Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1-topshiriq. Til va nutq


Download 469.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi469.66 Kb.
#1386854
  1   2
Bog'liq
HCXCrj2lzl3CBXXrCv8VJoBvakJIaO0aQW1VL6E7



Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
1-topshiriq.
Til va nutq 
Biz o‘z nutqimizda SO‘Z (so‘zlash), GAP (gapirish), TIL va NUTQ 
atamalarini ko‘p qollaymiz, ba’zan ular orasidagi farqni sinchiklab ham 
o‘tirmaymiz. Ular vositasida bilganlarimizni, ko‘rganlarimizni, mashq va 
mashg’ulotlarimizning borishi-yu natijalarini, atrofdagilarga, ayniqsa, oila 
a’zolariga munosabatlarimizni ifoda yetamiz. Til ham, fikr ham hayotning 
ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinishidir. 
Lekin lingvistik nuqtai nazardan til va nutq farqlanadi. Jumladan, tilni xalq 
yaratadi, umumxalq bahosi va xususiyatiga yega bo‘ladi; nutq yesa shaxsiy boylik 
sanaladi. Har kim o‘z qobilyati, so‘z boyligi, savodi hamda so‘zlash a’zolariga qarab 
gap tuzadi. 
Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga 
oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. 
Nutqning umri esa qisqa bo‘ladi. Og’zidan so‘z yo gap chiqdimi – uchadi ketadi. 
Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang 
ham, o‘ylab gapir. A. Navoiy aytganidek, so‘zingni buyuk etsang, o‘zinga buyuklik 
keltirasan. 
Tilnig xizmati doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq 
hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), juft shaxs orasida(dialog) yuz 
beradi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko‘rinishlarda turli janrlarga bo‘linadi. 
Nutq yozma va og‘zaki bo‘ladi. 


Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va 
boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari 
faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi, qo‘shimchalar turli fonetik 
hodisalarga uchraydi. Nutq hajmi so‘zlovchilarga saviyasiga, uslubga, o‘rin va joyga 
qarab, turli shakl va hajmlarda bo‘ladi. 
Nutq oldiga qo‘yilgan talablar (tovush tanlash, so‘z topish) uning 
mohiyatidan, tildek “ajab” mo‘jiza dahosidan, uning ijtimoiy kuch-qudratidan kelib 
chiqadi. Chinakam go‘zallik, deydi A.Gorkiy, so‘zlarning aniqligi, ravshanligi va 
ohangdorligi bilan yuzaga keladi. 
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol 
– hol, yod-yot, sof-sop, sher-she’r va b.), so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar 
vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda 
yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay “g‘o‘za teriladi”, “paxta gulladi” 
deyish xatodir. 
Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi 
har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish 
(g‘ishtin polli, kibernetikaviy…), (dadam va onam keldi…); so‘zlarni to‘g‘ri 
bog‘lash (qaror yozildi – qarorni emas), takror (turgan joyida turib qoldi…) va 
keraksiz ifodadan qochish, qo‘shma gapni meyori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘raki 
– ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz va nursiz qiladi. 
Matn yuzasidan topshiriqlar: 
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. 
2. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering. 
3. Matnga taqriz yozing. 

Download 469.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling