Mavzu: Yvropa olimlari Platon, Boetsiy R, Dekart D,Yumning filosofiyaga tegishli qarashlarini solishtirish
Download 4.45 Kb.
|
falsafa 4
Mavzu:Yvropa olimlari Platon, Boetsiy R, Dekart D,Yumning filosofiyaga tegishli qarashlarini solishtirishPLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Suqrotning shogirdi. Suqrot unga „P.“ (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. P. mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini oʻrgandi. Mil. av. 380 yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining P. akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. P. falsafasining asosiy mohiyati — „gʻoya“ („eydos“)lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi hara-kat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar du-nyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan akl egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Boetsiy Arastuning mantiqiy asarlari va Porfiriyning «Arastu toifasiga kirish» deb atalgan qo‘lyozmasini tarjima qildi hamda sharhlab berdi. Boetsiy VI asrning boshidayoq Aflotun va Arastu asarlarini lotin tilida to‘liq nashr etishni niyat qilgandi. U Arastuning bir nechta asarini tarjima qilib ulgurdi. Ammo Aflotunning ijodiga qo‘l urishiga bevaqt ajal xalaqit berdi... Boetsiy qirq yoshga yaqinlashib qolganda hukmdor Teodorix saltanatidagi eng oliy martabalardan birini egallab, qaynotasi Simmax bilan birgalikda senatdagi eng nufuzli shaxsga aylandi. Uning falsafaga bo‘lgan qiziqishi, yuksak so‘zlash va eshitish qobiliyati hamda keng ko‘lamli madaniy va siyosiy bilimlari ko‘pchilikda havas uyg‘otardi. Boetsiy «falsafa do‘stlari»ning to‘garagini ochdi. Rene Dekart (Descartes) (fransuzcha: René Descartes; 1596.31.3, Lae, Turen — 1650.11.2, Stokgolm) — fransuz faylasufi, matematigi, fizigi, fiziologi. La-Flesh iyezuit kollejida taʼlim oldi, yunon va lotin tillarini, mat. va falsafani oʻrgandi. 1629-yilda Niderlandiyaga koʻchib bordi, fan bilan shugʻullanadi. Qirolicha Xristina taklifi bilan 1649-yilda Shvetsiyaga boradi va oʻsha joyda vafot etadi. Dekart falsafasi uning mat.si, kosmogoniyasi, fizikasi bilan bogʻliq. Download 4.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling