Mavzu: zahiriddin muhammad bobur hayoti va ijodi uning ruboiylari Darsning maqsadi
Menga osondurur bo'lsa agar yuz ming tuman dushman, Vale bo'lmoq jahonda, e ko'ngul, beyor mushkuldur, -
Download 181 Kb.
|
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODI. UNING RUBOIYLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Uyga vazifa
Menga osondurur bo'lsa agar yuz ming tuman dushman, Vale bo'lmoq jahonda, e ko'ngul, beyor mushkuldur, -
deb yozganida u mutlaqo mubolag'a qilmagan edi. Uning adolati-chi? U janglarda hamisha oldinda edi. Eng og'ir paytlarda askarlarining yonida turdi. Hamisha fidoyilik, jasorat namunasini ko'rsatib, yigitlariga o'rnak bo'ldi. Hamma vaqt nohaqlikning, har qanday nohaqlikning oldini oldi. Ayb-dorni kim boimasin, jazolash, haqni qo'llash yo'lidan bordi. Dini, tili, urf-udumi tamom boshqa bo'lgan Hindistonda ma-halliy xalqning manfaatini hamisha ustuvor tutdi. Uning tiliga ham, diniga ham, urf-udumiga ham daxl qilmadi. Aksincha, ularga rag'bat berdi, qo'Uab-quwatladi, muhtasham obidalar qurdirdi va oqibatda tubjoy xalqning mehr-u muhabbalini qo-zondi. Bejizmaski, Bobur saltanati uch asrdan ko'proq yashadi. XIX asrning o'rtalarida Hindiston xalqi Boburiylar saltanatini inglizlardan himoya qilish uchun kurash olib borgan edilar. Bejizmaski, Javoharla'l Neru Bobur haqida fikr yuritar ekan, uni «...dilbar shaxs. ...Uyg'onish davrining tipik hukmdori...» deb baholaydi. Sharqni qo'ya turaylik. G'arbda-chi? Uni Yuliy Sezar bilan qiyos etadilar va shaxsini jozibaliroq topadilar. «Boburnoma»ni Yuliy Sezarning «Kundaliklar»iga muqoyasa qiladilar va Bobur asarini samimiyroq deb hisoblaydilar. Bu — G'arbning fikri. Agar bular yoniga Bobur haqidagi G'arbda yaratilgan va yaratilayotgan Xilda Xukxemning «Bobur — sher»iga o'xshagan bir qator romanlarni qo'shsak, olis Yaponiyada Eyji Mano kabi muta-xassislar tomonidan tom-tom kitoblar yozilib, bosilib chiqayot-ganini esga olsak, chindan ham bolaning xotirasida bular, shubhasiz, o'z izini qoldiradi. Navbatdagi savol Boburning tarjimayi holi bilan bogiiq boiishi va barcha fikr-mulohazalar ashyoviy dalillar asosida shuning atrofida uyushtirilgani maqsadga muvofiq. Bu boradagi gaplar Bobur haqidagi fakt — ma'lumotlarning qayerdan olinganligi va ularning ishonchlilik darajasidan bosh-lagan ma'qul. Agar shunday boshlansa, buning o'quvchi uchun ma'rifiy ahamiyatidan tashqari amaliy-tarbiyaviy ahamiyati ham bor — o'quvchi har bir gapini dalillashga odatlanadi. Maqsadga kelaylik. Boburning nasl-nasabi, atrof-muhiti, u mansub xonadondan hayoti va faoliyatining eng oddiy va eng mayda tafsilotlarigacha «Boburnoma»da yoritilgan. Qolganini uning boshqa asarlaridan topish mumkin. Yana qolgani haqida uning qizi Gulbadanbegim «Humoyunnoma»sida beradi. Undan qolganini zamondoshlari xotiralaridan, tarixchilarning tarixga oid asarlaridan aniqlab olish u qadar qiyin emas. Bu o'rinda bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Bobur va boburiylar hokimiyati har jihatdan temuriylar saltanatining uzviy davomidir. Boburning «dilbar shaxsi»(Javoharla'l Neru) Temur va temuriylar davlatchiligining mevasidir. Negaki, barcha temuriylar uchun o'rnak va timsol sohibqiron edi. Uning tuzuklari, askariy va idora tartibi, uning ichki va tashqi siyosati deyarli barcha temuriyzodalar uchun uzoq payt qonun darajasida keldi. Shu jumladan, Bobur ham har gal Samarqandga, buyuk bobosining muqaddas poytaxtiga kirib borarkan, ko'nglida ajib bir g'alayon his etadi. Bobur ona tomonidan mo'g'ullar bilan chatishgan.Uning onasi Qutlug' Nigorxonim kelib chiqishi mo'g'ul boigan Tosh-kent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bu yerda nozik bir nuqta bor. Bu Chingiz va mo'g'ullarga munosabat masalasidir. Bu fikrni sinfga olib kirish-olib kirmaslik boshqa masala. Lekin, o'ylay-mizki, bizning hamkasblarimiz, muhtaram muallimlar bundan xabardorbo'lib qo'yishlari kerak. Gap shundaki, bobolarimiz sohibqiron Amir Temurdan Abulg'oziy Bahodirxongacha o'z-larini Chingizxonga yaqin tutadilar, hatto o'zlarining shaja-ralarini bevosita ular bilan bog'laydilar. Biz esa o'zimizni undan olib qochamiz.Va bu asosan, so'nggi yuz-yuz ellik yillarga to'g'ri keladi. Masala - nozik. Qanchadan qancha yovuzliklar, qirg'in-barotlar madaniyat obidalarining kunpayakun boiishiga doir har xil manbalardan keltiriladigan fakt va materiallar qarshisida tinchgina o'zni chetga olib turishdan yaxshi narsa yo'q, albatta. Balki bu fakt va materiallar xuddi shunday psixologik vaziyat yaratmoq uchun yig'ib keltirilgandir. Agar shu yo'ldan borilsa, Temur va temuriylarni ham qonxo'r-kallakesarlar qatoriga kiritib yuborish qiyin bo'lmaydi. Sovet davrida xuddi shunday qilindi, ham. To'g'ri, Chingizxon to'kkan qon uni har qancha so'kishga yetadi. Lekin urushlar qonsiz bo'ladi, deb kim aytdi?! Iskandar to'kmadimi bu qonni, Temur to'kmadimi yo Aleksandr I ning arzanda generali Skoblev to'kmadimi?! Urushlar hamisha minglab, yuz minglab begunoh qurbonlarga sabab bo'ladi. Bu -haq gap. Lekin bu yo'ldan borilsa, dunyoda oqlab olish mumkin bo'lgan birorta hukmdor qolmaydi. Podshoh borki, qo'li qonga tegmagani yo'q. Farq shundaki, birida u — ozroq, ikkinchisida — ko'proq. Biri nari borsa, qo'shnisi bilan to'qnashgan, ikkinchisi dunyoning narigi chetigacha zabt etgan. Hammasi - nisbiy. Bu -masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni — yuqorida aytganimiz: nega buyuk bo¬bolarimiz unga ehtirom bildiradilar va o'zlarini unga avlod bilishdan faxr tuyadilar. Masalan, Amir Temur ham, Mirzo Ulug'bek ham o'zlarining mo'g'ullarga kuyovliklarini ko'z-ko'z qilishga harakat qiladilar. Murojaatda «ko'ragoniy» (kuyov) rutbasini qo'shib aytishni xush ko'radilar. Ular Chingiz va chin-giziylarning siz bilan biz bilgan qilmishlarini bilmasmidilar?! Masalaning uchinchi tomoni ham bor. Bugun istiqlol tufayli o'zligimizni tanib, tariximizni birinchi manbalar orqali o'z ko'zimiz, aqlimiz, o'z vijdonimiz bilan o'rgana boshladik. Dunyoga chiqib, chetdagi biz haqimizda yozilgan, yozilayotgan va bizdan uzoq tutib kelingan tarix asarlaridan xabar topdik. Va shunga guvoh bo'lib turibmizki, bizdan juda ko'p tarixiy faktlar, tariximizning muhtashamligiga dalolat qiluvchi faktlar, ma'lum va mashhur shaxsiyatlarga oid qimmatli ma'lumotlar bekitilib kelinar ekan. Masalan, XX asrning o'ttizinchi yillaridayoq Ahmad Zaki Validiyning «Chingizxon — turkdir!» nomli tad-qiqoti e'lon qilingan va u jahon tarixchilariga ma'lum ekan. Jahon tarix fanining tan olingan namoyandasi, Turkiston tarixining Bartold tan bergan bilimdoni, ona yurtimizni qadam-baqadam kezib chiqqan bu buyuk tarixchining ushbu fikri bilan hisob-lashmoq kerak bo'ladi. Darvoqe, 2002-yilda Qozog'istonning Turkiston shahrida turkologiyaning bugungi dolzarb masalalari mavzusiga bag'ishlangan bir ilmiy anjuman bo'ldi. Unda mazkur masala — Chingizxonning turkligi atrofida qizg'in bahs ketdi. Bu bahs faktlar emas, ko'proq eski va yangi qarashlar to'qnashuvi shaklida kechdi. Ko'rinyaptiki, bu fikr sekin-asta iste'molga kirmoqda. Demak, endi uni chetlab o'tib bo'lmaydi. Unga mu-nosabat kerak bo'ladi. Mabodo biror qobiliyatli, ko'p narsadan xabardor o'quvchi qiziqib so'rab qolgudek bo'lsa, uni ishon-tiradigan va qanoatlantiradigan javob qilish kerak bo'ladi. Biz Bobur va boburshunoslikning ayrim dolzarb masalalariga diqqatingizni tortdik. Endi bevosita tarjimayi holiga o'tamiz. Avvalo, shuni aytish kerakki, Bobur biografiyasi benihoya boy. Voqealar — shiddatli. Ranglar - quyuq. Va ularning ham-masi muallifi tomonidan g'oyat samimiy, mardlarcha hikoya qilingan. Faqat ularni topish va o'rnida foydalanish kerak. Buning uchun, tabiiyki, «Boburnoma»ni bir ko'zdan kechirish kerak bo'ladi. Unda hammasi bor. Ikkinchidan, «Boburnoma»da voqealar yoritilgan bo'lsa, she'rlarida ularning she'riy sharhi berilgan. Deyarli har bir she'rining yozilish tarixi bor. Ayniqsa, ruboiylari bu borada bir dunyo material beradi. Shoirning tarjimayi holi ushbu ruboiylari bilan qo'shib olib borilsa, yaxshi natija bergan bo'lur edi. Biz darslikda shuning ixcham bir namunasini berishga harakat qildik. Masalan, ona yurtini tashlab chiqish oldidagi iztirobli o'ylari, ikkilanishlari va bir hamla bilan Kobul va G'aznani olganida go'yo kechirim so'rayotgandek: Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig'ishtirur laim ermasmen, Kobulda iqomat qildi Bobur dersiz — Andoq demangizlarki, muqim ermasmen,- deb yozishlari uning ruhiy holatiga yorqin bir oynadir. Hindiston yurishi oldidagi kechinmalari-chi? Harholda «Boburnoma» materiallari bilan shoir she'rlarini qo'shib olib borish, bir tomondan, uning biografiyasiga oid voqealarni kuzatish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, bu voqealarning mohiyatini anglashga yordam beradi Darvoqe, Bobur biografiyasi bilan bog'liq yana bir faktga alohida e'tibor berish kerak bo'ladi. Bu Boburning Alisher Navoiy bilan yozishmasi masalasidir. Afsuski, tarix bu ikki buyuk shaxs orasidagi xat almashuvining tafsilotlarini saqlab qolgan emas. Bu haqda «Boburnoma»da birgina qayd bor, xolos. U ham bo'lsa, Samarqandni ilk bor olganida Navoiydan xat kelgani haqidagi bir og'iz «kitobati (xati) ham kelib edi» degan qayd-dir.Xatning mazmuni haqida biror tafsilot ma'lum emas. Yozuvchi Pirimqul Qodirov o'zining «Yulduzli tunlar» romanida mushohada va mulohaza asosida bu xatning mazmunini tiklashga"" harakat qiladi. Va uni tabriknoma hisoblaydi. Bunda ham jon bor, albatta. Lekin biz uchun, eng muhimi, Navoiydek buyuk murabbiy ustozning she'riyat osmonida paydo boiishi kuti-layotgan Boburdek iste'doddan xabardor ketganligidir. Bobur ijodiga xos xususiyatlardan biri soddalikdir.Navoiy zamonasida san'atpardozlikka moyillik, to'g'rirog'i, ma'no va fikrning o'rab berilishi rasm bo'lgan. Masalan, nega muammo janriga bu qadar katta e'tibor berildi? Nega Alisher Navoiy o'zi¬ning «Majolisun-nafois»ida qaysi ijodkorga to'xtalsa, uning muammoga munosabatiga maxsus to'xtab o'tadi: Bular hammasi nuktadonlikka san'atpardozlik deb qaralganligidandir. Shu jihatdan, Boburning estetik qarashlari zamondoshlarinikidan ancha farq qiladi. Bu tasodifiy hoi emas. Uning o'g'li Humoyunga yozgan xatlarida ham buni kuzatish qiyin emas. Masalan , bir xatida o'g'lining ayrim imlo xatolarini ko'rsatar ekan, xatning tushunarli yozilishi lozimligiga diqqatini qaratadiki, bejiz emas. Bobur she'rlarida ohangdorlik, musiqiylik kuchli. Shoir ich qofiyalarga, ohang va ma'no tovlanishlariga alohida e'tibor beradi. Chunonchi: Dilafgor meningcha yo'q, Dilozor seningcha yo'q, — kabi. Buning sababi shundaki, birinchidan, u aruz ilmini yaxshi biladi. Buning misoli «Risolai aruz» asari. (Bu asar «Muxtasar», «Mufassal» nomlari bilan ham yuritiladi.) Ikkinchidan, Bobur «Musiqa ilmi» deb atalgan maxsus kitob yozgan, demak bevosita musiqa nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullangan kishi. «Boburnoma»da qaysi maqomlarga qaysi «naqsh»larni bog'lagani tafsilotlarr bilan berilgan. Demak, Bobur san'atkorligi, shoir she'rlarida badiiy mahorat masalalari haqida gap ketganida bundan ham xabardorlik lozim bo'ladi Mumtoz she'riyatimiz poetikasi haqidagi har qanday gap xohlaylik-xohlamaylik aruz vazniga kelib taqaladi. Ko'pincha, gapni shu yergacha olib kelamiz-u u yog'ida to'xtab qolamiz. Aruzdan kam xabarligimiz. mazkur ilmning esa, murakkabligi, oliy o'quv yurtlarida ushbu masalaga kam e'tibor berilishi pand beradi. Holbuki, busiz mumtoz she'r matnini to'laqonli anglab bo'lmaydi. Adabiyotlar yo'q emas, bor. Masalan, aruzshunos professor Anvar Hojiahmedovning keyingi yillarda maktabda aruzni o'rganishga aloqadorbir necha kitobi chiqdi. Qolaversa, A. Rustamov, Sh. Shomuhamedov, U. To'ychiyevlarning kitoblari bor. Mashhur adibimiz Abdurauf Fitratning «Aruz haqida» kitobi qayta nashr qilindi. Umuman, o'qishim kerak, degan odam topib o'qiydi. Yana bir masala. Shunday she'r turlari borki, ular aruzning muayyan bahrlaridagina yozilgan. Masalan, ruboiy, tuyuqning o'z vazni bor. Bularga rioya qilish shart bo'lgan. Agar ularga rioya qilinmasa, unday she'r tan olinmagan. Bular bilan hisoblashish kerak bo'ladi. Endi Bobur ruboiylarining vazni haqida. Ruboiylar odatda hazaj bahrining axram va axrab shajarasida yozilgan. Axram asliy rukn mafoiylun (v---- ) ning qisqa bo'g'ini tushib qolib, maf’uvlun (----)ga aylangan shaklidir. Shuning otini «axram» deydilar. Demak, «axram shajarasi» deyil-ganda shu turkum ruknlardan tashkil topgan vaznlar ko'zda tutiladi. Axrab esa, mazkur mafoiylun (v----) ning birinchi qisqa bo'g'ini tushib qolishidan tashqari to'rtinchi uzun bo'g'inning qisqaga aylanishi (-----v)dir. Shuning otini «axrab» deydilar. Binobarin, ruboiy hazaj bahrining axrab shajarasida.Mavzuni, odatdagidek, bugungi kun bilan bog'lash kerak. Boburning esa bog'lanadigan tomonlari ko'p. Masalan, uning hayotda - mardligi, to'g'riso'zligi, adolatparvarligi, ilm-fan, madaniyatga homiyligi. Ijodda - samimiyati. Qolaversa, Hin-diston, Afg'oniston bilan aloqalarimiz bo'lar ekan, Bobur xotirasi oramizda vositachilardan bo'lib qolaveradi. O'quvchilarga Bobur she'rlaridan (ruboiylaridan) yod oldirish kerak. She'rlari sodda, tushunarli. Shunga erishish kerakki, bu she'rlar ularning bir umr hamrohlari bo'lsin. VI. Uyga vazifa: 1.O'rganilgan mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob tayyorlash. 2.Kelgusi darsda o'rganiladigan mavzu mundarijasi bilan tanishib chiqish. Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling