqali ilmiy uslub janrlarini ko’rsating.


Hisobot

Ilmiy uslub



Monografiya



Insholar

Disertatsiya



Maqolalar

3- topshiriq. Termin so’ziga sinkveyn tuzing.

1.Bir so’z: Termin

2.Ikkita sifat: Ilmiy, maxsus

3. Uchta fe’l: Bildiradi, nomlaydi, aniqlaydi

4. To’rt so’zdan iborat gap: Hayotning turli sohalaridagi tushuncha

5. Birinchi so’zga sinonim: Atama

Уй вазифаси.



4- mashq. Quyidagi matnni o’qing. Uni ma’no jihatdan qismlarga ajrating va reja tuzing.

Matndagi tayanch so’z, ibora va terminlarni yozib chiqing.

Tayanch so’zlar:ekologiya, texnika taraqqiyoti, tabiat, ... .

Ekologik muammolar

Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan -texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.

1. Umumbashariy (global)

2. Mintaqaviy (regional)

3. Mahalliy (lokal)

Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:

Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.

Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.

Qurg‘oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi yetmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 % ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30 % ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.

Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.

Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Matn yuzasidan savollar:

1.Matn mazmuni haqida qanday fikrdasiz?

- Matn mavzuni to’la yoritib bera olingan. Muammolar to’g’risida tavsiyalar berilgan. Matnda umumbashariy (global), mintaqaviy (regional), mahalliy (lokal) guruhlarni tanishtirib o’tilgan (urush va tinchlik muammosi).

2.Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?

- 1) Ekologik harakat hamda uning qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhi.

2) Ekologik partiya.

3) Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS).

4) BMT ning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari.

5) YUNESKO – madaniyat, fan va maorif masalalari bo’yicha xalqaro tashkilot.

3. O’zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?

- Ekologik harakat hamda uning qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhi va ekologik partiyalar kuzatiladi.

4. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.

- Toza havo – dardga davo.

Toqqa yog’sa, cho’l obod, Cho’lga yog’sa, el obod.

Tog’ havosi – dard davosi.

4-topshiriq. “Qanday?” sxemasini to‘ldiring

Davrimizning qanday global muammolari bor ? Ularni qanday bartaraf qilish mumkin?



Davrimizning qanday global muammolari bor?

Qanday? Yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi qirg’in urushlarning oldini olish



Qanday? Atrof-muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo)



Qanday? Azon qatlamining siyraklashishi (ekologik muammo)



Qanday? Aholi sonining ortib borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi mutanosibligiga erishish (demografik)

Vizual axborotlar.

Biz qanday ko'ramiz: vizual munosabatlar. Har safar biz ma’lumotlarni ko'rish orqali qabul qilganimizda, o'zimiz ko'rayotgan narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlashga harakat qilamiz. Buning yordamida obyektlarni obrazlar orqali ajratish mumkin, balki ularning ahamiyatini ham tushunish mumkin. Masalan, ranglardagi farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, masshtablardagi farq shuni anglatadi-ki, bir obyekt boshqasiga nisbatan bizdan uzoqroqda joylashgan va h.k. Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz tahlil qilgandan keyin, obrazning barcha qismlarini yaxlitlaymiz hamda nimani ko'rayotganimizni tushunamiz.

Bu jarayon bizning obyektlarni ko'rish yordamida guruhlash qobiliyatimiz yordamida yanada tezlashadi. Biz o'simlik bargini kuzatayotganimizda, atrofdagi obyektlarni, (xuddi shunday rang, shakl, o'lcham va holatda) birgalikda guruhlanadi, bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha o'simliklarni bir-biri bilan taqqoslaymiz.

Qabul qilishning bu prinsiplari biz axborotni qanday guruhlashni tushunishimiz uchun kalit vazifasini o'taydi. Masalan, yonma-yon joylashgan obyektlar sifatida, biz ularni yaqinlik belgisi yordamida guruhlaymiz, xuddi shunday bir xil obyektlarni o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz.

Yaqinlik, o'xshashlik, oradagi masofa, tugallanganlik.Ammo, vizual axborotning psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas. Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur:

- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin?

- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi?

Variantlar ko ‘p bo‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh kategoriyasi mavjud:

Bu kategoriyalardan biri bo'yicha obyektning o'zgarishi vizual kontrast yaratadi. Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida o'zaro bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.

Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, syujetga o'z qo'shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko'rayotgan shaxsga yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to'g'risida axborot beradi.

Sirkning vizual jihatdan dominant bo'lgan reklama plakatidagi eng qiyin element - bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni - shaharga sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo'lgan yangiroq elementlar - biletning narxi va namoyish ishtirokchilarning ro'yxati. Agar iyerarxiya boshqacharoq bo'lsa, ko'pchilik shaharga sirk kelganini tushunmagan bo'lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat axborotni qabul qilish tartibini belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham yordam beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg'usi paydo bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz ^^ sahifaning har bir elementi foydalanuvchining diqqatini tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo'qoladi.U yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani aytishni xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi.

Sahifaning u yoki bu elementi yukini kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani ko'rayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo'lni belgilaymiz. Elementning vizual og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi bilan o'lchanadi.



Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan ko'proq kontrast paydo qiladi (och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki u birinchi bo'lib qarayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan ko 'ra ko 'proq diqqatni ushlab tura olmaydi.
Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling