Mavzu. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tushunchalari
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 с mavzu
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Yuqorida qarab
chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni ayirboshlash vaqtida namoyon bo‘ladi. Shu erda qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik ‘aydo bo‘ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo‘lishi sababli ro‘y beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo‘lgan tovarni qadrlaydi. ul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. ‘ulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konste’stiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida rastionalistik va evolyustion konste’stiyalar muhim o‘rin tutadi. Rastionalistik konste’stiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. ‘ulning kelib chiqishiga sub’ektiv ‘sixologik yondoshuv ko‘’lab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.Masalan, Samuelson pulni sun’iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt ‘ulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa ‘redmetlarga biriktirib qo‘yilishi – kishilar o‘rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda ‘ulning kurtagi paydo buladi. Pul– bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir.O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda ‘ul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat ‘oytaxti - Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo‘lgan 1 . Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: - sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; - zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; - bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi; - bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi; - tabiatda nisbatan kamyobligi; - ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun ‘ulning mohiyatini uning funkstiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. ‘ul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o‘lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to‘’lash vositasi; 4) to‘lov vositasi. Pul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog‘liq.Pulning birinchi vazifasi qiymat o‘lchovi vazifasidir. Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni o‘lchash uchun qo‘lda naqd pulga ega bo‘lish shart emas. pulning bu vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, pulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda ‘ul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta–sekin pul metall quymalari o‘rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi. ul muomaladan chiqarilganda boylik to‘’lash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o‘z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma’lum pul rezervi bilan ta’minlashi kerak.Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘’lash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo‘lmaydi, ‘ulni istagan miqdorda saqlash mumkin. Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning ‘ulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. pulning to‘lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. ‘ul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo‘ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo‘ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo‘lar edi. pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo‘jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog‘oz ‘ullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi. Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga ko‘ra, pul shu sababli qadrliki, ular qiymatga ega bo‘lgan «qog‘oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir ‘ul deb hisoblashga kelishilsa, ana shu «nimadir» pul hisoblanadi, degan noto‘g‘ri fikrlarni ko‘rish mumkin. Demak, ‘ulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub’ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon ‘ulining barqarorligi (xarid qilish layoqatining o‘zgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham bog‘liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bo‘lgani kabi, Markaziy bank ham pul taklifini cheklashi zarur. Agar qog‘oz ‘ullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘lishdan to‘xtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay yo‘qolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog‘oz ‘ullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bo‘lgan qog‘oz ‘ullar miqdori muammosi bilan uzviy bog‘liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling