Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari Reja


Download 0.93 Mb.
bet6/6
Sana08.11.2021
Hajmi0.93 Mb.
#171930
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
zamonaviy ATQ

Flesh-xotira o‘zi nima?

Flesh-xotira (inglizcha flash-memory) — bu yarim o‘tkazgichlar (integral mikrosxemalar) asosida yaratilgan, axborotning saqlanishi uchun qo‘shimcha energiya talab qilmaydigan (energiya faqat axborotni yozishda ishlatiladi), ma’lum bir o‘lchamdagi axborotni dasturiy yozish sikli cheklangan, axborotni dasturiy qayta o‘qib olish sikli cheklanmagan, axborotni dasturiy yo‘llar bilan uzatish uchun mo‘ljallangan ixcham o‘lchamdagi zamonaviy xotira qurilmasi hisoblanadi.



Flesh xotira modullari formati xilma-xil va ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan axborotlarni dasturiy yo‘l bilan yozib saqlash va qayta o‘qish imkonini beradi. Flesh xotira modullariga axborotni qayta-qayta yozish sikllari soni cheklangan (odatda 10 ming siklgacha) bo‘ladi. Flesh-xotira modullari boshqa axborot yozib saqlash qurilmalarga nisbatan axborotni qayta-qayta yozishlar soni chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, oddiy disketa yoki CD-R, CD-RW disklariga nisbatan chidamliligi, ishonchliligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.

Flesh-xotiraga axborotni yozish jarayoni

Flesh-xotira axborotni yacheyka (cell) deb ataluvchi “qulfi suzuvchi” tranzistorlar massivida saqlaydi. An’anaviy qurilmalarda bir xil sathli har bir yacheyka bir bit axborotni saqlay oladi. Bunday qurilmalar inglizcha single-level cell, SLC deb yuritiladi. Ba’zi bir yaratilgan yangi qurilmalarda har bir yacheykaga bir bitdan ko‘p bo‘lgan axborotni saqlay olish imkoniyatiga ega.
Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling