Mavzu: Z. M. Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. Tizm: Rejasiz erkin prezintatsiya


Download 2.13 Mb.
Sana20.07.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1661221
Bog'liq
Bobur-slayd-Jandarov O.N.

Mavzu: Z.M.Bobur hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar.

Tizm: Rejasiz erkin prezintatsiya


Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning
birinchi qismi - XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni;
ikkinchi qismi - XV as­rning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya'ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi - XVI asr­ning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan.

“Boburnoma” ni Abdurahim xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga , J Leyden (1826) va V Erskin Ingiliz tiliga , Pavel de Kuteyel (1871) fransuz tiliga , Rashid Rahmati Arat (1940) turkchaga , Mixall Sale (1943) rus tilga tarjima qilganlar 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingiliz, 3marta fransuz , 1marta nemis tiliga o`girilgan

“Boburnoma” ensklopedik asar. Uning orginalligi shundaki asarda muallif asosan o`zi ko`rgan-kechirgan bilgan narsalarni yozadi. “Boburnoma”dan siyosatchilar, etnograflar, aholishunoslar, geobataniklar, zoografiklar, iqlimshunoslar, o`zlari uchun kerakli bo`lgan juda ko`p faktik materialni ajratib olishlari munkin. U tom ma`noda aholi geografyasiga va uni ajralmas qismi bo`lgan shaharshunoslikka bag`ishlangan asar hamdir.

“Boburnoma”da Andijon tasviri “Andijon havosida kuzda ko`p odamlar bezgak kasaliga mubtalo bo`ladi. Shahar ov qilishga qulay, ayniqsa to`qayzorlarda qirg`ovul nihoyatda ko`p. O`sh havosi nihoyatda yaxshi , oqar suvlari ko`p.Bahor juda chiroy ochib keladi ,qalin lola va gullar ochilur. Andijon daryosi hozirgi o`shning o`rtasidan oqib o`tib, Andijonga boradi, daryoning har ikkala qirg`og`I bog`lar bilan qoplangan .Ushbu bog`larda bahorda ochiladigan boychechaklar juda ham chiroylidur. Farg`ona viloyatida O`sh havosi sofligiga va tozaligiga teng keladigan shahar yo`qdir”

Boburiylar merosi

XV asr oxirida oʻzaro nizolashayotgan temuriy shahzoda lar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil boʻlib olgan koʻpdan koʻp viloyatlarga parchalanib ketgan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdorga (Boburga) boʻysunishdan bosh tortadilar.

Ularning ayrimlari Boburning ukalarini yoqlasa, baʼzilari mustaqillik daʼvosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, togʻalariga qoʻshilib, uni jismonan yoʻqotish payiga tushadi. Oʻz amakisi va togʻasi boʻlmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3-yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan oʻzaro munosabatni yaxshilash, qoʻshinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom oʻrnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Boburning dastlabki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim boʻlgan Samarqandni egallash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi.

Bobur nomida xalqaro ilmiy ekspiditsiya mavjud bo`lib, uning azolari Bobur qadamjolari bo`ylab 5 marta safar uyishtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida “Bobur va uning jahon svilizatsiyasida tutgan o`rni” memorial muzeyi tashkil qilinib , uning jamg`armasida Bobur nomi bilan bog`liq 500 yuzdan ortiq kitob va manbalar bor.Andijon Bog`i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor. Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida ma`lumot beradi.

E`tiboringiz uchun rahmat


Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling