Tizimli dasturiy ta’minot
TELEKOMMUNIKATSIYADA BOSHQARUV TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TA`MINOTI KAFEDRASI
- Tizimli dasturiy ta’minot
- Kompyuter komponentlari funksiyalarini boshqaradi
- Amaliy dasturiy ta’minotni qo’llab-quvvatlash muammolarini hal qiladi
- Tizimli dasturiy ta’minot turlari
- Operatsion tizim
- Utilitalar
- Oraliq dasturiy ta’minot
- Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish vositalari
Instrumental dasturiy ta’minot
TELEKOMMUNIKATSIYADA BOSHQARUV TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TA`MINOTI KAFEDRASI
- Vizual tillar dasturlash uchun grafik yoki vizual interfeyslardan foydalanadi
- Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari obyektlar va ular orasidagi bog’liqlikga asoslangan
- Kompilyatorlar: dasturning manba kodini ikkilik raqamlardan tashkil topgan mashina tili ko’rsatmalariga (buyruqlariga) o’zgartiradigan maxsus dastur
TELEKOMMUNIKATSIYADA BOSHQARUV TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TA`MINOTI KAFEDRASI
Protsessor har bir buyruqni bir nechta qadamlarda bajaradi. Quyidagilar buyruqni bajarish qadamlari hisoblanadi: - Xotiradan keyingi buyruqni chaqiradi va buyruqlar registriga joylaydi;
- Keyingi buyruqni ko`rsatish uchun buyruqlar hisoblagichi holatini o`zgartiradi;
- Chaqirilgan buyruqning tipini aniqlaydi;
- Agar buyruq xotiradagi so`z (word)dan foydalanayotgan bo`lsa, u so`zning qayerda joylashganini aniqlaydi;
- Zarurat bo`lsa bu so`zni markaziy protsessorning registriga o`tkazadi;
- Buyruqni bajaradi;
- Keyingi buyruqni bajarish uchun 1-qadamga o`tadi.
TELEKOMMUNIKATSIYADA BOSHQARUV TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TA`MINOTI KAFEDRASI
- Yuqorida sanab o`tilgan qadamlar (tanlash – dekodlash - bajarish) barcha kompyuterlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
- Markaziy protsessorning ishlashini (qadamlar) dastur ko`rinishida tasvirlash mumkin.
- Tasvirlanayotgan kompyuterda ikkita registr mavjud: keyingi buyruqlar manziliga ega bo`lgan buyruqlar hisoblagichi (PC) va arifmetik amallarning natijalari saqlanuvchi akkumulyator (AC).
- Bundan tashqari ichki registrlar ham mavjud bo`lib, ularda: joriy buyruq (instr), joriy buyruqning tipi (instr_type), buyruq operandining manzili (data_loc) va operandning o`zi (data) saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |