Mavzu: Zamonaviy ko‘pyadroli mikroprotsessorlar arxitekturasi sharxi


Download 23.9 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi23.9 Kb.
#1634153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ehm

Pentium protsessorlari.
1992 yilning oktyabrida Intel beshinchi avlodning moslashuvchan kompyuterlari ko‘pchilik o‘ylaganiday 586 emas, balki Pentium deb atalishini e’lon qildi. 586 deb nomlanishi tabiy edi, biroq raqamli belgilashlar savdo markasi sifatida ro‘yxatga olinmaganligi uchun, ularning raqobatchilari ko‘payib ketar edi va ular ,,patentlanmaydigan“ nom bilan shunday mikrosxemalarni ishlab chiqishni boshlab yuborar edi. 1993 yil martda birinchi Pentium protsessorlari,bir necha oydan so‘ng ular asosida birinchi kompyuterlar chiqarila boshladi. Pentium Intel firmasining oldingi protsessorlari bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan birga, ulardan ko‘zga ko‘rinarli farq qiladi. Undagi bir hususuiyatni inqilobiy den hisoblash mumkin. Pentium protsessorida ikkita konveyer bo‘lib, uning bir vaqtda ukkita buyruqni bajarishiga imkon yaratadi (Barcha oldingi protsessorlar vaqtning har bir momentida faqat bitta buyruqni bajara oladi).
Intel bu imkoniyatni superskalyar texnologiya deb atadi. Shu texnologiyaga asosan Pentiumning samaradorligi protsessor bilan taqqoslaganda ko‘zga- ko‘rinarli oshdi .
486 standart mikrosxema bir buyruqni o‘rtacha ikki ichki taktda bajaradi, DХ2 va DХ4 protsessorlarida esa chastotasini ikki marta oshirish natijasida bir taktda bajaradi. Pentium protsessorida superskalyar texnologiyadan foydalanish natijasida bir taktda ikkita buyruqni bajarish mumkin. Superskalyar arxitektura tushunchasi odatda yuqori samaradorligi RISС-protsessorlari bilan bog‘liq. Pentium— superskalyar deb ataluvchi, birinchi CISC (Complex Instruction Set Computer) protsessorlaridir.U bitta korpusga biriktirilgan 486 ikki protserssoriga ekvivalent.
Pentium protsessorlarining xarakteristikalari.



Vujudga kelish sanasi


1993 yil, 22-mart (1-avlod), 1994 yil ,7 -mart(2-avlod)


Maksimal takt chastotasi


60,66 MGts (1-avlod), 75, 90, 100, 120, 133, 150, 166, 200 MGts (2-avlod)


Chastotaning ko‘payish karraligi


1x (1-avlod), 1,5x-3x (2-avlod)


Registrlarning razryadliligi


32

Malumotlarning tashqi shinasining razryadliligi

64

Manzil shinasining razryadliligi

32

Manzillanayotgan xotira

4 Gbayt

Ichki kesh xotiraning o‘lchami

8 Kbayt (kodlar uchun),8 bayt ( ma’lumotlar uchun)


Ichki kesh xotiraning tipi


Ikki betli, ikki yo‘nalishli ( ma’lumotlar uchun)


Xotiraning qisqartirilgan sikllari


Bor

Tranzistorlar miqdori

3,1mln va undan yuqori


Kristaldagi elementlar miqdori


0,8 mkm (60/66 MGts), 0,6mkm (75-100MGts), 0,35 mkm(120 MGts va undan yuqori)


Korpus

273-kontaktli RGA, 196-kontaktli SPGA,qatlamli korpus

Soprotsessor


O‘rnatilgan


Energiya ta’minotining pasayishi


CMM tizim,2-avlodda yaxshilangan


Ta’minot kuchlanishi


5 V(1-avlod), 3,465; 3,3; 3,1; va 2,9 V (2-avlod)





Download 23.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling