Mavzu: Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish


Download 14.91 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi14.91 Kb.
#1841880
Bog'liq
15-mavzu

Mavzu: Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish.


Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish. «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda nazariy mashg‘ulotlarda berilgan bilimlar mustahkamla-nadi. Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy vazifasi o‘quvchilarda bilimlar hosil qilish, o‘quv va malakalarni shakllantirish hamda ular tafakkurini takomillashtirishdan iborat ekan, o‘quvchilarga o‘qish, yozish, gapirish, tinglash, fikrlash ko‘nikmalarini birdek rivojlantirib borish lozim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun informatikadan amaliy mashg‘ulot jarayonida turli mazmundagi mashqlarni bajartirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.


An’anaviy o‘qitish tizimida zarur malakalarni shakllantirish ko‘p sondagi 
mashqlarni takroran bajartirish orqali erishishga asoslangan. Mavjud darslik va 
to‘plamlarda bir xil turdagi mashqlarning ko‘p sonda berilishini ham shu bilan izohlash mumkin. Bizningcha, malaka hosil qilishda mashqlarning bu qadar yuzaki bajarilishini takrorlamasdan, mashqlarning har xil turini tanlash va ularni o‘quvchilar tomonidan ongli, faol bajarishlarini ta’minlash orqali erishish lozim.
Informatika fanida foydalaniladigan mashqlarni bir nechta turga ajratilgan. 
Informatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi 
«Informatika» va «Axborot texnologiyalari» o‘quv fanlaridan laboratoriya 
mashg‘ulotlari individual shaklda o‘tkaziladi. Har bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi 
laboratoriya ishlarini tuzadi. Laboratoriya ishlari quyidagi qismlardan iborat: 
- mavzu; 
- ajratilgan soat
- asosiy o‘quv maqsadi; 
- kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar; 
- vazifalar va ularni bajarish uchun tavsiyalar; 
Windows Ish stoli Oyna Menyu Papka Dastur oynasi Hujjat oynasi Muloqot oynasi 

-mustaqil bajarish uchun savol va vazifalar. 


Misol sifatida quyidagi laboratoriya ishini keltiramiz. Windows xp operatsion tizimida Papka va fayllarlar bilan ishlash mavzusi bo‘yicha Laboratoriya ishi (2soat) 
Maqsad: talabalarda Windows XP operatsion tizimida fayl va papkalar bilan 
ishlash, yaratish, nusxalash, ularni boshqa papkalarga ko‘chirish ko‘nikma va mala-kasini hosil qilish. Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: zamonaviy kompyuter, Microsoft Windows operatsion tizimi. 
Topshiriqlar: 
1.Windows XP operatsion tizimining ish stolida yangi papka yaratish. Ish 
stolining bo‘sh o‘rnida kontekstli menyu xosil qiling. Ro‘yxatdan 
buyruqlar ketma- ketligini tanlang. Natijada ish 
stolida yangi papka belgisi va Novaya papka so‘zi faollashgan yozuv maydonchasi xosil bo‘ladi. Klaviaturadagi Delete tugmachasi orqali yozuv maydonchasini tozalab yangi papka uchun «Informatika» deb nom kiriting va tasdiqlang.
2. «Moi dokumentы» ilovasini ishga tushiring. Xosil bo‘lgan oynadan biror fayl yoki papkani belgilang.
3. Ob’ektdan nusxa olish. Gorizontal menyu satridan Pravka Kopirovat buyruqlarini tanlang.
Natijada tanlangan ob’ektdan olingan nusxa xotiraga, ya’ni «Bufer obmena» ga olinadi.

4. Nusxalangan ob’ektni papkaga joylash. «Informatika» papkasini ishga 


tushiring. Oynaning gorizontal menyu satridan Pravka Vstavit buyrug‘ini tanlang. 
5. «Informatika» papkasida matnli xujjat yaratish. «Informatika» papkasini ishga tushirib, menyu satridan  Fayl Sozdat Tekstovыy dokument buyruqlarini tanlang va matnli xujjatga «Laboratoriya» deb nom bering.
6.Papkadagi fayldan nusxa olish va qo‘yish. «Laboratoriya» nomli ob’ekt ustida kontekstli menyu xosil qiling. Menyudan Kopirovat buyrug‘ini tanlang. Nusxalangan ob’ekt qo‘yilishi kerak bo‘lgan oynani ishga tushiring(Masalan, «Moi dokumenti»ni ishga tushiring). Oynaning gorizontal menyu satridan Pravka Vstavit buyrug‘ini tanlang. Natijada tanlagan faylning nusxasi «Moi dokumentы» papkasida aks etadi. Bu amal natijasida faylning asl nusxasi o‘z o‘rnida qoladi. Uning nusxasi esa «Moi dokumentы» ilovasida aks etadi.
7. Ob’ektni ko‘chirib o‘tkazish. «Moi dokumentы» ilovasidan biror ob’ekt ustida kontekstli menyu xosil qiling.Menyudan Vыrezat buyrug‘ini tanlang. So‘ng 4- vazifani yoki papkaning ob’ektlardan bo‘sh qismida sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida kontekstli menyu xosil qiling va undan Vstavit buyrug‘ini tanlang. Natijada tanlangan fayl papkaga joylashadi. Bu amal bajarilgandan so‘ng faylning asl nusxasi «Informatika» papkasiga ko‘chib o‘tadi.
8.Sichqoncha yordamida fayllarni ko‘chirib o‘tkazish. Ish stolidagi biror ob’ekt ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltiring. Sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib ob’ektni tanlang va sichqoncha tugmasini qo‘yib yubormasdan «Informatika» papkasi ustiga sudrab olib o‘ting. So‘ng sichqonchani qo‘yib yuboring. Natijada siz tanlagan faylning asl nusxasi «Informatika» papkasiga ko‘chib o‘tadi.
9.Yangi yaratilgan ob’ektlarni o‘chiring va kompyuter ishini yakunlang.






Download 14.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling