Mavzu: Zamonaviy (amaliy) moliya va risklar Reja: Risklarning mazmun-mohiyati Moliyaviy risklarni tasniflash


Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir


Download 60.86 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi60.86 Kb.
#1166372
1   2   3
Bog'liq
Moliya va risklar

Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir.

  • Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi.
  • Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
  • Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud.

loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud.

  • iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.

Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:

  • Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
  • Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.

Download 60.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling