Shifokorlar alkogol ta’sirida mast bo‘lishning 3 bosqichini ajratadi: - Shifokorlar alkogol ta’sirida mast bo‘lishning 3 bosqichini ajratadi:
- Birinchisi (yengil) – qondagi alkogol miqdori 1,5 ‰ (promille)dan oshmaydi va odatda ruhiy holatda namoyon bo‘ladi (mast kishi sergap, emotsional, diqqatining buzilishi, sabrsizlik), shuningdek, harakat koordinatsiyasining buzilishi, yuz qizarishi, pulьs, nafas olish va so‘lak ajralib chiqishining ortishi.
- O‘rta cha - qonda etanol miqdorining 1,5 dan 2,5 ‰ (promille) kontsentratsiyasi. Bunday mastlik holatida kuchli ruhiy o‘zgarishlar: tafakkur susayadi, til buraladi, vaqt va makon oralig‘ini anglash buziladi, ba’zan agressivlik va qo‘pollik, poyintar-soyintar gapirish, ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari kuzatiladi.
- Og‘ir mastlik holati. Qonda alkogol miqdori 2,5 dan 4 ‰ (promille) ga qadar ortib, hayot uchun xavfli hisoblanadi. Inson ichki organlari faoliyati buziladi, mast kishi hushini yo‘qotishi, ta’sirchanlik reaktsiyasi yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari torayadi, alkogol qonda 4 ‰ (promille)dan oshgan holatlarda nafas olish to‘xtab, inson o‘lib qolishi mumkin.
- Shuning barobarida, uzoq muddat alkogol iste’moli va qondagi etanol miqdori sezilarli darajada yuqori kishilarda o‘rganib
- ENDOGEN INTOKSIKATSIYA
- To‘qimalar faoliyatini buzuvchi, moddalarning favqulodda tezlikda parchalanishi (katabolizm) va organizmning tozalash tizimining kuchli buzilishi singari barcha patologik jarayonlar natijasida umumiy endogen intoksikatsiya ro‘y beradi. Aksariyat holatlarda – surunkali, biroq aniq bir organ ish faoliyatining buzilishi (masalan, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) asnosida o‘tkir patologiya rivojlanadi.
Asosiy sabablari: - Asosiy sabablari:
- Kuchli yallig‘lanish (peritonit (qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi), o‘tkir pankreatit, kuyish kasalligi, bo‘g‘imlarning ezilish sindromi (masalan avtohalokat), o‘tkir pnevmoniya) oqibatida toksinlarning ortiqcha hosil bo‘lishi;
- To‘qimaning o‘lib borayotgan qismidagi infeksion o‘choqdan zaharning boshqa a’zolarga so‘rilishi (yo‘g‘on ichak o‘tkazuvchanligining buzilishi, yiringli jarayonlar (flegmon va abtsesslar));
- Uzoq muddat qon aylanishi buzilgan to‘qimalardan toksinlarning sog‘lomlariga so‘rilishi (shok, shuningdek, miakard infarktidan keyin qon aylanishining tezlik bilan tiklanishi);
- Organizmni tozalash tizimi faoliyatining buzilishi (buyrak va jigar yetishmovchiligi);
- Xavfli o‘simtalarning yangidan hosil bo‘lishi oqibatida o‘simtadagi zaharli mahsulotlarning singishi, shuningdek o‘simta zarar etkazgan to‘qimalarning o‘lishi;
- Surunkali, uzoq muddat kechuvchi infeksiyalar oqibatida ko‘proq to‘qimalarga zarar etadi, ko‘p miqdorda toksin hosil bo‘ladi va ularni kuchsizlangan organizm chiqarib tashlay olmay qoladi (sil, brutsellyoz).
Do'stlaringiz bilan baham: |