Kompakt-kasseta. Kompakt-kasseta (ingliz tilidan, Compact Cassette), audiokasseta (ingliz tilidan, Music Cassette, MC) yoki shunchaki kasseta — axborotni magnit lentasida tashuvchi qurilmadir. Birinchi navbatda, tovush, nutqlarni, shuningdek, raqamli axborotni yozish va saqlashda keng qo‘llaniladi. Yozuvlar kengligi 3,81 mm va qalinligi odatda, 9 dan 27 mkmgacha bo‘ladi, ikki (mono) yoki to‘rt (stereo) yo‘lakchalariga ega magnit lentasiga yoziladi va saqlanadi. Odatda, kassete lentasi harakat tezligi 4,76 sm/s.ni tashkil etgan. Ko‘pgina ikki kassetali qurilmalarda tezlik 9,53 sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 sm/s.ni tashkil etadi.
Dastlabki kompakt-kassetalar 1963-yilda Philips korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompakt-kassetalarning foydalanishda nisbatan arzon va qulay va eng ommabop (o‘tgan asr 70-yillaridan 90-yillarining oxirigacha bo‘lgan davr mobaynida) audiotashuvchi (axborot yozishda eng ommabop hisoblanadi), biroq XXI asrda ular kompakt-disklar (jimladan, CD-R va CD-RW) bilan siqib chiqarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |