Mavzu yuzasidan tarqatma material


SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH


Download 38.5 Kb.
bet2/2
Sana17.11.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1782799
1   2
Bog'liq
12-topshiriqlar

SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
1.Lug`aviy birliklar nima?
2. Dialektizm turlari haqida gapiring?
3. Argotizm deganda nimani tushunasiz?
4. Jargotizmlar haqida gapiring?
5. Vulgarizmlar haqida gapiring?
6. Leksik dialektizm necha turli bo'ladi va ular haqida gapiring?

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Yo‘l, yo‘q kabi so‘zlarning jo‘l, jo‘q tarzda aytilishi qaysi shevaga xos xususiyat hisoblanadi?
a) qarluq-chigil-uyg‘ur
b) qipchoq
c) o‘g‘uz
d) o‘g‘uz va qipchoq
2. O‘rinsiz og‘izga olinadigan iboralar, argolar, jargonlar, varvarizmlar uslubiy ma’noda qanday maqsadda qo‘llanadi?
a) so‘zlovchini salbiy tavsiflash uchun
b) qahramonning ma’lum bir hududdan ekaniga ishora qilish uchun
c) asarning badiiy xususiyatini oshirish uchun
d) so‘zlashuvchini ijobiy tavsiflash uchun
3. Berilgan gaplarning qaysi birida noadabiy so‘zlar ishtirok etmagan?
a) Ha, boboy, shayton uyasini to‘zitgan hoy Mamatohir! O‘zingni burchakka tortmasdan, mundoq qaddingni kerib, o‘rtaga chiqsang-chi, xo‘roz!
b) Oyoqdan yiqilasan, zantaloq! – deydi eshittirmasdan Mirsoat.
c) Ahvol qalay? – Mixday!
d) Barcha gap tarkibida noadabiy so‘zlar mavjud.
4. Noadabiy so‘zlar qatnashgan gapni aniqlang.
a) Ardoqladi meni onam hamda yer, Bag‘rida shataloq otib yugurdim.
b) Yer yutkur Qosimjon, kir uyga! Bo‘lar o‘ynaganing.
c) – Ahvollar qalay? – Mixday!
d) barcha javoblar to‘g‘ri
5. Noadabiy qatlamga xos so‘zlar qaysi gap tarkibida ishtirok etgan?
a) Yaxshini yaxshi desang, quyuladi, Yomonni yaxshi desang, suyuladi.
b) Egasiz sang‘igan har daydi jonzod, Boshini silasang , qo‘ling tishlaydi,Nagohon g‘ingshibsan, insonsan nahot, Muzdek yuragingda g‘araz qishlaydi.
c) Qallob odam g‘arazgo‘ylik qiladi, Fitna bilan sof dillarni tiladi.
d) barch javoblar to‘g‘ri
6. Atamalar odatda qaysi uslubda ko‘proq qo‘llanadi?
a) so‘zlashuv uslubida
b) ilmiy uslubda
c) publitsistik uslubda
d) rasmiy uslubda
7. Fonetika bo‘limiga xos atamalar qaysi qatorda berilgan?
a) o‘zak, negiz, qo‘shma ot, yuklama
b) undalma, uyushiq bo‘lakli gap, aniqlovchi
c) tovush, fonema, urg‘u, bo‘g‘in
d) tovush, unlilar, undoshlar, kelishiklar
8. O‘zbek lug‘atchiligida qaysi olimlar atama lug‘atlarini tuzishgan?
a) V.Reshetov, A.Hojiyev, X.Bektemirov
b) O.Usmonov, R.Doniyorov
c) Sh.Rahmatullayev, S.Ibrohimov
d) barcha javoblar to‘g‘ri
9. Anqov, loya, qolip, sog‘i, betlik so‘zlari qaysi kasb-hunarga xos?
a) zargarlik
b) etikdo‘zlik
c) attorlik
d) kulolchilik
10. Farg‘ona kasb-hunar leksikasiga doir kitob yaratgan olimni aniqlang.
a) Sh.Rahmatullayev
b) A.Hojiyev
c) S.Ibrohimov
d)V.Reshetov
Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling