Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring. Nutq uslublari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#107286
Bog'liq
7 mavzu topshiriq


                     Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 

1- topshiriq. Konseptual  jadvalni  to‘ldiring. 

Nutq 

uslublari 

 Terminlar 

   Yozma nutq 

Dialek 

tizmlar 

Badiiy 

vositalar 

Badiiy  

uslub 

Xushxabar 

Yaxshi xabar 

Yaxshi gap 

Xush gap 

Ilmiy  

uslub 

Maqola 


Maqola 

Matn 


Ilmiy-ish 

So‘zlashuv 

uslubi 

Dialog 


Ikki insonning 

so’zlashuvi 

Aytishuv 

So’zlashuv 



Rasmiy  

uslub 

Ariza 


Muassasa 

boshlig’iga 

yozma bayonoti 

Ishchi 


hodim 

taqdimoti 

Ishchi xodim 

yozma 


murojati 

Publitsistik 

uslub 

Ommabop 


Barcha uchun 

Hamma 


uchun 

Ommada 


ishlatish uchun 

 

1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va 

o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. 

Atomlar  kimyoviy  bo‘linmaydigan  zarralardir.  Bir  xil  turdagi  atomlardan 

tashkil topgan moddalar oddiy  moddalar  deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan 

tashqari  grafit,  oltingugurt  hamda  barcha  turdagi  metallar:  temir,  mis,  magniy  va 

boshqalar  kiradi.  Har  xil  turdagi  atomlardan  tashkil  topgan  moddalar  murakkab 

moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir. 

Javob: Ilmiy uslubga xos  

Ilmiy uslubning o’ziga xos vositalaridan biri bo’yoqdorlikdan holi bo’lgan 

vositalardir. Masalan bu matnda atom, modda, vodorod, kislorod, grafit, 

oltingugurt, temir, mis, magniy va shu kabi so’zlar ilmiy uslubga xos vositalardir. 



2-  mashq.  Matnni  o‘qing,  uni  uslubiy  jihatdan  tahlil    qiling.    Gaplarni 

qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. 

Ultra  tovushlar  kashf  etilgunga  qadar  har  qanday  tovushni  qabul  qilish 

vositasi  insonning  eshitish  a’zosi  bo‘lgan  quloq  deb  hisoblangan.  Tovush 

to‘lqinlarining  vujudga  kelishi  va  tarqalishi  bilan  bog‘liq  hodisalar  akustik 

hodisalar  deb  yuritiladi.  Hozirgi  paytda  tovushning  havodagi  tezligi  normal 

sharoitda  33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 

6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan. 

Bu matn ham ilmiy nutq uslubiga mansub. Matndagi ultra tovushlar, akustik 

hodisalar, 33 m / sekund, 1500 m / sekund, 6000 m / seekund, o’lchov asboblari va 

shu kabi so’zlar ilmiy nutq uslubining vositalaridir. 

3-  mashq.  Quyidagi  so’zlarasosida  ilmiy  matn  tayyorlang.  Tayyor 

maningizda qo’llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling. 

Til,  nutq,  madaniyat,  kishilar  ongi,  tafakkur,  tushuncha,  borliq, 

ijtimoiy,hodisa,  tabiiy,  jarayon,  soflik,  aniqlik,  tog’rilik,  maqsadli,  bilish, 

o’rganish, odob, aql, mantiqiylik, izlanish, o’qish, og’zaki, yozma, shakl, iborat. 

Til

 – fikrni bayon etish va o’zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi. 



U o’z vazifasini 

og’zaki


 va 

yozma


 

shakl


da bajaradi. 

Til 


ikki ko’rinishda namoyon 

bo’ladi: adabiy 

nutq

  va  sheva  nutqi.  Faqat  adabiy 



nutq

 

yozma  shakl



ga  ega. 

Til


ni 

bilish  so’z  boyligiga  ega  bo’lish,  so’zning  ma’no  nozikliklarini  anglash,  ulardan 

to’g’ri, o’rinli va 

odob


 bilan foydalanishdir. 

Til


  jamiyatga  xizmat  qiladi.  Kishilarning 

ongi 


va 

tafakkuri

  ularning 

nutq 


madaniyati

,  so’zlarning 

sofligi



aniqligi



  va 

to’g’riligi

  bilan  belgilanadi. 

Til 


borliq

dagi  barcha 

tabiiy

 

jarayon



larni  qamrab  oladi.  Tilsiz  jamiyat,  jamiyatsiz 

til 


bo’lmaydi. Shuning uchun ham 

til


 

ijtimoiy


 

hodisa


 hisoblanadi. 

2- topshiriq. Klaster usuli orqali ilmiy uslub janrlarini ko’rsating. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

Hisobot 


 

Ilmiy uslub 

Monografiya 

 

Insholar 



 

Maqola 


 

Disertatsiya 

 


3- topshiriq. Termin so’ziga  sinkveyn  tuzing. 

1.Bir so’z   -  

atama 

2.Ikkita sifat  - 

aniq , konkret

 

3. uchta fe’l – 

o’zlik, majhullik, birgalik 

4. To’rt so’zdan iborat gap – 

Termin kasbiy ma’no bildiradi

 

5. Birinchi so’zga sinonim  - 

istiloh 

 

Уй вазифаси. 



4-  mashq.  Quyidagi  matnni  o’qing.  Uni  ma’no  jihatdan  qismlarga 

ajrating va reja tuzing. 

Matndagi tayanch so’z, ibora va terminlarniyozib chiqing. 

Tayanch so’zlar: ekologiya, texnika taraqqiyoti, tabiat, sanoat, biosfera, 

antropogen, ultrabinafsha nurlar, ozon, teri raki, gidrosfera, qutb, bakteriya, 

tropik, subtropik, quyosh, yer . 

 

                                             Reja: 

Kirish: 

1.  Ekologik muammolarning kelib chiqishi. 

       Asosiy qism: 

1.  Umumbashariy muammo bo’lgan Ozon qatlami. 

2.  Dunyoda chuchuk suv muammosi. 

3.  Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi 

muammosi. 

Xulosa:

  

1.  Insonni tashvishga solayotgan o’rmon muammosi. 



                                

Ekologik muammolar

 

Aholi  sonining  yildan  yilga  oshib  borishi  sanoat  va  transportning 

rivojlanishi,  fan  -texnikaning  taraqqiy  etishi,  insonning  biosferaga  ko‘rsatayotgan 

ta’sir  doirasini  kengaytirib  bormoqda.  Bu  esa  o‘z  navbatida  u  yoki  bu  ekologik 

muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 


Ekologik  muammo  deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan 

bog‘liq  holda  tabiatning  insonga  aks  ta’siri,  ya’ni  uning  iqtisodiyotiga,  hayotida 

xo‘jalik  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  jarayonlar,  tabiiy  hodisalar  bilan  bog‘liq 

(stixiyali  talofatlar,  iqlimning  o‘zgarishi,  hayvonlarning  yalpi  ko‘chib  ketishi  va 

boshqalar)  har  qanday  hodisa  tushuniladi.  Ekologik  muammolar  3  guruhga 

bo‘linadi. 

1. Umumbashariy (global) 

2. Mintaqaviy (regional) 

3. Mahalliy (lokal) 

Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen 

hodisalar  umumbashariy  muammolar  deb  qaraladi.  Ana  shunday  umumbashariy 

muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin: 

Ozon  qatlamining  siyraklanishi.  Ozon  qatlami  atmosferaning  muhim 

tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni 

nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va 

boshqa  gazlar  ishtirokida  hosil  bo‘ladi.  Ozon  kuchli  ultrabinafsha  nurlarni  yutib 

olib,  yer  yuzidagi  tirik  organizmlarni  himoya  qiladi.  Ultrabinafsha  nurlarning 

ortishi  tirik  organizmlarga  salbiy  ta’sir  etadi.  Ultrabinafsha  nurlar  ta’sirida 

nurlanish  odamlarda terining kuyishiga olib  keladi.  Bugungi kunda  teri  raki bilan 

kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan. 

Chuchuk  suv  muammosi.  Chuchuk  suvning  biosferadagi  roli  juda  katta. 

Gidrosferada  chuchuk  suv  miqdori  juda  oz  bo‘lib,  u  2,8  %  ni  tashkil  etadi. 

Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir. 

Jamiyatning  rivojlanishi  bilan  aholining  chuchuk  suvga  bo‘lgan  talabi  ortib 

bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 

–  3,5  km3  suv  sarflanmoqda.  XXI  asrga  borib  ushbu  ko‘rsatkich  1,5  –  2  marta 



ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming 

km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq. 

Qurg‘oqchil  mintaqalarda  daryolardan  to‘liq  foydalanilganda  ularning  suvi 

yetmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, 

Meksika  davlatlari,  Nil,  Sirdaryo,  Amudaryo  va  ba’zi  bir  boshqa  daryolarda 

kuzatila  boshlandi.  Daryolarning  sanoat  va  maishiy  zaharli  moddalar  bilan 

ifloslanishi  o‘sib  bormoqda.  Sanoat  yiliga  160  km3  sanoat  oqova  suvlarini 

daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 % 

ni,  ba’zi  rivojlangan  mamlakatlarda  30  %  ni  tashkil  etadi.  Daryo  toza  suvlarida 

yildan  yilga  har  xil  erigan  moddalar,  zaharli  kimyoviy  moddalar  va 

bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. 

Tirik  tabiatdagi  o‘simlik  va  hayvon  turlari  sonining  qisqarishi  muammosi. 

Yer  yuzidagi  hayotni  ta’minlashda  o‘simliklar  dunyosi,  ayniqsa,  o‘rmonlarning 

ahamiyati  beqiyosdir.  Hozirgi  vaqtda  yer  yuzi  quruqligining  25  %  ni  o‘rmonlar 

tashkil  etadi.  Ular  shimoliy  yarim  sharda  va  tropik  mintaqalarda  tarqalgan.  Biroq 

hozirgi  kunda  o‘rmonlarning  holatini  yaxshi  deb  bo‘lmaydi.  Chunki,  har  yili  3 

mlrd.  m3  hajmda  o‘rmonlar  qirqilmoqda.  FAO  ma’lumotlariga  ko‘ra  bu 

ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin. 

Insoniyatni,  ayniqsa,  tropik  va  subtropik  o‘rmonlar  muammosi  tashvishga 

solmoqda.  U  yerlarda  yiliga  dunyo  miqyosidagi  qirqilishi  kerak  bo‘lgan 

o‘rmonlarning  yarmidan  ko‘pi  kesib  tashlanmoqda.  160  mln.  gektar  tropik 

o‘rmonlar  vayron  bo‘lgan,  atiga  yiliga  11  mln.  gektar  maydon  tiklanmoqda. 

Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi. 

Matn yuzasidan savollar: 

1. Matn mazmuni haqida qanday fikrdasiz? 

Javob:  


          

Matn mavzuni to’la yoritib bera olgan. Muammolar to’g’risida tavsiyalar 

berilgan. Matnda umumbashariy (glovbal), mintaqaviy (regional), mahalliy (lokal) 

guruhlarni tanishtirib o’tilgan (urush va tinchlik muammosi). 

 

2.Ekologik  muammolarning qanday guruhlarini  bilasiz? 

Javob:  

1)  Ekologik harakat hamda uning qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhi. 

2)  Ekologik partiya. 

3)  Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS). 

4)  BMT ning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari. 

5)  YUNESKO  –  madaniyat,  fan  va  maorif  masalalari  bo’yicha  xalqaro 

tashkilot. 



              

 

3. O’zbekiston hududida ularning  qaysi turlari kuzatiladi? 

Javob: 

         

Ekologik harakat hamda uning qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhi va 

ekologik partiyalar kuzatiladi. 

 

4. Tabiat  haqida  xalq maqollaridan  namunalar yozing. 

                                       Yoz yomg’iri yondan o’tar 

                                         Qish yomg’iri – jondan. 

 

                                       Yomg’ir – ekinning joni 

    

                                     Laylak kelmay, yoz bo’lmas, 

                                  Qirg’iyak chopmay kuz bo’lmas. 

 

 

4-topshiriq. “Qanday?”  sxemasini   to‘ldiring  

Davrimizning    qanday    global    muammolari  bor  ?  Ularni  qanday  bartaraf 

qilish mumkin? 

 

Qanday?  Yer  yuzida  tinchlikni  taminlash  va  yalpi 



qirg’in  urushlarining  oldini  olish  (urush  va  tinchlik 

muammosi) 

 


 

 

 



 

 

 



                           

 

 

 

 

 

           

Vizual axborotlar. 

Biz  qanday  ko'ramiz:  vizual  munosabatlar.  Har  safar  biz  ma’lumotlarni 

ko'rish  orqali  qabul  qilganimizda,  o'zimiz  ko'rayotgan  narsalarning  o'xshash  va 

farqli  tomonlarini  aniqlashga  harakat  qilamiz.  Buning  yordamida  obyektlarni 

obrazlar  orqali  ajratish  mumkin,  balki  ularning  ahamiyatini  ham  tushunish 

mumkin. Masalan, ranglardagi farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, 

masshtablardagi  farq  shuni  anglatadi-ki,  bir  obyekt  boshqasiga  nisbatan  bizdan 

uzoqroqda joylashgan va h.k. Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz 

tahlil  qilgandan  keyin,  obrazning  barcha  qismlarini  yaxlitlaymiz  hamda  nimani 

ko'rayotganimizni tushunamiz.  

Bu  jarayon  bizning  obyektlarni  ko'rish  yordamida  guruhlash  qobiliyatimiz 

yordamida  yanada  tezlashadi.  Biz  o'simlik  bargini  kuzatayotganimizda,  atrofdagi 

obyektlarni,  (xuddi  shunday  rang,  shakl,  o'lcham  va  holatda)  birgalikda 

guruhlanadi, bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha 

o'simliklarni bir-biri bilan taqqoslaymiz. 

Davrimiz-

ning qanday 

global 


muammolari 

bor?


 

Qanday?  Atrof-muhitni  samarali  muhofaza  qilish 

(ekologik muammo). 

 

Qanday? Aholi sonining ortib borishi bilan ishlab 



chiqarish rivojlanishi    mutanosibligiga erishish 

(demografik muammo). 

Qanday?  Yer  yuzi  aholisini  zarur  oziq-ovqat  va 

energiya mabaalari bilan ishonchli ta’minlash. 

 

Qanday?  Havfli  kasalliklarni  tugatish,  inson 



ma’naviy-axloqiy 

muhit 


sofligini 

ta’minlash 

(etikologiya muammosi). 

 


Qabul  qilishning  bu  prinsiplari  biz  axborotni  qanday  guruhlashni 

tushunishimiz  uchun  kalit  vazifasini  o'taydi.  Masalan,  yonma-yon  joylashgan 

obyektlar  sifatida,  biz  ularni  yaqinlik  belgisi  yordamida  guruhlaymiz,  xuddi 

shunday bir xil obyektlarni o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz. 

Yaqinlik,  o'xshashlik,  oradagi  masofa,  tugallanganlik.Ammo,  vizual  axborotning 

psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas. 

Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur: 

- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin? 

- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi? 

Variantlar ko ‘p bo‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh 

kategoriyasi mavjud:  

 Bu  kategoriyalardan  biri  bo'yicha  obyektning  o'zgarishi  vizual  kontrast 

yaratadi. Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida 

o'zaro bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi. 

Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, 

syujetga  o'z  qo'shimchalarini  kiritadi.  Har  bir  elementning  holati  ko'rayotgan 

shaxsga  yaxlit  kartinada  bu  elementning  muhimlik  darajasi  to'g'risida  axborot 

beradi. 


Sirkning  vizual  jihatdan  dominant  bo'lgan  reklama  plakatidagi  eng  qiyin 

element - bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni 

-  shaharga  sirk  keldi.  Kamroq  darajada  dominant  bo'lgan  yangiroq  elementlar  - 

biletning  narxi  va  namoyish  ishtirokchilarning  ro'yxati.  Agar  iyerarxiya 

boshqacharoq  bo'lsa,  ko'pchilik  shaharga  sirk  kelganini  tushunmagan  bo'lar  edi. 

Tartibga  solingan  iyerarxiya  nafaqat  axborotni  qabul  qilish  tartibini  belgilaydi, 

balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham  yordam beradi. Shunday 

qilib, tartib va balans tuyg'usi paydo bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz ^^ sahifaning har 

bir  elementi  foydalanuvchining  diqqatini  tortadi,  natijada  tarqoq  e’tibor 


yo'qoladi.U  yoki  bu  elementning  iyerarxiyasidagi  holati  siz  nimani  aytishni 

xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi. 

Sahifaning  u  yoki  bu  elementi  yukini  kamaytiramiz.  Bu  bilan  biz  sahifani 

ko'rayotgan  shaxsning  diqqatini  jalb  qiladigan  yo'lni  belgilaymiz.  Elementning 

vizual og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi 

bilan o'lchanadi. 

Masalan,  qizil  rangli  yirik  sarlavha,  oq  fon  bilan  ko'proq  kontrast  paydo 

qiladi (och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki 

u  birinchi  bo'lib  qarayotgan  shaxsning  diqqatini  jalb  qiladi.  Ammo  u  chapdagi 

suratdan ko 'ra ko 'proq diqqatni ushlab tura olmaydi. 



 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling