Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 1


Download 45.16 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi45.16 Kb.
#113447
Bog'liq
Akademik nutq 6


Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1 - mashq. Venn diagramma yordamida muloqotning yozma va og’zaki turlarini tavsiflang.
Yozma muloqot so’zlovchi va qabul qiluvchini og’zaki muloqot vositasiz yozma xabarlar orqali amalga oshirishni o’z ichiga oladi


Og’zaki muloqot insonlarni so’zlashuvlari, muloqot qilishlari va biror voqea yoki hodisa to’g’risida suhbatlashishlarini o’z ichiga oladi



2 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida matn tuzing.

Axborot bermoqbiror narsa haqida ma’lumot bermoq.

Bayonnoma - turli yig`ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni qayd qiluvchi rasmiy hujjatdir.

So‘zga chiqmoq - barchaga o’z fikrini so’zlab berish uchun chiqmoq.

So‘z bermoq – biror-bir ish

Ovoz bermoq – biror-bir taklif yoki bitimlarda, saylovlarda insonlar tomonidan maqullanishi.



Muhokama qilmoq – biror-bir fikr yoki g’oyani insonlar bilan hal etish.

Tavsiya etmoq – maslahat bermoq..

Tayinlamoq – topshiriq berish, biror-bir lavozimga tayinlash.

Tasdiqlamoq – biror ish, harakat yoki g’oyani to’g’ri deb topmoq.

Faol qatnashmoq - biror jamoaning ijtimoiy hayotida, faoliyatida astoydil, berilib ishlaydigan shaxs, jamoatchi.

Zimmasiga yuklamoq – biror topshiriq yoki vazifani biror shaxsga topshirish.

Topshirmoq – berilgan vazifani bajarib ko’rsatish.

Ta’sis etmoq – tuzish, tashkil etish, joriy qilish.

Qaror qilmoq – amalga oshirish lozim bo’lgan qat’iy fikr.

Ma’ruza qilmoq - biror narsa haqida so’zlab berish.

Fikr-mulohaza bildirmoq fikr yoki g’oya haqida o’z fikrini barchaga so’zlab berish.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida fakultet “Yoshlar yetakchisini” saylash to’grisida o’tkazilgan yig’ilish



BAYONNOMASI

Toshkent shahri 03.03.2020

Raislik qiluvchi: T.Z.Teshaboyev-rektor

Bayonlashtiruvchi: U.Abilov-yoshlar yetakchisi

Ishtirok etdilar: 120-nafar talabalar

Kun tartibidagi masala:

1. Universitetda talabalar ishtirokida universitet “Yoshlar yetakchisi”ni nomzodlar orasidan tayinlash.



Yig’ilishni borishi:

Yig’ilishni “Yoshlar yetakchisi” U.Abilov olib bordi, kun tartibi masalalari bilan tanishtirib va bugungi yig’ilishda ovoz berilishi kerak bolgan nomzodlar haqida axborot berdi. Talabalardan ushbu yig’ilishda faol ishtirok etishlarini so’radi. So’ng Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti rektori Teshaboyev To’lqin Zokirovichga so’z berdi.

Universitet rektori T.Z.Teshaboyev barcha nomzodlar haqida fikr-mulohaza bildirdi va yig’ilish holisona o’tishini talab qildi. Nomzodlar talabalar o’rtasida muhokama qilindi. Talabalar o’z nomzodlariga ovoz berdilar.

Yig’ilish qaror qiladi:


  1. Ko’pchilik ishtirokchilarning ovozlariga ko’ra “Yoshlar yetakchisi” U.Abilov o’z lavozimida qolishi, yoshlar bilan ishlash vazifasi yuklatilishi tayinlandi.

  2. Mazkur qarorni ijro-intizomini nazorat qilish kadrlar bo’limi zimmasiga yuklatilsin.

Rektor: T.Z.Teshaboyev

3 – mashq. Fanning biror sohasiga doir lug’at tuzing.

  1. Adabiyot - bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, falsafiy va boshqa asarlari majmui.

  2. Aruz – she’r o’lchovlari, vaznlariga solib o’lchash.

  3. Qofiya – she’rdagi bir necha bayt yoki misralar oxiridagi so’zlarining o’zaro ohangdosh, mos bo’lishi.

  4. Nazm – tizish, terish, she’r yozish.



4 - mashq. Klaster usulidan foydalanib muloqotning xususiyatlarini ochib bering.


Og`zaki 
muloqot 
tezkorlik bilan 
amalga oshadi

Yozma nutq barqaror va qat’iy bo’ladi

muloqot



Yozma nutq ma’lum qoida asosida bo’lishi zarur

Og`zaki   
muloqotda gap 
qurilishini aql 
nazorat qilib 
boradi


Og`zaki 
muloqot, tahrir 
imkoniyatidan 
mahrum 
bo`ladi

Уй вазифаси:



Topshiriq.

  1. Berilgan matndagi terminlarning izohli lug’atini tuzing.

Lug’atlarning turlari

Lug’atlar lingvistik va ensiklopedik lug’at turlariga bo’linadi. Lingvistik (tilshunoslik) lug’atlar bir tilli va ko’p tilli bo’ladi. Bir tilli lug’atlarga quyidagilar kiradi:

Imlo lug’ati (so’zlarni to’g’ri yozishga yordam beradi), orfoepik lug’at ( so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi), morfem lug’at ( so’zlarni asos va qo’shimchalarga ajratishga yordam beradi), izohli lug’atlar (tilde mavjud bo’lgan so’zlarga izoh beriladi), o’zlashma so’zlar lug’ati (chet tillaridan kirgan so’zlarga ta’rif beriladi), frazeologik lug’at (iboralar lug’ati), terminologik lug’at ( ma’lum fan sohasi bo’yicha atamalarga izoh beriladi), chastotali lug’atlar (ma’lum asarlarda so’zlarning qo’llanish doirasi haqida ma’lumot beradi, poronimlar lug’ati (tilde mavjud bol’gan talaffuzdosh so’zlar haqida ma’lumot beradi) va shu kabilar.

Кo’p tilli lug’atlarga esa tarjima lug’atlari kiradi.



Izohli lug’at:

  1. Lingvistik lug’at –  til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

  2. Ensiklopedik lug’at -  soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi.

  3. Orfoepiya – nutq, talaffuz.

  4. Frazeologik – ibora, birikma.

  5. Termin – chek, chegara.

Download 45.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling