Mavzu: “Yuzlik” mavzusida didaktik materiallardan foydalanish. Reja


Download 262.5 Kb.
bet4/8
Sana14.05.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1461422
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Yuzlik” mavzusida didaktik materiallardan foydalanish.

Masalani birdaniga yechish.

M: “1 ta qutida 6 ta qalam, 2-qutida ham 2 ta qalam bor. Qutilardagi hamma qalam nechta?” oʻqituvchi masala shartini gapirib berar ekan, 1-qutida nechta qalam borligini (6 ta) koʻrsatadi; berk qutini koʻrsatadi va undagi qalamlar 2 ta kamligini aytadi. Savolni ifodalab, oʻqituvchi bir qutini ikkinchisiga yaqinlashtiradi. Soʻngra oʻquvchilar masalani oʻqituvchining savollari boʻyicha takrorlashadi. Oʻqituvchi tushuntirish bilan bir vaqta doskaga masala shartini tasvirlovchi rasmni chizadi;
Oʻquvchilar rasm asosida masalani takrorlashadi, har bir son nimani bildriishini, masala savolini tushuntiradi. Shundan soʻng, bolalar masalaning yechilishiga keltiradi:

    1. 6 – 2 = 4 (q)

    2. 4 + 6 = 10 (q) Javob: 10 ta qalam

“Tarkibli masala” tushunchasini tushuntirish uchun boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Oʻqituvchi masala matnini berib, qisqa yozuvni tushuntirib koʻrsatadi:
“Munira, Vasila, Sirojjiddin va Karim boqqa borishdi. Munira 4 ta yongʻoq, Vasila 2 ta ortiq, Sirojiddin esa Vasilaga qaraganda 1 ta kam, Karim esa Sirojiddindan 3 ta ortiq yongʻoq topdi. Karim nechta yongʻoq topgan?
M: - 4 ta
V - M dan 2 ta ortiq
S – V - ? dan 1 ta kam
K - ? S dan 3 ta ortiq
Suhbat oʻtkaziladi: Qarang, masalada bittagina savol bor. Oʻqituvchi qisqa yozuvdagi savolni qizil rang bilan ajratadi.
- Karim topgan yongʻoqlar haqida nima deyilgan? Karim Sirojiddindan 3 ta ortiq yongʻoq topgan. (Sirojiddin-?) Sirojiddin haqida nima deyilgan? (V dan 1 ta kam) (V-? bilmaymiz) Vasila haqida nima deyilgan (M dan 2 ta ortiq) demak , 3–savol paydo boʻldi. Biz bu savollardan qaysinisiga javob bera olamiz?
Oʻquvchilar aslida sonni bir nechta birlik orttirishga doir sodda masalani yecha oaldilar. Oʻqituvchi qisqa yozuv oldiga amalni yozadi
1) 4 + 2 = 6 (yongʻoq)
- Vasila 6 ta yongʻoq topgan. Endi biz Sirojiddin nechta topganini aniqlaymiz.
2) 6 – 1 = 5 (yongʻoq)
- Endi asosiy savolga javob topamiz.
3) 5 + 3 = 8 (yongʻoq)
Darslarga faqat sodda va tarkibli maslanrni yechishnigina emas balki ularni taqqoslashni, tarkibli maslalarni yechishga yoʻnaltirilgan har xil topshiriqlardan ijodiy foydalanishni ham kiritish kerak.
Matematika oʻqitish metodikasida masalalar yechishda mulohazalar yuritishning analitik va sintetik usullari mavjud. Agar masani yechishda oʻquvci son ma`lumotlardan boshlab izlanayotgan ma`lumotga qarab tahlil qilgan boʻlsa, u fikrlashning sintetik usulidan foydalangan hisoblanadi.
Agar tahlil izlanayotgan miqdordan ma`lum miqdorlarga qarab olib borilisa, oʻquvchi analitik fikr yuritgan boʻladi. Masala yechishning koʻrsatilgan usullari bilan tanishish uchun ushbu masalani qaraymiz:
“Oshxonaga 7 kunga 78 kg un berilgan. Oldingi 5 kunda har kuni 12 kg dan un ishlatilgan. Agar bir xilda sarflansa, qolgan ikki kunda qanchadan un ishlatilgan?
5 – kunda – 12 kg dan
2 – kunda - ? dan = 78 kg
Berilganlarning orasidagi bogʻlanishlarni tushunib yetish uchun oʻquvchilar masalani shu yozuv boʻyicha qaytarishadi. Shartni qaytarishda oʻquvchilar unni ikki xil sarflanganini koʻrishlari muhimdir.

  1. 12 x 5 = 60

  2. 78 – 60 = 18

Navbatdagi bosqichida oʻquvchilar masala shartida berilgalardan va hisbolash natijasida topgan natijalaridan foydalanib, bunday mulohaza yuritadilar: 18 kg un, qolgan unni 2 kunga teng boʻlish kerak. Qolgan kunlarning har birida necha kg dan un sarflanganini topish mumkin. 18 kg ni 2 kunga teng taqsimlash uchun boʻlish amalini bajarish kerak: 18 : 2 = 9 (kg)
- Boʻlish amali bilan nimani topdingiz?
- QOlgan kuning har birida 9 kg dan n ishlatilgan.
- Demak masala savoliga javob topdik, masa yechildi.
Yechib boʻlgandan soʻng , yana shunday yangi masala tuzib yechish va uni tekshirish foydalidir:
“Haftaning oldingi 5 kuni oshxonada 12 kg.dan, qolgan 2 kuni esa 9 kg dan un ishlatildi. Bir haftada qancha un ishlatilgan? Tuzilgan masa yechimini 12 x 5 + 9 x 2 ifoda koʻrinishida yozish va uning 12 x 5 + 9 x 2 = 78 qiymatini topish qulay. Keltirilgan tavsifdan masalani berilganlardan izlanayotganga qarab yechish usulining (sintetik) mohiyati quyidagidan iborat ekanligi koʻrinadi: maslani tahlil qilinganidan va berilganlar bilan izlanayotgan miqdor orasdagi bogʻlanish aniqalngandan keyin masala shartidan bevosita bogʻliq ikkita kattalik tanlab olinadi. Ular orasidagi bogʻlanish aniqlanadi, sodda masala tuziladi va yechiladi. Shundan keyin bu yechish natijasi bilan asosiy masala sharitini yana qarashadi. Bu ishni, ya`ni sodda masalaning savoli boshlangʻich masalaning asosiy savoli bilan bir xil boʻlguncha davom ettiriladi. Oxirgi sodda masalaning yechimi uzil-kesil javobni beradi.
Masalani izlanayotgandan beriganlarga qarab (analitik) tahlil qilishda boshqacha ish yuritiladi. Maslaning mazmuni va uning qisqa yozuvi bilan yaxhsi tanishilgandan keyin oʻquvchilarning diqqatini asosiy savolga qaratiladi. Ularga masala savoliga javob berish uchun nimani bilish kerakligini aytish taklif qilinadi. Oʻquvhcilar masalaga tegishli hamma ma`lumotlarni yana bir marta qarab chiqishadi va topishadi: “Qolgan kunlaring har birida qanchadan un sarflash kerakligini bilish uhcun ma`lum sondagi kunlar soniga qancha un qolish kerakligini bilish kerak. Kunlar soni shartda koʻrsatilgan-2 kun, shu 2 kunga qancha un qolishi noma`lum. Tahlildan soʻng, oʻquvhcilar masalani yechishga kirishadilar. Masalani izlanayotgan berilganlarga qarab tahlil qilish va yechishning xususiyati shundan iboratki, bunda oʻquvchi masalaning asosiy savolidan boshlab shartning boshlangʻich ma`lumotiga qarab yoʻnalib, teskari yoʻnalishda yoʻl ochib boradi. Bunda oʻqituvchi didaktik tamoyillarga asoslangan: osondan, qiyinga, ma`lumdan nomalimga qarab boriladi.

Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling