Mavzu: Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba Reja: i-bob Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba
Download 48.83 Kb.
|
bobournoma 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1 Boburning siyosiy faoliyati
II-bob Boburning siyosiy faoliyati. Markaziy Osiyo tariхiga oid muhim manba.
Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rol o’ynagan yirik siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda fanning qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida yozgan risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning bos hqa qator asarlari ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini qizio’tirib kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini tekshiruvchi sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch manbalaridan biri bo’lib kelmoqda. Boburning lirik devonlari, «Boburnoma»si, aruzga doir risolasi, Hatti Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi. 2.1 Boburning siyosiy faoliyati Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatining poytaxti Andijon shahrida tug’ildi. Uning otasi Umarshayx Mirzo temuriylardan bo’lib, Farg’ona ulusiga hukmronlik qilar edi. Bu davrda Movarounnahrda temuriylarning bir mahallar ma’lum darajada markazlashgan davlati parchalanib, mayda feodal davlatlarga bo’linib ketgan edi. Ular o’rtasidagi nizolar, taxt uchun olib borilayotgan to’xtovsiz kurashlar mamlakat xalqlarning io’tisodiy va madaniy imkoniyatlarini izdan chiqargan edi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo ana shunday - toj-taxt uchun kurash keskinlashgan davrda hokimlik qildi va bu kurashlarda faol ishtirok etdi. Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar qo’lida bilim oldi, tarbiyalandi. U juda tez orada xat-savodini chiqarib, ilm-fan, adabiyot va tarix bilan shug’ullana boshlaydi. SHuningdek, u ko’p vaqtini harbiy mashqlar va ov bilan shug’ullanishga sarf etdi. o’z qobiliyati bilan kattalarni hayratda qoldirar edi. 1494 yil Andijon hokimi, Boburning otasi Umarshayx mirzo tasodifan halok bo’ladi va uning o’rniga taxtning vorisi, 12 yoshlik o’g’li Zahiriddin Muhammad Bobur taxtga chiqadi. Bu voqealar bayoni «Boburnoma» asarida batafsil bayon qilingan. Bobur mamlakatni avval shayx Mazidbek, uning vafotidan keyin Boboquli Bobo Alibek ("bek atka" lar) hamda tadbirli onasi Nigorxonimning rahbarligi va ko’magida boshqaradi. Ularning ko’magida qo’shinni qayta tuzib, shaharlar va qo’rg’onlarni mustaxkamlaydi, dushmanning hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni chekinishga majbur qiladi. Otasi tirikligi davrida (1494 yilda) Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo (Umarshayx mirzoning o’z akasi) va Toshkent hokimi Mahmudxon (Umarshayxning qaynog’asi va Sulton Ahmadning kuyovi) boshlagan urushni bartaraf qilishga muvaffaq bo’ladi, dushmanni chekinishga majbur qiladi. Bu Boburning birinchi va eng katta g’alabasi edi. XV asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda feodal tarqoqlik hukm surar, har bir bek o’z ixtiyoriga ish tutishga harakat qilardi. SHayboniyxonning tarixchisi Muhammad Solihning ta’biricha, hamma bir-biridan qo’rqar, o’zicha shohlik talab qilib, mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar. Movarounnahr tuproqida ayj olgan o’zaro janglarda Bobur Mirzo ham qatnashishga majbur edi. Xalq ommasi og’ir ahvolda qolgan edi. Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so’ng, 1495 yil yanvarb oyida uning ikkinchi o’g’li Boysung’ur Mirzoni Samarqand taxtiga o’tqizadilar. 1496 yil Boysung’ur Mirzoga qarshi Samarqandda tarxonlar isyoni boshlanadi. Bundan xabar topgan Bobur Mirzo ham Samarqand taxtiga da’vogar bo’lib, 17 iyunda o’z qo’shini bilan SHavdar tumaniga yetib kelib Samarqand qamaliga kirishadi. Ayni shu payt Sulton Mas’ud Mirzo Samarqandning ikkinchi tarafidan, Sulton Ali Mirzo esa uchinchi tarafdan qamal qiladilar. Qish yaqinlashib qolgani uchun mazkur shahzodalar Samarqandni qamaldan o’shatib, o’z yurtlariga qaytib ketadilar. Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida bir necha urinishlardan keyin qo’lga kiritadi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati Bobur kutganicha bo’lib chiqmadi. O’zaro urushlar va soliqlar natijasida shahar qashshoq bir ahvolga kelib qolgan edi. Buning ustiga Andijonda Uzun Hasanning saltanatga qarshi isyon ko’targan xabari keladi. Yuz bergan siyosiy va io’tisodiy tanglikni mushohada qilgan Bobur Mirzo, qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolish payiga tushadi. Mazkur sabablarga ko’ra, Bobur Mirzo Samarqandda 100 kun hukmronlik qilgach, uni taqdirning irodasiga havola qilib, tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Bobur Mirzo Samarqanddan chiqib, Xo’jandga yetganda, Andijonning qo’ldan ketganligi haqida xabar oladi. Bu paytda Samarqandni esa Sulton Ali Mirzo egallagan edi. Bobur Mirzo ikki yil davomida Samarqand bilan Andijon orasida sargardon bo’lsada, biroq har ikki shahardan aqalli birortasini ham qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lolmadi. Ikki yil o’tgandan keyingina Bobur Andijonni qo’lga kiritdi, yangidan Samarqandni olish niyatida qo’shin tortib keldi. Bu paytda Movarounnahrning markaziy viloyatlarini qo’lga kiritish niyatida yurgan SHayboniyxon Samarqandga yaqinlashib qolgan edi. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoning roziligi bilan Samarqand SHayboniyxon qo’liga o’tadi. 1500 yilda Bobur Mirzo Samarqand shahriga to’satdan bostirib kirib, Shayboniyxonning asosiy kuchini qirib tashlaydi. Bu paytda SHayboniyxon Konigulda edi. Samarqandni esa uning amirlaridan biri boshqarayotgan edi. SHunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtiga ikkinchi marta chiqadi. Lekin bu safar ham Bobur Mirzo Samarqandda uzoq turolmaydi. CHunki shaharda vayronalik va ochlik hukmronlik hukm surardi. Ana shunday vaziyatda Bobur shaharni qamal qilgan Shayboniyxonning sulh tuzish haqidagi taklifini qabul qiladi. Bu voqea to’g’risida Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida bayon etilgan. Samarqanddan chiqib ketgan, viloyatidan, navkarlarning ko’pidan ajralgan Bobur Toshkentda ko’p alam - iztirob chekadi. Bobur tog’asi Mahmudxonning yordami bilan Andijonni yana qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Biroq bu ham huzuriga keladi va Shayboniyxonga qarshi birga kurashishga da’vat etadi natijasiz chiqadi. Mahmudxon yengilib, Shayboniyxonga asir tushadi. SHayboniyxon Toshkentni ham qo’lga oladi. Bobur Mo’g’ulistonning shimoli - SHarqiy tomoniga qarab qochadi. Birmuncha vaqtdan keyin Farg’ona vodiysiga qaytib keladi. Biroq Movarounnahrda yirik va mustahkam hokimiyat vujudga keltirishga ko’zi yetmagach, 1504 yilda 300 dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga qarab yo’l oladi. Bobur Mirzo Qobul tomon yurib, 1504 yil sentyabrb oyida Qobulni Zunnun Arg’unning o’g’li Muhammad Muqimdan tortib oladi. SHunday qilib, Qobul va uning atrofi Bobur Mirzo tasarrufiga o’tadi. yilda Husayn Boyqaro barcha o’g’illari qatori Bobur Mirzoni ham Hirotga chaqirtiradi. Bu yig’ilishdan maqsad - SHayboniyxonga qarshi ittifoq tuzib, urushga tayyorgarlik ko’rish edi. Bobur Mirzo bu kengashga albatta borajagini aytib, Sayid Afzalni jo’natadi. yil 5 may kuni Sulton Husayn Boyqaro SHayboniyxon ustiga qo’shin tortib, Bobo Ilohiy mavze’iga yetganda vafot etadi. Bobur Mirzo fotiha zarurati bilan Hirotga boradi va Sulton Husayn Boyqaroning o’g’illari bilan uchrashib, ularning o’zaro ichki nizo va xusumatlarini sezadi hamda bu shahzodalar bilan ittifoq tuzib, SHayboniyxonga qarshi kurashib bo’lmasligiga aqli yetib, noumid bo’lib qaytib keladi. Qobulga yaqinlasharkan, amakivachchasi Mirzoxon Qobulda isyon ko’tarib, o’zini shoh deb e’lon qilgan i haqida xabar keladi. Bobur Mirzo ko’p qiyinchiliklardan so’ng Qobulni qo’lga oladi. yilda Shayboniyxon Hirot bilan butun Xurosonni zabt etgach, Qandahorga yurishga jazm qiladi. Uni egallab olgach, ukasi Nosir Mirzoni hokim qilib tayinlaydi va o’zi Qobulga qaytib keladi. SHayboniyxon Bobur Mirzoni Qandahorda deb gumon qilib o’z qo’shini bilan kelib, shaharni qamal qiladi. Nosir Mirzo shaharda turolmay, Qobulga qochib keladi. Bu xabarni eshitgan Bobur Mirzo SHayboniyxon bilan uchrashishdan ko’ra, harholda ko’zdan nariroq turishga qaror qiladi. o’zining bek va amirlarini yig’ib, o’z fikrini izhor qiladi. Bobur Mirzoning fikricha, mavjud vaziyat taqozosiga ko’ra, SHayboniyxon ko’zidan yiroo’roq turish maqsadida Badaxshonga yoki Hindistonga yurmoqlik lozim edi. yil sentyabrda Bobur Hindiston safariga yo’l oladi. Ammo SHayboniyxon Qandahorni ololmay, sulh tuzib, orqaga qaytgani haqidagi xabarni eshitgach Qobulga qaytib keladi. Nosir Mirzoga Fazna viloyatini va Abdurazzoq Mirzoga Nanginahor, Mindaravur, Darayi Nur Kiz va Nurgul hokimligini in’om qiladi. yil mart oyida Bobur Mirzoning katta o’g’li Humoyun Mirzo tug’iladi. SHu munosabat bilan Bobur Mirzo o’zini bundan buyon Bobur podshoh deb atashlarini buyuradi. 1510 yil Shayboniyxonning o’limidan so’ng, Bobur Eron shohi Ismoil Safaviy bilan harbiy bitim tuzib, Samarqandni qo’lga kiritadi va bitimga muvofiq shoh Ismoil nomiga xutba o’qittiradi. Bundan norozi bo’lgan xalq ommasi (Ismoil shia mazhabiga mansub edi) ruhoniylar ta’siri ostida Bobur podshohga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’ladilar. SHunga qaramay, Bobur podshoh Samarqandga sakkiz oy hukmronlik qiladi. Bu asnoda Shayboniylardan Ubaydullaxon besh ming qo’shin bilan Buxoroga yurish boshlaydi. 1512 yil 28 aprelda Xayrobod va Qorako’l o’rtasidagi Qo’shmalik yonida hal qiluvchi jang bo’ladi. Bu jangda Ubaydullaxon qo’shini kutilmaganda Bobur podshoh qo’shinini tor-mor keltiradi. Bobur podshoh tezlik bilan Samarqandga qaytib keladi va o’z yaqinlari va askarlarini olib, Hisor orqali Qobulga ketadi. U endilikda Movarounnahrga hukmronlik qilish xayolini boshidan butunlay chiqarib tashlaydi va taqdirga tan berib, yana Hindiston tomon yurish masalasini kun tartibga qo’yadi. Bobur podshoh Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, ya’ni 1526 yil 21 aprelda tarixda mashhur jang - Panipat jangi bo’ladi. Bu jang Dehli hukmdori Sulton Ibrohim ibn Sulton Iskandar ibn Baxlul Lo’diy bilan bo’lib o’tadi. Tarixchilarning ma’lumotlarga qaraganda, Sulton Ibrohim Lo’diyning yuz mingga yaqin askar va mingtaga yaqin jangari fillari bo’lgan. Bobur podshohning esa ja’mi o’n - o’n ikki ming askari bo’lgan. Gulbadanbegim "Humoyunnoma" asarida ushbu voqealarni ancha batafsil bayon qiladi. Ibrohim Lo’diy ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng 27 aprelda Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o’g’iladi. Boburning bu g’alabasidan keyin ba’zi hind va afg’on feodallari ittifoq tuzib, Chitora hokimi Rano Sango rahbarligida Boburga qarshi bosh ko’tardilar. Bu dahshatli jang ham Bobur g’alabasi bilan yakunlandi. Bu g’alaba bilan Bobur Hindistonda uzil - kesil o’z hokimiyatini o’rnatgan edi. U yirik bir davlat - imperiya vujudga keltirgan edi. Bu imperiyani yevropaliklar "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" deb nomlay boshladilar, chunki ular temuriylarni Chingizxon avlodlari deb hisoblar edilar. Bobur umrining oxirigacha Hindistonda qoldi. Uning ayrim beklari va askar boshliqlari Afg’onistonga qaytib ketgan edilar. Bobur vatanni qo’msaydi, yor - do’stlarini sog’inadi. U Afg’oniston va Movarounnahrdagi do’stlari, yor - birodarlari bilan muttasil aloqada bo’lib turadi, ularga o’zining yangi asarlarini va sovg’a - salomlarini yuboradi. Lekin u umrining oxiriga qadar vataniga qaytish orzusidan ayrila olmaydi. Bobur asos solgan davlat Hindistonning ijtimoiy - siyosiy va io’tisodiy - madaniy taraqqiyotida g’oyat katta progressiv rolb o’ynadi. Katta va markazlashgan davlatning vujudga kelishi Hindistonning taraqqiyoti uchun ancha keng imkoniyat tug’dirdi. Bobur Hindistonning xo’jalik hayotiga, madaniyati va obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U arig’ va kanallar ochtirdi, turli binolar qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf - odat va rasm - qoidalariga qarab ish ko’ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to’pladi. O’ind olimlaridan SHayxorani o’ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi. Mashhur tarixchi Xondamir va boshqa ayrim shoirlar, fozillar Husayn Boyqaroning vafotidan keyin Boburning dargohiga bordilar. Uning saroyida ko’pgina shoirlar va olimlar to’plandi. Bobur atrofidagi beklar va fozil kishilar bilan kengashib ish ko’rar edi. o’g’illariga ham shuni maslahat berardi. Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida vafot etdi. Boburning vasiyatiga muvofiq, chevarasi SHohjaxon uning xokini Qobulga qo’ydirib, maqbara qurdirdi. Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga qadar davom etdi. Boburning vorislari - boburiy podsholar Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, xo’jaligi va madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rolb o’ynadilar. Ular mahalliy xalqlar bilan tobora yaqinlashib, chatishib ketdilar. Hindistonning xo’jaligi va madaniyati ayniqsa mashhur podsho, Boburning nabirasi Akbar davrida (1556-1605) tez o’sib rivojlandi. Bobur va boburiylar davrida Hindistonda turkiy tildagi adabiyot ham vujudga keladi, Bayramxon (XVI asr) kabi shoirlar yetishadi. Javoharlal Neru o’zining "Hindistonning kashf etilishi" nomli asarida Boburga baho berib, shunday yozadi: "Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davriga xos hukmdor, dovyurak, serg’ayrat va epchil inson, u hayot nafosatidan, lazzatidan lazzatlana bilgan... Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat boshlandi. Mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Yevropa bo’ylab tarqaldi". Download 48.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling